2-mavzu. Bolalar psixologiyasi metodlari


Download 22.06 Kb.
bet1/5
Sana16.03.2023
Hajmi22.06 Kb.
#1278074
  1   2   3   4   5
Bog'liq
2-mavzu. Bolalar psixologiyasi fanining metodlari


2-mavzu. Bolalar psixologiyasi metodlari.

1. Bolalar psixologiyasining metadologik prinsiplari.


2. Bolalar psixologiyasi fanining asosiy va yordamchi metodlari.
3. Eksperement metodining mohiyati.
4. Bog‘cha yoshidagi guruhda sotsiometrik tadqiqotning ahamiyati.
5. Bolalarda testlarni qо‘llashdagi imkoniyat va chegaranishlar

Bola psixikasini о‘rganishda tadqiqotchi bir qatop prinsiplar­ qoidalarga tayanishi, ularga rioya etishi lozim bо‘ladi. Bu prinsiplar quyidagilardai iborat:


Obyektivlik prinsipi tadqiqotchidan ma’lumotlar bilan ularning talqinini aralashtirib yubormaslikni talab qiladi, masalan, mashg‘ulot davomida bola oynadan tashqariga qarayotgan edi deb aytilsa, bu muayyan xodisa xaqidagi ma’lumot bо‘lib hisoblanadi. Lekin «bola e’tiborsiz» deb aytish xodisaning talqinidir. Xodisaning о‘zi bilan uning talqinini aralashtirib yubormaslik kerak. Chunki yuqoridagi misolda ham bala oynaga qarab turgan bо‘lsa ham, tarbiyachi sо‘zlariga katta e’tibor berayotan bо‘lishi mumkin.
Sababiylik prinsipi bola shaxsi va ongida yangi sifatlarni xosil bо‘lishini ta’minlonchi barcha shart-sharoit va omillarni imkon qadap о‘rganishni talab qiladi. Masalan, mashg‘ulot davomida bola tez­-tez oyna tarafga qarayotan bо‘lsa, bu xodisaning iloji boricha kuchlipoq sabablarini aniqlashga urinish kerak, kо‘chadagi biron narsa bola e’tiborini о‘ziga tortdimi, mashg‘ulotda bola charchab qoldimi yoki о‘tilayotgan material bolaga yaxshi tanishmi va xokazo.
Sinchkovlik va muntazamlik prinsipi bola psixikasi shakllanishi jarayonini, bunda psixolog va pedagoglar ta’sirini sinchkovlik bilan kuzatib borishni talab qiladi. Ushbu prinsipga muvofiq oldindan:
a) tadqiqot joyi va vaqti aniqlanishi kerak;
b) tadqiqotda urganiladigan sinaluvchilar tanlanmasi tuzilishi lozim;
v) tadqiqot qaysi vaqtda va qanday vaqt oraliqlarida о‘tkazilishini belgilash zarur. Ushbu bandlar belgilangach, ulardan chet­ga chiqmaslik kerak, ya’ni qandaydir subyekgiv sabablar bilan shoshi­linch xulosalar chiqarmaslik, tadqiqotni bevaqt tugatish xollariga yо‘l qо‘ymaslik kerak. Aks xolda obyektivlik prinsipi buzilgan bо‘ladi.

Download 22.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling