Mundarija: kirish I bob. O`Qitish mеtodlari va innovatsion usullari
Download 65.27 Kb.
|
Mаktаbgаchа tа’lim vа bоshlаng’ich tа’lim fаkulteti mаktаbgаchа
X U L O S AKadrlar tayyorlash Milliy dasturida belgilanganidek: «Inson, uning har tomonlama uyg’un kamol topishi va farovonligi, shaxs manfaatlarini ro’yobga chiqarishning sharoitlarini va ta’sirchan mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq-atvorlarni andozalarini o’zgartirish respublikada amalga oshirilayotgan islohatlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruchi kuchidir» deyiladi. Ma’lumki, maktabgacha ta’limning asosiy maqsadi bola shaxsini sog’lom va yetuk, maktabda o’qishga tayyorlangan tarzda shakllantirishdan iborat. Ushbu maqsadni amalga oshrishda hozirgi asr-axborot asri ekanligidan kelib chiqqan holda maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya jarayoniga axborot kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish davr taqozasidir. Bugungi kunda maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachilarining asosiy vazifalari bolalarda iqtidor va qobiliyatni yanada o’stirish, ularning bilim olish istiqbolini rivojlantirishdan iborat. Shunga ko’ra, tarbiyachi mashg’ulotlarda turli o’quv pedagogik dasturlardan, elektron qo’llanmalardan, pedagogik o’yinlardan foydalansa tarbiyachi va tarbiyalanuvchi o’rtasidagi to’siq yo’qoladi, bolalarning xarakteri kengroq ochiladi. Bolalarda kuzatuvchanlik, xotira diqqati kuchayadi chunki, mashg’ulotda majburiy bilim berish bo’lmaydi, bilimni ixtiyoriy qabul qilish orqali ijobiy natijaga erishadi. MTTlarda pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish kunning dolzarb muammolaridan biri bo’lib hisoblanadi. Ushbu bitiruv ishida maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarini aqliy va axloqi jihatdan tarbiyalashda multimedia va axborot texnologiyalarilardan foydanishning nazariy jihatlariga to’xtalib o’tgan. Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, kompyuter texnologiyalaridan maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasida foydalanishning asosiy yo’nalishlari sifatida quyidagilarni sanab o’tish mumkin. MTTda tarbiyaviy jarayonning kompyuterli qo’llab-qo’vvatlanishi uchun dasturiy metodik vositalar yaratish; maktabgacha ta’lim jarayonini kompyuterlashtirishning psixologik va ijtimoiy oqibatlarini tadqiq qilish va baholash metodikalarini o’rganish; kompyuter texnologiyalaidan foydalanuvchi maktabgacha ta’lim muassasalarida ishlovchi kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish uchun metodik kurslarni ishlab chiqish lozimdir. Kuzatishlar shuni ko’satadiki, 80-90 % bolalar kompyuter o’yinlarini o’ynashga qiziqishar ekan. Download 65.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling