Mundarija: kirish I bob. O`Qitish mеtodlari va innovatsion usullari
II BOB. MTTDA KOMPYUTERLI O‘QITISH USULLARI
Download 65.27 Kb.
|
Mаktаbgаchа tа’lim vа bоshlаng’ich tа’lim fаkulteti mаktаbgаchа
II BOB. MTTDA KOMPYUTERLI O‘QITISH USULLARI.2.1. Kompyuterli va an’anaviy ta’limiy o’yinlar nazariyasi va metodikasiAxborot texnologiyalarini katta tezlikda rivojlanishi bilan ta’lim tizimiga masofali o’qigish - Internet tarmog’i orqali o’qitish texnologiyasi kirib kelmoqda. Bu esa, o’z navbatida ta’lim tizimiga zamonaviy psixologik-pedagogik uslublarni qo’llash uchun keng imkoniyatlar ochib bermokda. Hozirgi kun ta’lim tizimida, shu jumladan, MTTlarining ta’lim- tarbiya jarayonida ta’limga oid o’yinlar va masofali ta’lim texnologiya- laridan foydalanish alohida o’rin tutayotganligi uchun ushbu masalalarni kengroq o’rganib chiqish maqsad qilib olindi. Ta’limiy o’yinlar: vazifalari, xususiyatlari va asosiy turlari. Ta’limga oid o’yinlar ta’lim berishning zamonaviy psixologik-pedagogik texnologiyasida muhim o’rin egallaydi. Ta’limiy o’yinlarni o’tkazish usul sifatida XX-asrning 70- yillarida keng tarqalgan. Hozirgi vaqtda qo’llanilish sohasiga mos ravishda ta’limiy o’yinlarning har xil turlari mavjud. Masalan, zobitlarni tayyorlashda harbiy o’yinlar, aktyorlar uchun syujet-rolli o’yinlar, tijoratchilar va rahbarlar uchun maxsus treninglar mavjud. Ta’limga oid o’yinlar uch asosiy vazifani bajaradi: • vositali: aniq bir ko’nikma va malakalarni shakllantirish; •gnostik: o’quvchilar bilimini shakllantirish va fikrlashini rivojlantirish; •ijtimoiy-psixologik: kommunikativ ko’nikmalarni rivojlantirish. X,ar bir vazifaga o’yinning aniq bir turi mos keladi: instrumental vazifa o’yin mashqlarida, gnostik-didaktik, ijtimoiy-psixologik vazifalar esa rolli o’yinlarda ifodalanishi mumkin. Ta’limiy o’yinlar samarador bo’lishi uchun: • o’yin ta’lim maqsadlariga mos bo’lishi; • imitasion-rolli o’yinning amaliy pedagogik (psixologik) vaziyatga ta’sir etishi; • o’yin qatnashchilarining o’yin mazmuniga mos keladigan maxsus psixologik tayyorgarligi; • o’yinda ijodiy elementlardan foydalanish imkoniyatlari; • tarbiyachi (psixolog) nafaqat rahbar sifatida, balki o’yin jarayonida "to’g’rilovchi" va maslahatchi sifatida ham ishtirok etishi kabi talablarga buysunishi kerak. Ixtiyoriy ta’lim berish o’yini bir necha bosqichdan iborat bo’lishi mumkin: 1) o’yin muhitini yaratish. Bu bosqichda o’yinning mazmuni va asosiy vazifasi aniqlanadi, o’yin qatnashchilarining psixologik tayyorgarligi amalga oshiriladi; 2) o’yin jarayonini tashkil etish. Bu bosqichda o’yinning qoida va shartlari qatnashchilarga tushuntiriladi va ular orasida rollar taqsimlanadi. 3) uyinni utkazish Bunda kuyilgan maksad xal kilinadi; 4) yakun yasash. Bu bosqichda qatnashchilarning o’zlari ham, maxsus ekspertlar (psixolog, pedagog) tomonidan ham o’yin borishi va natijalari tahlil etiladi. Shuni ta’kidlash kerakki, ta’limiy o’yinlarda faqat oddiy o’yin uslubidan foydalanilmaydi. O’yin jarayonida guruhli, yakkama-yakka ish, birgalikda muhokama, test o’tkazish va so’rov, rolli vaziyat yaratishlardan foydalanish mumkin. Boshqacha qilib aytganda, anketa o’tkazish, sosiometriya, "aqliy hujum" va boshqa uslublarni cheklangan miqdorda birga olib borish va foydalanish imkoniyatini beradi. Shu bilan birga, o’yin uslubi pedagogikada qandaydir maxsuslikka ega. Ta’lim berish jarayonida o’yin yordamchi element sifatida qisman nazariy materialga qo’shimcha sifatida foydalaniladi va u asosiy uslub sifatida chiqa olmaydi. Ta’limiy o’yinlarning uslubi va xususiyatidan kelib chiqqan holda, ularni quyidagi turlarga ajratish mumkin: • imitasion o’yinlar aniq ishlab chiqarish ko’nikmalarni shakllan- tirishga mo’ljallangan kasbiy o’qitishda foydalaniladi. Masalan, "Impod" o’yinida shartli tikuv ishlab chiqarishining tashkiliy-iqtisodiy faoliyati imitasiya qilinadi, shuningdek, mahsulotlarni modellashtirish va tikish bo’yicha olingan amaliy ko’nikmalarni qo’llaydilar; • mazmunli-rolli o’yinlar asosida aniq hayotiy, ishchan yoki boshqa vaziyat yotadi. Bunday holda, o’yin har bir qatnashchi aniq rolni bajaradigan (o’ynaydigan) teatrni eslatadi. Bunday holda o’yin mazmunan intellektual faoliyat shaklli ijodiy o’yindir, shuning uchun qatnashchilarni tayyorlash va o’in ssenariysini ishlab chiqish katta ahamiyatga ega; • innovasion o’yinlarning boshqa o’yin turlaridan ajralib turadigan farqi, harakatli tuzilishga ega ekanligi va o’yinni bir necha o’qitish-rivojlantiruvchi "fazo"larda, masalan, kompyuter dasturlaridan foydalanib o’tkazishdir. Innovasion o’yinlar zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda sifatli bilim olishga qaratilgan. Yuqorida keltirilgan dastlabki o’yinlar uslub jihtdan farq qilsa, keyingilarida ajratish tamoyili - aniq vaziyatni boshqarish ko’nikmasini shakllantirishdan iborat bo’lgan maqsadning mo’ljallanishi bilan farqlanadi. • tashkiliy-faoliyatli o’yinlar. Bu o’yinlarda vaziyatni tashxis qi- lish va muammoni yechish variantlarini tanlash asosiy maqsad qilib qo’yiladi. Uslub nuqtai nazaridan, qatnashchilarning muloqotiga, munosabatiga va guruhiy ishlarning boshqa shakllariga ko’proq e’tibor qaratiladi; Ta’limga oid o’yinlarining ta’limdagi o’rni nihoyatda muhim. Pedagogikada ular tarbiyalanuvchilarning faolligi, tashabbuskorligi, mustaqilligini rivojlantirishga asoslangan rivojlantiruvchi ta’limning ajralmas tarkibiy qismidan iboratdir. Ta’limiy o’yinlarni ta’lim- tarbiya jarayoniga qo’llash bo’yicha olib borilgan tadqiqot natijalari ushbu texnologiya, umuman olganda, ta’limning samaradorligini ko’tarish imkoniyatini berishini ko’rsatdi. Ta’limga oid va ishchanlik o’yinlari psixologik ahamiyat kasb etadi, kasbiy va shaxsiy sifatlarni rivojlantirishga samarali ta’sir etadi. Shuni ta’kidlash kerakki, ta’limiy o’yinlar turli-tumanligi bilan farq qiladi. Bu o’yinlar birgalikda o’tkazilishi ham mumkin. O’yinlar bir- birini to’ldiradi. Masalan, rolli ishchan o’yin, innovasion-imitasion va boshqa hollari bo’lishi mumkin. Shunday qilib, ta’limiy o’yinlar ta’lim berishda ham, xuddi shunday boshqa faoliyat sohalarida ham o’z tatbiqini topgan harakat texnologiya- larini ifodalaydi. Pedagogikada ular ta’lim jarayonini faollashtirishga, tarbiyalanuvchilarning ijod qilishlariga imkoniyat yaratadi. O’yin uslublari qo’llanilgan psixologik treninglar hayotda uchrab turadigan muammolarni hal etish yo’llarini izlash bilan birgalikda tarbiyalanuvchilarning qiziqishini oshiradi, shuningdek, ochiq munosabat muhitini vujudga kelishiga imkoniyat yaratadi. Rivojlantiruvchi o’yin, faoliyat sifatida bolada bosqichma-bosqich yoshiga bog’lik bo’lgan harakat turining, uxshash fikrlash tarzining rivojlanishini, ko’rgazmali-shaklli fikrlashga o’tishni, tushuncha turidagi nutqiy fikrlashning shakllanishini ta’minlaydi. Shuning uchun, bola tomonidan turli an’anaviy o’yinlarning o’rganilishi kompyuter o’yinlarini egallash uchun zarur bo’lgan asosni yaratadi. MTT bolalarining o’yinli faoliyatiga kompyuter dasturlarini kiritish, to’g’ri dasturiy maxsulot tanlash va ulardan to’g’ri foydalanish, kompyuter o’yinini bolalariing o’yinli faoliyatidagi haqiqiy vositasiga aylanatiradi. Shundagina bolaning o’yin muhiti yetarlicha shakllanadi va kompyuter bolaning psixikasi va intellektini rivojlantirishning qudratli omiliga aylanadi. Hozirgi kunda bolalar o’yinini tashkil etish va o’yinchoqlarni yangi texnologiyalar bilan boyitish, kompyuterli rivojlantiruvchi dasturlarni maktabgacha ta’lim muassasalariga joriy qilish bilan bog’lik bo’lgan qator muammolar mavjud. Download 65.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling