Mundarija: kirish I bob. O`Qitish mеtodlari va innovatsion usullari
Download 65.27 Kb.
|
Mаktаbgаchа tа’lim vа bоshlаng’ich tа’lim fаkulteti mаktаbgаchа
- Bu sahifa navigatsiya:
- Metodikasi.
Relaksasiya vaqtini aniqlash: Multimediali kompyuterli ta’limni amalga oshirish jarayonida relaksasiya (bola kompyuterda ishlagandan keyingi barcha
toliqishlarni, jumladan ko’z toliqishini bartaraf etish) vaqtini aniqlash va unga rioya qilish asosiy muammolardan biri hisoblanadi. Relaksasiya vaqti bolalarning monitor ekranidagi materiallarga qarash davomiyligiga bog’liqdir. Relaksasiya vaqti: 1) monitor ekraniga uzlukli (diskret ravishda vaqti-vaqti bilan) qaraganda 2) 15 daqiqa davomida uzluksiz qaraganda farqlanadi. Mashg’ulot o’tkazishda bevosita dialog metodidan foydalanish birinchi holga to’g’ri keladi, ya’ni bu metodda bola monitor ekraniga uzlukli qaraydi. 15 daqiqali uzlukli holatdagi relaksasiya vaqti surov orqali quyidagicha aniqdandi: 1. Bevosita dialog asosida o’tkazilgan mashg’ulotda 15 daqiqa uzlukli monitor ekraniga qaragan va bolalar kompyuterdan uzoqrok ("Sichqoncha" va klaviatura kabellarining uzunligi masofasida) joylashgan holda bolalarning 95 foizi 15-20 daqiqadan so’ng toliqishlari yo’qolganini bildirdilar. Mashg’ulot turlari bo’yicha relaksasiya vaqtining davomiyligi Shuning uchun, ushbu tadqiqot ishida bevosita dialog metodidan foydalanilganda mashg’ulotlar orasidagi relaksasiya bosqichini 15-20 daqiqa qilib olindi. Bolalar kompyuterda 15 daqiqa davomida uzluksiz mustaqil ishlagan holda 6 soatdan sung toliqishlari yo’qolganini bildirdilar. Shuning uchun, bu holda relaksasiya vaqti kamida 5-6 soat bo’lishi kerak (1 jadval). Shunday qilib, relaksasiya vaqti bolalarning monitor ekranidagi materiallarga qarash davomiyligiga bog’likdir. Metodikasi. Multimediali kompyuter texnologiyasining ta’lim- tarbiya berish metodikasini bayon qilishdan oldin uning quyidagi ikki jihatiga e’tibor berish kerak: 1) agar u yoki bu multimedia vositasi tarbiyalanuvchilarga bayon etib borilmasdan namoyish etilsa, u oddiy multfilm bo’lib qoladi.
2) agar tarbiyachi multimedia vositasini namoyish etish davomida uni tahdil etib (tushuntirib, bayon etib) borsa, ta’lim jarayonini aks ettirib, multimedia texnologiyasiga aylanadi. Shuning uchun, MTTlar sharoitida kompyuterlardan ta’lim-tarbiya jarayoniga foydalanish metodikasini ishlab chiqish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Tarbiyachi va tarbiyalanuvchi o’rtasidagi dialog texnologik xaritaga kiritilgan reja asosida olib boriladi. Agar MTTdagi kompyuterlar soni 5-6 dan ortiq bo’lsa, mashg’ulot frontal ravishda, bitta bo’lsa, undan navbatma-navbat foydalanilgan holda o’tkaziladi. Bunday holda taklif etilgan birinchi tarbiyalanuvchi tarbiyachi tomonidan berilgan savolga to’g’ri javob bera olmasa, ikkinchisidan so’raladi. Agar MTTlarda proyektor va ekran (yoki elektron doska) bo’lsa, tarbiyachi mashg’ulotni "kompyuter-elektron doska" usulidan foydalanib olib boradi. Bu holda (MTTda bitta kompyuter bo’lgan hol) kompyuter xotirasidagi o’rganiladigan material elektron doskaga chiqarilib tarbiyachi guruhining barcha bolalari bilan muloqotda bo’ladi. Mashg’ulot davomida o’rganiladigan materialning har bir bo’lakchasini tarbiyalanuvchilar javoblaridan keyin tarbiyachining o’zi xulosalab boradi. Kompyuterda bajariladigan elementar matematik amallarni tarbiyachi nazorati asosida tarbiyalanuvchilarning o’zlari mustaqil bajaradilar va o’zlarining kompyuter savodxonliklarini rivojlantirib boradilar. Multimedia texnologiyasidan foydalanib mashg’ulot o’tkazishda analogiya metodidan foydalanish samarali natija beradi. Masalan, kompyuterning tashqi qurilmasini o’rganishda televizor bilan taqqoslab tushuntirish mumkin. Kompyuterda yozuv ishlarini amalga oshirish mexanik yozuv mashinasi bilan taqqoslanadi. Sonlarning katta-kichikligi o’rganilayotganda 1000 so’mlik pulning miqdori kattami yoki 500 so’mlik pulning miqdori kattami deb so’ralsa, 6-7 yoshli bolalar ushbu miqdor (son)larning farqini tezgina ayta oladilar. Buyumlarning uzunlik-o’lchovini o’rganishda "Ukangning bo’yi balandmi yoki sening bo’ying balandmi?", - deb savol qo’yilsa, tarbiyalanuvchilarga tushunchaning mohiyati tezda ayon bo’ladi. Yoki "Bir qavatli o’y balandmi, ikki qavatli o’y balandmi?", - deb savol qo’yish mumkin. Multimedia texnologiyasidan foydalanilgan mashg’ulot (kompyuterli ta’lim)da slayd, taqdimot va boiqa ko’rgazmali vositalar tayyorlash va misollar tanlashda, eng avvalo bolalarga tanish bo’lgan hodisalar, buyumlar, obyektlar, uyruzg’or anjomlaridan, shuningdek, oiladagi kundalik jarayon va hodisalardan foydalanish kerak. Masalan, 10 soni ichida ayirish amalini bajarishda tarbiyachi tarbiyalanuvchidan "Onang senga 10 ta konfet berdi, shundan uchtasini ukangga berding. O’zingda nechta konfet koldi?",- deyilsa, kundalik turmushida uchrab turadigan masala bo’lganidan bola ushbu masalani tez hal eta oladi. Shundan keyin monitor ekraniga chiqarilgan 10 ta "buyum"dan 3 tasi ayirilsa, nechta "buyum" qolishini aytib beradi. Mashg’ulotning texnologik xaritasi. MTTlarning maktabga tayyorlov guruhlarida mashg’ulotlar garchi mashg’ulot shaklda o’tkazilmasa-da, tarbiyachi u yoki bu mavzu materiali bo’yicha o’ziga mashg’ulotning texnologik xaritasini tuzib olishi kerak. Xaritada mashg’ulot mavzusi, mag’sadi va vazifalari, mashg’ulot mazmuni, mashg’ulotni amalga oshirish texnologiyasi, kutiladigan natijalar, kelgusi ishlar, uyga vazifalar aks etishi kerak. Agar tarbiyalanuvchi kompyuterda berilgan variantdagi uchta topshiriqdan barchasini to’g’ri bajarsa, u holda unga "a’lo" bahoni ifodalaydigan 3 ball qo’yiladi. Agar berilgan variantdagi ikkita topshiriqni to’g’ri bajarsa, u holda "yaxshi" bahoni ifodalaydigan 2 ball qo’yiladi. Agar berilgan variantdan bitta topshiriqni to’g’ri bajarsa, u holda tarbiyalanuvchiga "qoniqarli" bahoni ifodalaydigan 1 ball qo’yiladi. Agar berilgan variantdagi topshiriqni to’g’ri bajara olmasa, u holda hyech qanday ball qo’yilmaydi. Bunday hollarda tarbiyachi tarbiyalanuvchi bilan qo’shimcha shug’ullanib, uning bilim darajasini aniqlash uchun qayta testga qo’yishi kerak. 2.3. Multimedia vositalarini tayyorlash va bolalarning kompyuter
|
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling