II. FK-fanga oid kompetensiyalar
1. FK1-Buyum va mahsulot turlarini, ularni tayyorlash va ishlov berish usullarini bilish, texnologik loyihalash hamda amalga oshirish kompetensiyasi:
2. FK2-Psixomotor, funksional hamda amaliy faoliyat turlarini bajarishdagi operatsion kompetensiya:
3. FK3-To‘g‘ri va ongli kasb tanlash, ijtimoiy munosabatlarga kirisha olish kompetensiyasi
1-SINF
(haftasiga 1 soatdan, 33 soat)
O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari:
Kommunikativ kompetensiya:
texnologiya faniga oid atamalarni to‘g‘ri talafuz qila olish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
turli manbalardan axborotlarni eshitish, ko‘rish va tushunish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
texnologiya faniga oid bilimlarini boyitish, tirishqoqlikni, qo‘l harakati motorikasini rivojlantirish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
o‘zining o‘quvchilik burchini bilish, jamoada ishlay olish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
xalq hunarmandchilik sohalariga oid ma’lumotlar va kasb-hunarlarni haqida tushunchaga ega bo‘lish.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:
tabiiy va turli materiallardan foydalanishda tejamkorlikka rioya qilish.
Qog‘oz va karton bilan ishlash
(4 soat)
1-mavzu. Texnologiya darslarida xavfsiz texnologiya usullari va o‘quv qurollari bilan ishlashda xavfsizlik texnikasi qoidalari. (1 soat)
Qaychi, yelim, qog‘oz bilan ishlashda xavfsiz texnologiya usullar, qalam, qaychi, o‘chirg‘ich, chizg‘ich, sirkul, bigiz va boshqalar rangli va oddiy qog‘ozlar bilan ishlash.
2-mavzu. Qog‘oz va uning turlari. Qog‘ozni buklash usullari. (1 soat)
Qog‘ozni buklashning oddiy usullaridan foydalanib, kema, qayiq va h.k.o‘yinchoqlar yasash)
3-mavzu. Kitob uchun xatcho‘p yasash. (1 soat)
Kitob uchun xatcho‘p yasash bosqichlari
4-mavzu. Kvadrat shaklidagi qog‘ozni buklash orqali hayvonlar shaklini yasash. (1 soat)
Qog‘ozni buklash usulidan foydalanib, kuchuk va mushukchani yasash bosqichlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |