2-mavzu: Boshlang’ich sinf matematika darslarida qiziqarli matematikani tashkil etishning ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyati
Download 19.97 Kb.
|
2 mavzu QM
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch tushunchalar
2-MAVZU: Boshlang’ich sinf matematika darslarida qiziqarli matematikani tashkil etishning ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyati REJA: 1. Boshlang’ich sinf matematika darslarida qiziqarli matematikani tashkil etishning ta’limiy ahamiyati. 2. Boshlang’ich sinf matematika darslarida qiziqarli matematikani tashkil etishning tarbiyaviy ahamiyati. 3. Matematik kompetentsiya Tayanch tushunchalar: intеllеktual faoliyat, matеmatik savodxonlik,texnik vosita, tarqatma grafik material, kompyuterli ta’limni tashkil etish, kompetensiya, kompetentlik, anаlоgiya metodi, muammoli vaziyat Ulkan iqtisodiy o`zgarishlar yuz bеrayotgan hozirgi davrda matеmatikaning ahamiyati yanada oshdi, shuning uchun ham matеmatik ta'lim katta ijtimoiy ahamitga ega. Rеspublikamiz hukumati yoshlarga ta'lim va tarbiya bеrish tizimini takomillashtirish, ta'lim va tarbiyani turmushning oshib borayotgan talablari darajasiga еtkazish vazifasini qo`ydi. 1997 yilda «Ta'lim to`g`risida qonun» qabul qilindi. Bu qonunda ijtimoiy va iqtisodiy o`zgarishlar davrida maktabning roli yanada o`sganligi, maktabning bosh vazifasi - o`quvchilarga fan asoslaridan puxta bilim bеrish ularda iqtisodiy – matеmatik savodxonligini shakllantirish, hayotga va ongli kasb tanlashga tayyorlash haqida, hamda o`quv rеja va dasturlarni ta'lim mazmunini hozirgi zamon yutuqlari va talablari darajasiga kеltirish to`g`risida fikrlar kеltiriladi. Bu vazifalarni amalga oshirish maqsadida dеyarli barcha prеdmеtlar, jumladan matеmatikadan ham yangi o`quv dasturi kiritiladi, o`qitish mеtodlari takomillashtiriladi. Boshlang`ich sinflar uch yil o`rniga 4 yillik ta'limga o`tkazildi.Boshlang`ich sinflarning matеmatikadan yangi dasturlarga o`tish munosabati bilan, yangi mеtodik tizim ishlab chiqildi. Boshlang‘ich sinflarda matematika o’qitishning amaliy maqsadi o‘z oldiga quyidagi vazifalarni qo‘yadi: a) O’quvchilar matematika darsida olgan bilimlarini kundalik hayotda uchraydigan elementar masalalarni yechishga tatbiq qila olishga o‘rgatish, o’quvchilarda arifmetik amallar bajarish malakalarini shakllantirish va ularni mustahkamlash uchun maxsus tuzilgan amaliy masalalarni hal qilishga o‘rgatish, b) matematika o’qitishda texnik vosita va ko‘rgazmali qurollardan foydalanish malakalarini shakllantirish. Bunda asosiy e’tibor o’quvchilarning jadvallar va hisoblash vositalaridan foydalana olish malakalarini tarkib toptirishga qaratilgan. d) O’quvchilarni mustaqil ravishda matematik bilimlarni egallashga o‘rgatish. O’quvchilar imkoni boricha mustaqil ravishda qonuniyat munosabatlarini ochishlari, kuchlari etadigan darajada umumlashtirishlar qilishlari, shuningdek, og‘zaki va yozma xulosalar qilishga o‘rganishlari kerak. O’qitish samaradorligining zaruriy va muhim sharti o’quvchilarning o‘rganilayotgan materialni o‘zlashtirishlari ustidan nazoratdir. Didaktikada uni amalga oshirishning turli shakllari ishlab chiqilgan. Bu o’quvchilardan og‘zaki so‘rash; nazorat ishlari va mustaqil ishlar; uy vazifalarini tekshirish, testlar, texnik vositalar yordamida sinash kabi usullardir. Didaktikada dars turiga, o’quvchilarning yosh xususiyatlariga va h.k. bog‘liq ravishda nazoratning u yoki bu shaklidan foydalanishning maqsadga muvofiqligi masalalari, shuningdek, nazoratni amalga oshirish metodikasi yetarlicha chuqur ishlab chiqilgan. Boshlang’ich sinfda matеmatika o’qitish o’quv vositalari O’qitish vositalariga – darsliklar, didaktik materiallar, ko’rsatma-qo’llanmalar va texnik vositalar kiradi. Tarqatma material – o‘quvchi darsda individual harakat qilishi uchun ishlatiladigan o‘quv materiallar majmuidir. Tarqatma material murakkab yoki sodda, o‘tiladigan mavzu doirasida ishlab chiqilgan qo‘llanma bo‘lishi ham mumkin. Tarqatma grafik material – bosma qo‘llanmaning bir turi bo‘lib, o‘quvchi mustaqil ishlashi uchun tasvir tushirilgan kartochka ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Tarqatma grafik material o‘quvchi yoshiga va qiziqishlariga mos voqeilikni tasvirlovchi kartochka ko‘rinishida bo‘ladi. Kartochkalardagi suratlarning rang-barangligi, poligrafik tomondan sifatli bo‘lishi o‘quvchining yozma, og‘zaki tasvirlash imkoniyatlarini oshiradi va yaxshi samara beradi. Suratlar turli xildagi matnlar bilan boyitilishi o‘quvchilarning nutqiy salohiyatini yanada oshiradi. Suratlar asosida kommunikativ vazifalar yuklatiladi. Vazifalarning keng kamrovligi, ularning qiyinlik darajasi, ish xajmi va kartochkalarning bir biridan farqlanishi ushbu qo‘llanmaga yuklatilgan eng muxim uslubiy talablar hisoblanadi. Kartochkalar mashg‘ulotlarni mustahkamlash bosqichida ishlatiladi. Tarqatma materiallar o‘quvchilarning nafaqat mustaqil, balki juft bo‘lib ishlashi uchun ham ishlatiladi. Matematika fanlarini o’qitishga yangi texnik vositalar, shu jumladan, kompyuter va boshqa axborot texnologiyalarining jadal kirib kelayotgan hozirgi davrida fanlararo uzviylikni ta`minlash maqsadida informatika fani yutuqlaridan foydalanish dolzarb masalalardan biridir. Kompyuter texnikalarini ta`lim muassasalariga tatbiq etish, o’qitish jarayonini optimallashtirishga keng yo’l ochib beradi. Kompyuterli ta’limni tashkil etish – o’quvchi bilan o’quv materiali o’rtasidagi bog`lanishni kompyuter vositasida yo’lga qo’yish. O’quvchi bilan o’quv materiali o’rtasidagi bog`lanishni tashkil etish uchun ta’lim loyihalanadi. O’quvchilarning o’quv ishlarini tashkil etish, ular faoliyatini rag`batlantirish tegishli vositalar asosida modellashtiriladi. Ta’lim jarayonida foydalanishga mo’ljallangan ko’plab elektron o’quv materiallari yaratilganki, unga elektron darslik, elektron o’quv qo’llanma, o’rgatuvchi dastur vositalari kabilarni misol qilib ko’rsatish mumkin. Ular o’zida boshqarilish imkoniyati, interfaol uslublar, sun’iy intellekt elementlari, hissiy moslashuvchanlik kabi xususiyatlar muvjudligiga ko’ra ta’limda ma’lum samaradorlikni ta’minlaydi. Kompyuterlarni o’quv jarayonida qo’llash quyidagilarga imkon beradi: - o’quvchilarda bilish ehtiyojini shakllantiradi; - o’quvchilarning bilish faoliyatini faollashtiradi; - o’quvchilarda fanni o’rganishga qiziqishni oshiradi; - kompyuter bilan ishlashni o’rganishga bo’lgan ishtiyoqni oshiradi; - kompyuterlardan foydalanish bilan bog`liq dunyoni ilmiy bilishning hozirgi zamon metodlari bilan tanishtiradi; - ta’limda o’quvchining individuallik darajasini oshiradi; - o’quvchilarning ijodkorlik qobiliyatini rivojlantiradi; - materiallar mazmunining xilma-xilligini ta’minlaydi; - ta’limda foydalaniladigan o’quv materiallari doirasini kengaytiradi; - ta’limda ko’rgazmalilikni kuchaytiradi; - o’quvchilarning o’z-o’zini nazorat qilishi, ya’ni baholash jarayonining omillarini kengaytiradi va h.k. Download 19.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling