Mundarija: kirish I bob. O`Qitish mеtodlari va innovatsion usullari


Download 65.27 Kb.
bet1/11
Sana23.12.2022
Hajmi65.27 Kb.
#1049609
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Mаktаbgаchа tа’lim vа bоshlаng’ich tа’lim fаkulteti mаktаbgаchа


MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA TARBIYALANUVCHILARNING KOMPYUTER SAVODXONLIGINI SHAKLLANTIRISH ZARURIYATI
MUNDARIJA:
KIRISH
I BOB.O`QITISH MЕTODLARI VA INNOVATSION USULLARI.
1.1.O`qitish mеtodlari va innovatsion usullari
1.2.Tеxnika vositalari yordamida mashg’ulot o`tish
1.3. Ta’lim sohasida multimedia texnologiyasidan foydalanishnnng imkoniyatlari
II BOB. MTTDA KOMPYUTERLI O‘QITISH USULLARI.
2.1. Kompyuterli va an’anaviy ta’limiy o’yinlar nazariyasi va metodikasi
2.2. Maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyalanuvchilarning bilimini baholash mezoni
2.3. Multimedia vositalarini tayyorlash va bolalarning kompyuter savodxonligini shakllantirish metodikasi
X U L O S A
ADABIYoTLAR

KIRISH



Bugungi kunda barkamol avlodni tarbiyalashda yoshlarni intelektual salohiyatini ruyobga chiqarish va ularning har tomonlama rivojlangan shaxs etib voyaga yetkazish – davlatimiz siyosatini ustivor yo’nalishga aylangan.
Chunki jismoniy sog’lom ma’naviy yetuk shaxslargina buyuk kelajakni
yaratadi.
Maktabgacha ta’lim vazirligining tashkil etilishi, Prezidentimiz tomonidan “2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2707-sonli Qaror (2016-yil, 29- dekabr), «Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish choratadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5198-sonli Farmon (2017-yil 30-sentabr), O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” gi 528-sonli Qarori (2017- yil, 19-iyo‘l), “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Kontsepsiyasi” kabi rasmiy hujjatlarning qabul qilinishi maktabgacha ta’lim tizimida ta’lim sifati va samaradorligini oshirishda alohida o‘rin egallamoqda. Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash o‘zining bir qator mezonlariga ega. Bu jarayonda bolalarni jismoniy, aqliy, ruhiy, irodaviy va ma’naviy jihatdan maktabga tayyorlash ularning maktab ta’limida zo‘riqmasligi, ta’limning uzluksizligi va samaradorligini ta’minlovchi asoslardandir.
Maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash jarayonini takomillashtirishda bo‘lajak pedagoglarning ilmiy va uslubiy ta’minlanganligi, uning kasbiy tayyorgarligi asosiy masalalardan sanaladi. Ayniqsa, bolalarning jismoniy xususiyatlari, antropometrik ko‘rsatkichlari, aqliyirodaviy jihatlari, ruhan maktabga tayyorligi ularning intellektual va jismoniy jihatdan maktab ta’limiga moslashishi, fanlarni zo‘riqishlarsiz o‘zlashtirishida ahamiyatli sanaladi.
Mamlakatimizda Milliy mustaqillik qo’lga kiritilgandan keyin ta’lim-tarbiya
ishlariga jiddiy e’tibor berildi. Jumladan, ta’lim qonuni va kadrlar tayyorlash milliy dasturning hamda tegishli me’yoriy hujjatlarning qabul qilishni sohada tub islohatlarning amalga oshirishga xizmat qilmoqda.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi “O’zbekiston – kelajagi buyuk davlat”
g’oyasiga asoslanadi va unga xizmat qiladi. Ana shu buyuk maqsad
mamlakatimizning barcha qatlamlarini va halqimizni birlashtiradi.
Barkamol avlodni shakllantirish dastlab oilada, sungra maktabgacha ta’lim
tashkiltida amalga oshiriladi.
Darhaqiqat, ta’lim-tarbiya qanchalik erta boshlansa uning samarasi
shunchalik erta namoyon bo’ladi va insonning butun hayot tarziga ijobiy ta’sir
qiladi.

Download 65.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling