2-mavzu. Borliq (ontologiya) va rivojlanish falsafasi. Bilish falsafasi (gnoseologiya). Mantiq. Jamiyat falsafasi. Inson falsafasi
suhbatdoshining mulohazalaridagi xatolarni ochib tashlashga yordam beradi
Download 310.37 Kb.
|
Сиртки 2 сем
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mulohaza. Xulosa chiqarish. 1. Hukm
suhbatdoshining mulohazalaridagi xatolarni ochib tashlashga yordam beradi.
buyuk mutafakkir Forobiyning mantiq ilmining ahamiyati haqida bildirgan quyidagi fikrlarining alohida e’tiborga loyiq ekanligini ta’kidlash zarur. U shunday yozadi: «Bizning maqsadimiz aqlni, xatoga yo‘l qo‘yish mumkin bo‘lgan barcha hollarda, to‘g‘ri tafakkurga etaklaydigan, uning yordamida har safar xulosa chiqarayotganda adashishga qarshi extiyot choralarini ko‘rsatadigan san’atni-mantiq san’atni o‘rganishdir. Uning asosiy qonun-qoidalarining aqlga bo‘lgan munosabati grammatika san’ati qoidalarining tilga bo‘lgan munosabatiga o‘xshash; xuddi grammatika kishilarning tilini to‘g‘irlash extiyoji sababli yaratilgani, unga xizmat qilishi zarur bo‘lgani singari, mantiq ham tafakkur jarayonini yaxshi amalga oshirish maqsadida xatoga yo‘l quyish mumkin bo‘lgan barcha hollarda aqlni to‘g‘irlab turadi».14 Uning ta’lim sohasidagi vazifalari ham jiddiydir. O‘quv jarayonining samaradorligi ma’lum bir darajada ishlatiladigan tushunchalarning, terminlarning aniq bo‘lishiga, muammolarning mantiqan to‘g‘ri qo‘yilishi va hal qilinishiga, mavjud gipotezalar strukturasini to‘g‘ri tahlil qila olishga, argumentlash qoidalaridan to‘g‘ri foydalanishga bog‘liq. Fan uchun formal mantiq murakkab muammolarni echish vositasini beradi. Bunday vositalar, odatda, ilmiy nazariyaning strukturasini o‘rganishda, unda ishlatiladigan formalizmning mohiyatini tushuntirib berishda, formal ziddiyatlar bo‘lsa, ularni aniqlashda muhim ahamiyatga ega. Mulohaza. Xulosa chiqarish. 1. Hukm predmetga ma’lum bir xossaning, munosabatning xosligi yoki xos emasligini ifodalovchi tafakkur shaklidir. Hukmning asosiy vazifasi predmet bilan uning xususiyati, predmetlar o‘rtasidagi munosabatlarni ko‘rsatishdir. Ana shuning uchun ham u doimo tasdiq yoki inkor shakldagi fikrdan iborat bo‘ladi. Fikr yuritish jarayonida biz predmet va hodisalarning oddiy, tashqi xususiyatlari bilan birga ularning ichki, zaruriy bog‘lanishlarini, munosabatlarini bilib boramiz. Predmet va hodisalarning xususiyatlarini ketma-ket o‘rganib, ular haqida turli abstraksiyalar hosil qilamiz. Bu abstraksiyalar hukmlar yordamida ifodalanadi. Bilimlarimiz turlicha bo‘lgani uchun, ularni ifodalaydigan hukmlar ham har xil bo‘ladi. Ba’zi hukmlarda aniq, tekshirilgan bilimlar ifodalansa, boshqalarida xususiyatning predmetga xosligi taxmin qilinadi, ya’ni noaniq bilimlar ifodalanadi. Hukmlar nisbatan tugal fikrdir. Unda konkret predmet bilan uning konkret belgisi haqida bilim ifoda qilingan bo‘ldi. Hukmlar voqelikka mos kelish darajasiga ko‘ra chin, xato va noaniq (ehtimol, taxminiy) bo‘ladi. Obektiv voqelikka mos kelgan, uni to‘g‘ri ifodalagan hukmlar chin, mos kelmaganlari xato bo‘ladi. Ayni vaqtda chinligini ham, xatoligini ham aniqlab bo‘lmaydigan hukmlar – noaniq hukmlar mavjuddir. Hukmlar tilda gaplar orqali ifodalanadi. Hukm mantiqiy kategoriya bo‘lsa, gap grammatik kategoriyadir. Hukmlar asosan darak gap orqali ifodalanadi. Faqat darak gaplardagina fikr tasdiq yoki inkor holda bo‘ladi. Masalan, «Vaqt orqaga qaytmaydi», «Hayot-bu harakat» kabi gaplar hukmni ifoda qiladilar. Download 310.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling