Kommunikativ, axborot bilan ishlash, shaxs sifatida o’z-o’zini rivojlantirish, ijtimoiy faol fuqarolik, umummadaniy hamda fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo’lish hamda foydalanish kompetentsiyalari tushunchalariga umumiy ta’riflar berilgan bo’lsa ham, biz bu kompetentsiyalarga texnologiya va uni o’qitish metodikasi fanining o’ziga xosligi va o’quvchilarning yoshi va psixologik xususiyatini xisobga olgan xolda yondashdik.
Barchamizga ma’lumki, texnologiya va uni o’qitish metodikasi fani insonning aqlini o’stiradi, uning diqqatini rivojlantiradi, ko’zlangan (rivojlantirilgan) maqsadga erishish uchun o’zida qat’iyat va irodani tarbiyalaydi, o’zidagi algoritmik tarzdagi tartib-intizomlilikni ta’minlaydi va eng muhimi uning tafakkuri kengayadi.
O’zbekiston Respublikasida umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limida texnologiya va uni o’qitish fanini o’rganishning asosiy maqsadlari:
o’quvchilarning hayotiy tasavvurlari bilan amaliy faoliyatlarini umumlashtirib borib, ijtimoiy texnologiya bilan bog’liq bilimlarni hayotga tatbiq eta olish salohiyatini shakllantirish va rivojlantirish;
insoniyat kamoloti va jamiyat taraqqiyotida matematikaning ahamiyatini his qilgan holda umuminsoniy madaniyatning tarkibiy qismi sifatida matematik savodxonlik va tasavvurlarni shakllantirish;
o’quvchilarning ijtimoiy hayoti va ta’lim olishni davom ettirishlari uchun zarur bo’lgan bilimlarni egallashi va ulardan kundalik faoliyatida foydalana olishlari, texnika va texnologiyalarning takomillashib borishini hisobga olgan holda tayanch va matematikaga oid kompetentsiyalarni shakllantirishdan iborat.
O’zbekiston Respublikasida umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limida texnologiya va uni o’qitish fanini o’rganishning asosiy vazifalari:
ta’lim-tarbiya jarayonida tayanch kompetentsiyalarni matematika fani mazmuniga oid umumiy kompetentsiyalar bilan birgalikda shakllantirish;
fanlar integratsiyasini inobatga olgan holda ta’lim mazmunini hayot va texnika taraqqiyoti bilan bog’lash, ongli ravishda kasb tanlashga yo’naltirish orqali o’quvchilarda mustaqil ijodiy fikrlash kompetentsiyasini shakllantirish va rivojlantirishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |