2-Mavzu: Borliq falsafasi (Ontologiya) Reja


Ekologik muammoning falsafiy ma’nosi


Download 118.3 Kb.
bet23/25
Sana29.03.2023
Hajmi118.3 Kb.
#1305813
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
2-mavzu

Ekologik muammoning falsafiy ma’nosi. Ayrim fanlar doirasidan chetga chiqish va muammoga nisbatan kengroq, falsafiy yondashish biosferada hamma narsa betakror tarzda o‘zaro bog‘liq va tabiiy tartibga solinadigan muvozanat holatida ekanligini aniqlash imkonini berdi. Shuningdek, biosferaning o‘zi ham sayyoramizning tabiiy qismi hisoblanadi. U Er yuzasida yanada murakkabroq tuzilma – biogeosferani tashkil etadi. Insonning umumiy faoliyati Erdagi geologik jarayonlar bilan teng darajaga etganidan beri biogeosferada jiddiy o‘zgarishlar yuz berdi. Bu o‘zgarishlar sayyoramiz o‘zining ilk qiyofasini yo‘qotishiga olib keldi va inson borlig‘i negizlariga putur etkazdi. Shu tariqa u azaliy falsafiy muammo – hayotning mazmuni muammosiga keskinroq tus berdi va ekologik muammolarni hozirgi zamon falsafasining muhim bo‘limiga aylantirdi.
Bunday ekologik muammolarni falsafiy anglab etish o‘ziga xos xususiyat kasb etadi. Zero, falsafa tabiat va jamiyatning o‘zaro munosabatlarida yuzaga keluvchi ayrim muammolarni hal qilmaydi va ularni bartaraf etish yuzasidan muayyan tavsiyalar bermaydi. Bu maxsus fanlarning vazifasidir. Falsafaning roli esa – muayyan natijalarni tahlil qilish va umumlashtirish, yuz berayotgan jarayonlar dinamikasi va tendensiyalarini aniqlash, tabiiy o‘zaro aloqalar, tarixiy bog‘liqliklarni aniqlash va sh.klarga muvofiq falsafiy xulosalar chiqarishdan iborat, unda muhim tushunchalar aniqlanadi, asosiy tamoyillar belgilanadi, bu nafaqat bilish maqsadlari, ekologik ta’lim ishiga xizmat qiladi, balki tabiatni muhofaza qilish borasida muayyan vazifalarni hal qiluvchi ayrim fanlar uchun metodologik tayanch hisoblanadi.
Noosfera. Echimini topmagan ekologik muammolar xavfi kuchayishiga qarab odamlar tang vaziyatdan chiqish yo‘llari haqida ko‘proq bosh qotira boshladilar, uni bartaraf etish yo‘lida muayyan qadamlar tashlashga harakat qildilar. Shu munosabat bilan to‘plangan tajribadan, o‘zgargan sharoitlardan o‘z vaqtida chiqarilgan to‘g‘ri xulosalar ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday muhim xulosalardan biri shundan iboratki, yaqin o‘tmishda ijtimoiy hayot ikki mutlaqo zarur shart: tirikchilik vositalarini uzluksiz ishlab chiqarish va insonning ko‘payishiga rioya etgan holda kechishi mumkin edi. Bunda tabiiy muhit go‘yoki oldindan berilgan bo‘lib, insonga nisbatan muayyan konstanta vazifasini bajarardi. Undan faqat foydalanish lozim edi. Hozirgi davr bu tabiiy muvozanatga jiddiy tuzatish kiritdi. Endi ishlab chiqarishning yangi turi – tabiiy muhitning o‘zini ishlab chiqarish va takror ishlab chiqarishga zarurat tug‘ildi, bu esa inson nafaqat ijtimoiy jarayonlarda, balki o‘ziga bo‘ysunuvchi tabiiy jarayonlarda ham faol asosga aylanganini anglatadi.
«Noosfera» atamasi ilk bor XX asrning 20-yillaridan fransuz olimlar E.Lerua va P.Teyyar de Sharden tomonidan ishlatila boshladi. Ular noosferaga ideal tuzilma, sayyoraning biosferadan tashqaridagi alohida «tafakkur pardasi» sifatida qaradilar.
V.I.Vernadskiy (rus olimi 1863-1945) XX asrning 30-yillarida «noosfera» tushunchasiga butunlay boshqacha ma’no yukladi. U noosfera biosferani va umuman tabiatni o‘zgartirishga qaratilgan inson faoliyati natijasidir hozirgi bosqichda insoniyat qudratli geologik kuchga aylanadi, degan xulosaga keldi16. Uning fikricha, Er atrofida kelib chiqishi antropogen xususiyatga ega bo‘lgan «parda» vujudga keladi, ammo bu ideal soha emas, balki biosferaning rivojlanishidagi muayyan bosqichdir. Bunda odamlarning ongli o‘zgartiruvchi faoliyati amalda mazkur rivojlanishning harakatlantiruvchi kuchiga aylanadi, shu tariqa yuzaga kelgan «aql-idrok sohasi» esa moddiy hodisa hisoblanadi, chunki biosferaga ham, inson aql-idrokiga ham, uning faoliyatiga ham materialistik nuqtai nazardan yondashiladi.
Vernadskiy jamiyatga jonli va jonsiz tabiatning birligi sifatida, inson faol sub’ekt sifatida hukmronlik qiluvchi yaxlit sistema sifatida yondashib, jamiyat va tabiatning o‘zaro aloqasida inson faoliyati ta’sirida yuz bergan sifat o‘zgarishlarini ilmiy asoslashga harakat qildi. Demak, N. Vernadskiy Jamiyat va tabiatning o‘zaro aloqasida insonning oqilona faoliyati eng muhim omilga aylanadigan holatga erishishni «noosfera» (yunon. noos – aql, idrok va sphaira – soha), ya’ni aql-idrok sohasi deb nomlanadi. Shundan beri noosfera insonning har qanday o‘zgartiruvchi faoliyati tabiiy va ijtimoiy jarayonlarni ilmiy tushunishga asoslanadigan va tabiat rivojlanishining umumiy qonunlari bilan muvofiqlashtiriladigan materiya mavjudligi barcha shakllari birlashuvining oliy bosqichi sifatida tushuniladi. Boshqacha aytganda, bu «jamiyat-tabiat» sistemasi tadrijiy rivojlanishining oliy bosqichi, hali mavjud bo‘lmagan, lekin shakllana boshlagan va agar insoniyat bo‘hronlar yuz berishini xohlamasa va kelajakda munosib hayot kechirishni istasa, albatta mavjud bo‘lishi kerak bo‘lgan bosqichdir.
Aksariyat tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, bunday bosqichga erishish jamiyat va tabiat bir yo‘nalishda – o‘zaro aloqasini optimallashtirish yo‘lida tadrijiy rivojlanishni taqozo etadi. Mushtarak rivojlanishga tabiat va jamiyat koevolyusiyasi deb ataladi va noosferaga erishish uning tadrijiy yakuni hisoblanadi.XX asrning 60 yillarida I. Moiseev tomonidan Koevolyusiya atamasi fanga kiritildi.
Jamiyat va tabiat munosabatlarining tadrijiy rivojlanishi g‘oyalari er yuzida organik, keyinchalik esa – ijtimoiy dunyoning vujudga kelishi va rivojlanishini belgilagan qonuniyatlarning yangicha talqiniga asoslanadi. Jonli va jonsiz tabiatning o‘zaro aloqasi natijasi o‘laroq Er litosferasi, gidrosferasi va atmosferasining yangi holati yuzaga keldiki, bu «biosfera» va «noosfera» kabi sintetik tushunchalarda o‘z aksini topdi. Mazkur tushunchalarning ilmiy muomalaga kiritilishi va falsafiy asoslanishi o‘zgartirilgan tabiatni tushunishda butunlay yangi bosqich bo‘ldi.
O‘tgan asrning 70-80-yillarida tabiat va jamiyatning o‘zaro aloqasi masalalari atrofida olib borilgan qizg‘in munozaralar natijasida noosfera tushunchasi hayotga qaytarildi va keyinchalik ekolog olimlarning butun bir avlodi uchun amalda metodologik mo‘ljalga aylandi.
Noosferani biosferadan ajraladigan, mustaqil mavjud bo‘lgan alohida qobiq yoki borliqqa hech qanday aloqasi bo‘lmagan sof nazariy konstruksiya sifatida emas, balki biosferaning bir holatdan boshqa holatga o‘tishi, buning natijasida butunlay yangicha sifat kasb etishi sifatida tushunish lozim.
Demak, biosfera va noosferaning sof geografik parametrlari mos kelmaydi.
Inson raketalar, sun’iy yo‘ldoshlar, orbital stansiyalar va boshqa kosmik texnikadan foydalanib, tabiiy shakllangan biosfera chegaralaridan tashqariga chiqadi, biroq, shu biosferaning tarkibiy qismi sifatida, u o‘zining mazkur harakati bilan biosfera chegaralari va uning yangi sifati chegaralarini ham kengaytiradi. Ayni vaqtda, jamiyat tabiat bilan o‘zaro aloqaga kirishib, biosferaga kirib boradi, uni yangicha mazmun bilan boyitib «ijtimoiylashtiradi». Biosfera ijtimoiy borliq doirasiga tobora kuchliroq «tortiladi», uning cheksiz rivojlanish va takomillashish jarayoni esa ijtimoiy jabhaga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Bunda tabiatning bir qismi bo‘lgan inson mazkur jarayonni to‘xtata olmaydi. Zero, buning aksi inson o‘z ijtimoiy borlig‘ini, binobarin, insoniy borlig‘ini ham to‘xtatishini anglatgan bo‘lar edi.
Shunday qilib, biosferaning noosferaga o‘tishi avvalambor inson o‘zining o‘zgartiruvchi faoliyatida «Ziyon etkazma» degan qoidaga so‘zsiz amal qilib, biosferaning ham, o‘z-o‘zining ham keyingi evolyusiyasi uchun butun javobgarlikni o‘z zimmasiga olishga majbur ekanligini anglatadi.
Bunday vazifani hal qilish uchun jamiyat hamda «jamiyat-tabiat» sistemasi haqida keng bilimlarga ega bo‘lish talab etiladi. Aslida, mazkur bilimlar falsafiy, tabiiy, ijtimoiy va texnik fanlarning mazmunini tashkil etadi. Bunda falsafaning aksiologik jihati - qadriyatlar va axloqiy ideallarni belgilash, axloqiy qoidalar va tamoyillarni ta’riflash qobiliyati birinchi o‘ringa chiqadi.

Download 118.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling