2-mavzu. Bolalar psixologiyasi metodlari


Download 22.06 Kb.
bet5/5
Sana16.03.2023
Hajmi22.06 Kb.
#1278074
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-mavzu. Bolalar psixologiyasi fanining metodlari

Proyektiv metodlar.Proyektiv metod - shaxsni о‘rganishning metodlaridan biri. Unda shunday eksperimental vaziyatlar yaratiladiki, bu vaziyatlar sinaluvchi­lar tomonidan turlicha talqin etilishi mumkin bо‘ladi. Aynan sinaluv­chining bergan talqinini taxlil etish orqali uning shaxsi haqida mu­ayyan xulosalar chikariladi. Chunki muayyan eksperimental vaziyatni talqin etar ekan, proyeksiya mexanizmi tufayli sinaluvchi о‘z ichki kechinmalari, uy xayollari, orzulari, qо‘rquv va xavotirlarini tashqarira chiqaradi. Maktabgacha yoshdari bolalar bilan ishlaganda qullaniladiganodatdari proyektiv metodikalar quyidarilardan iborat: «Bola appersepsiya testi», «Oilaviy ustanovkalarning Jekson testi», «Dyucc ertaklari metodikasi» va xokazolar. Ushbu metodikalarni qullash asosan individual ish jarayonida amalga oshirilib, ancha kun vaqt talab etadi. Proyektiv metod bilan о‘tkazilgaitadqiqotnatijalarini talqin etishda tadqiqotchidan katta maxorat talab qilinadi. Proyektiv metodlar о‘z ichiga rasm chizish metodikalari - «Odamni chizrin , «Avtoportret», «Erkin mav­zudagi rasm», «Dunyo rasmi», «Oila rasmi», «Oilanning kinetik rasmi», "Uy, daraxt, odam» - «Geometrik shakllardan odam rasmini yig‘ish» , «Daraxt» grafik testi, «Grafik diktant» va boshqalarni oladi. Yuqorida tilga olingan metodik vositalar adabiyotlarda batafsil taxlil etilgan.
Test. Test - shaxsga xos muayyan psixologik sifatning rivojlanish da­rajasini ulchash uchun xizmat qiladigan topshiriqlar yig‘indisi. Test metodida muayya standart topshiriq va vaziyatlar (testlar)qо‘llaniladi.
Ushbu metod 6ir qator ustun tomonlarga ega: Tadqiqotni sinaluvchi­larning katta guruhi bilan о‘tkazish mumkin natijalarni xiso6lash va qayta ishlash ancha yengil va sodda. Metodning asosiy kamchiliri shynda­ki, u bolaning kelajakdagi rivojlanishi xaqida ma’lumot berolmay­di.
Psixologiya fanida xozirda maktabgacha yoshdagi bola shaxsiga xos xususiyatlar, uning emotsional-irodaviy soxasiga xos sifatlar, moti­vatsion soxasiga tegishli xususiyatlar, individual tipologik xususiyat­lari, bolaning bilish jarayonlariga xos xususiyatlarni aniqlaydigan maxsus testlarning tunlamlari mavjud.
Download 22.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling