2-mavzu. Bolalar psixologiyasi metodlari
Bolalar psixologiyasining asosiy va yordamchi metodlari
Download 22.06 Kb.
|
2-mavzu. Bolalar psixologiyasi fanining metodlari
Bolalar psixologiyasining asosiy va yordamchi metodlari. Aanaviy ravishda tadqiqot metodlari asosiy va yordamchi metodlargo ajratiladi. Asosiy metodlar - kuzatish va eksperiment - bola taraqqiyoti xaqida ishonchli ma’lumot bera oladi. Yordamchi metodlar -, test, sо‘rov, faoliyat maxsullarini о‘rganish - tasvirlovchi ma’lumot berib, bu ma’lumot asosida faqatgina taxminlarni ilgari surish mumkin bо‘ladi.
Kuzatish.Kuzatish - psixologik tadqiqotning asosiy empirik metodlaridan biri bо‘lib, psixik xodisalarni maqsadra muvofiq va tizimli ravishda idrok etishga asoslangandir. Kuzatish - tadqiqot vazifalaridan kelib chiqib maxsus tashkil etilgan idrok jarayonidir. Kuzatish quyidagi talablarga javob berishi kerak: 1. Kuzatishdan oldin uning maqsadi aniq belgilanishi kerak: Bola psixikasi, xulq-atvori va faoliyatining qaysi tomonlari kuzatilishini aniklashtirish lozim; 2. Kuzatish obyektiv bо‘lishi kerak: kuzatishda faqat u yoki bu xolat xodisani qayd etish, uni subyektiv talqin etishni unutmaslik lozim; 3. Kuzatish muntazam, katta vaqt oraliklarisiz -о‘tkazilishi kerak; 4. Kuzatish shunday о‘tkazilishi kerakki, bola uning kuzatilayotganini bilmasligi lozim; 5. Kuzatishni amalga oshirayotgan tadqiqotchi kuzatilayotgan xodisalarni tez kayd eta olish maxoratiga ega bо‘lishi zarur. Kuzatishning quyidagi turlari mavjud: a) ichki kuzatish, tashqki kuzatish kuzatish; b) standartlashtirilgan va standartlashtirilmagan kuzatish; v) frontal va tanlanma kuzatish Kuzatish metodining asosiy kamchiligi shundaki, unda kuzatilayotgan hodisalarga faol ta’sir kо‘psatish, ularni о‘zgartirish, kuzatish amalga oshirilgan vaziyatni xuddi shunday kupinishda kaytadan yaratib bо‘lmaslik kabi xususiyatlar kayd etiladi. Shunga qaramay bu metod xaligacha asosiy psixologik metodlardan biri bо‘lib kelmokda. Eksperiment. Eksperiment - ilmiy bilishning asosiy metodlaridan biri. Uning kuzatishdan asosiy farqi shundaki, unda tadqikotchi urganilayotgan vaziyatga faol ta’sir kо‘rsatadi, bir yoki bir necha о‘zgaruvchilar 6ilan manipulyatsiyalarni amalga oshiradi. Eksperimentda psixik xususiyatlar maxsus sharoitlarda urganiladi. Eksperimentning ikki turi ajratiladi: laboratoriya eksperimenti va tabiiy eksperiment. Laboratoriya eksperimenti maxsus jixozlangan joylarda, qattiq nazorat ostida amalga oshiriladi. Tabiiy eksperiment esa sinaluvchi uchun odatiy bо‘lgan sharoitga yakin sharoitda о‘tkaziladi va unda sinaluvchi eksperiment obyekti ekanini bilmaydi. Bu xolat laboratoriya eksperimentida vujudga keladigan emotsional zо‘riqish, tadqiqot natijalarini о‘zgartirib yuborishga intilish kabi sinaluvchiga xos xususiyatlarni bartaraf etish imkonini beradi. Masalan, makta6gacha yoshdagi bolaning xotirasini о‘rganish uchun uni aloxida xonaga olib chiqib, shu yerda unga bir qator sо‘zlarni о‘qib berib, sо‘ngra qaytarishni talab qilish mumkin. Ammo mazkur sharoit bola uchun odatiy emas. Shuning uchun bolaning ichki emotsional zо‘riqishi (xavotirga tushishi, shubxalana boshlashi va xokazo) unga topshiriqni imkoniyatlari darajasida bajarish uchun yо‘l qо‘ymaydi. Demak, eksperimentdan olingan natijalarni haqqoniy deb bо‘lmaydi. Bordi-yu, bola bilan о‘yin о‘ynab, unga haridor rolini berib aytilgan narsalarni «dukondan» harid qilish vazifasi topshirilgan bо‘lsa, u olib kelgan narsalariga qarab nimani eslab qolganini, nimani unutganini aniqlash qiyin emas. Demak, shunday shaklda tabiiy eksperiment natijalari ancha xaqqoniy bо‘ladi. Eksperimental tadqiqotni tashkil etish va amalga oshirishda bir qator talablarga rioya etish kerak. Ushbu talablar G.U.Uruntayeva va Y.A.Afonkina tomonidan tizimlashtirilgan bо‘lib, ular quyidagilardan iborat: 1. Rejalashtirish bosqichida tadqiqot maqsadini, sinaluvchilar tarkibini anik, belgilash, eksperimentda ishlatiladigan metodikalarni, eksperimentni о‘tkazish sharoitini (joy va vaqtini) aniklashtirish, barcha sharoitlarni oldindan yaratib qо‘yish zarur; 2. Eksperimentni о‘tkazish jarayonida tadqiqotda ishtirok etayotgan bola bilan о‘zaro ishonchga asoslangan munosabatni о‘rnatish, muloqotga dо‘stona, iliq oxang baxsh etish, bolani о‘z oldiga о‘tkazish, bolaning xatolariga ortiqcha e’tibor bermaslik, sinov sur’atlarini bolaning individual-psixologik xususiyatlariga moslashtirish zarur. Bola bilan о‘tkazilayotgan eksperiment uzok davom etmasligi, unga eksperiment jarayonida о‘zgarishlar kiritmaslik kerak. Odatda eksperimentda tadqiqotchidan tashkari eksperiment bayonnomasini tuzuvchi shaxs ham ishtirok etadi. Eksperimentning yana ikki turi aniqlovchi eksperiment va shakllantiruvchi eksperiment ham ajratiladi. Download 22.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling