2-Mavzu: Biosfera haqida tushuncha, biosferaning tarkibi va funksiyalari. Biosfera haqida ta’limoti


Download 98.33 Kb.
bet3/4
Sana04.11.2023
Hajmi98.33 Kb.
#1745471
1   2   3   4
Bog'liq
2-Мавзу маърузаси. (1)

Biokos yoki oraliq moddalar. Tirik organizmlarning faoliyati ta’sirida o‘zgarishlarga uchragan moddalardir. Bularga tuproqlar, cho‘kindilar, tog‘ jinslari, gillar va suvlarning ma’lum qismini misol qilib ko‘rsatish mumkin.Tirik moddalar energetik jixatdan o‘lik moddalarga nisbatan bir necha barobar faol bo‘ladilar, ya’ni ularda energiyani to‘planishi va sarf bo‘lishi nisbatan tez kechadi.

V.I.Vernadskiy insonning biogeokimyoviy faoliyatini ham tirik moddalarning alohida funksiyasi sifatida ajratishni tavsiya etgan. Bu fikrning ilmiy ahamiyati hozirgi insoniyatning ishlab chiqarish faoliyati kuchaygan davrda yanada yaqqolroq namoyon bo‘lmoqda.
Tirik organizmlarning tabiiy jarayonlardagi ishtiroki ularning quyidagi beshta funksiyasi bilan ifodalanadi(2-jadval)
Biosferadagi tirik organizmlarning funksiyalari





Funksiyalar



Jarayonlar

Energetik

Fotosintez, energiyaga boy bo‘lgan moddalarning parchalanishi, ozuqa zanjirlari orqali energiya va moddalarni o‘tkazilishi.

To‘plovchi(akqumulyativ)

Organizmning tana tuzilishi uchun zarur moddalarning hayot
faoliyati natijasida to‘planishi.

Parlovchi(destruktiv)

Organik moddalarning parchalanishi. Oksidlanish-qaytarilish
jarayonlari.

Muhit hosil qiluvchi

Tashqi muhitning fizik-kimyoviy hususiyatlarini o‘zgartirish.

Transport(migrasiya)

Moddalarnin
ko‘chirilishi.

yernin

tortish

kuchig

qarshi

yo‘nalishda

Ma’lumki, insonning aqlu-zakovati tufayli amalga oshirilayotgan ba’zi ishlab chiqarish jarayonlari ko‘lami va qudrati jixatidan tabiiy jarayonlardan ustunlik qilmoqda. Masalan, qisqa vaqt ichida yirik hududlarning o‘zlashtirilishi, o‘rmonlarni qisqarib ketishi, turli yirik sanoat komplekslarini vujudga kelishi va boshqalar shular jumlasidandir. Biosferani o‘z-o‘zini boshqarib turuvchi, dinamik muvozanatlashgan va bir maromda faoliyat ko‘rsatuvchi ulkan, murakkab ekotizim deb ham qarash mumkin.Tirik organizmlar faoliyati tufayli biosferada katta xajmdagi modda va energiya almashinuvi ro‘y beradi. Organizmlar tog‘ jinslarini nurashida, yer yuzasi relyefini shakllanishida, tuproq hosil bo‘lishida, qazilma boyliklarni vujudga kelishida, yangi moddalarni sintez bo‘lishida, energiyani to‘planishi va sarflanishida faol ishtrok etadilar. Biosferada bir-birini taqozo etuvchi o‘zaro bog‘liq ikkita jarayon: barpo etish yoki sintez va parchalanish yoki destruksiya uzluksiz davom etib turadi. Millionlab yillar davomida bu ikki o‘zaro qarama-qarshi jarayonlar muvozanatlashgan tarzda yuz berib kelmoqda. Bu jarayonlarnini vujudga keltiruvchi kuch quyosh nuri energiyasidir. Yerga yetib keladigan quyosh energiyasining 99 foizi tabiatda kechadigan turli fizik-kimyoviy jarayonlarga sarf bo‘ladi, qolgan bor-yo‘g‘i bir foizigina o‘simliklar tomonidan o‘zlashtiriladi. O‘simliklarda amalga oshadigan fotosintez jarayonida quyosh energiyasi faqat sarflanib qolmasdan balki to‘planadi, qayta taqsimlanadi va uzoq vaqtlargacha zaxiraga aylanishi mumkin. To‘plangan energiya yerdagi hayot va tabiatdagi boshqa jarayonlar uchun asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi. Yashil o‘simliklarning barglarida joylashgan xlorofil donachalari quyosh energiyasi ta’sirida fotosintez jarayonini amalga oshirib karbonat angidridi, suv va boshqa noorganik moddalardan organik moddalarni sintez qiladilar. Bu jarayonlarda ma’lum miqdordagi energiyani ham jamlaydilar. Bu jarayonni oddiyroq tarzda quyidagicha ifodalash mumkin:

Download 98.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling