2-mavzu. Borliq (ontologiya) va rivojlanish falsafasi. Bilish falsafasi (gnoseologiya). Mantiq. Jamiyat falsafasi. Inson falsafasi


Download 310.37 Kb.
bet24/32
Sana27.10.2023
Hajmi310.37 Kb.
#1727551
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   32
Bog'liq
Сиртки 2 сем

TAFAKKUR SHAKLI fikrning mazmunini tashkil etuvchi elementlarning bog‘lanish usuli, uning strukturasi (tuzilishi) dir.
Fikrlash elementlari deganda, predmetning fikrda ifoda qilingan belgilari haqidagi axborotlar tushuniladi.
Masalan, «davlat» tushunchasida

  • o‘zining maydoniga,

  • aholisiga,

  • boshqaruv vositalariga ega bo‘lgan siyosiy tashkilot aks ettiriladi.

«Ilmiy nazariya» tushunchasida esa,

  • predmetlarning birorta sohasiga oid bo‘lgan va ular haqida yaxlit tasavvur beradigan,

  • ma’lum bir metod yordamida qurilgan tushunchalar sistemasi ifoda etilgan.

  • Mazmun jihatdan turli xil bo‘lgan bu tushunchalar mantiqiy shakliga ko‘ra bir xildir:

Agar tushuncha aks ettirayotgan predmetni A bilan, unda fikr qilinayotgan muhim belgilarni, ya’ni fikrlash elementlarini a, v, s,..., n bilan belgilasak, tushunchaning mantiqiy strukturasini A (a, v, s,..., n) shaklida simvolik tarzda ifodalash mumkin.
Hukmlarda predmet bilan uning xossasi, predmetlar o‘rtasidagi munosabatlar, predmetning mavjud bo‘lish yoki bo‘lmaslik fakti haqidagi fikrlar tasdiq yoki inkor shaklda ifoda etiladi.
Masalan «Temir-metall» degan hukmda predmet (temir) bilan uning xossasi (metall ekanligi) o‘rtasidagi munosabat qayd etilgan.
«Axloq huquqdan ilgari paydo bo‘lgan» degan hukmda ikkita predmet (axloq va huquq) o‘rtasidagi munosabat qayd etilgan.
Mazmun jixatdan turli xil bo‘lgan bu hukmlar tuzilishiga ko‘ra bir xildir: ularda predmet haqidagi tushuncha (S) bilan predmet belgisi haqidagi tushuncha (P) o‘rtasidagi munosabat qayd etilgan, ya’ni R ning Sga xosligi tasdiqlangan. Umumiy xolda hukmning mantiqiy strukturasini (shaklini) S-R formulasi yordamida ifoda etish mumkin.
Xulosa chiqarishda ham yuqoridagiga o‘xshash hollarni kuzatish mumkin. Masalan,
Daraxt - o‘simlik
Terak – daraxt
Terak – o‘simlik va
Har bir ximyaviy element o‘z atom og‘irligiga ega
Mis - ximiyaviy element
Mis o‘z atom og‘irligiga ega
Tushuncha, hukm (mulohaza) va xulosa chiqarish tafakkurning universal shakllari, uning asosiy strukturaviy elementlari hisoblanadi.
Muhokama yuritish ana shular va ularning o‘zaro aloqalarga kirishishi natijasida vujudga keladigan boshqa mantiqiy strukturalar (masalan, muammo, gipoteza, nazariya, g‘oya, argumentlash va shu kabilar) da amalga oshadi.
Muhokama yuritishda ishonchli natijalarga erishishning zaruriy shartlari qatoriga fikrning chin bo‘lishi va formal jihatdan to‘g‘ri qurilishi kiradi.

Download 310.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling