2-мавзу. Бухгалтерия баланси, унинг тузилиши ва мазмуни
Download 1.52 Mb. Pdf ko'rish
|
Biznes sub\'ektlarida buxgalteriya hisobi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat funktsiyasi.
- Mulkning butligini ta’minlash
- Tahliliy funktsiya.
- Hisob funktsiyasi
Axborot funktsiyasi. Buxgalteriya hisobi turli xil iqtisodiy axborot iste’molchilari
uchun asosiy axborot manbai hisoblanadi. Ular asosida boshqaruv va investitsion qarorlar qabul qilinadi. Buxgalteriya hisobi axborotining yakuniy natijasi korxonaning moliyaviy holatini ko‘rsatkichlarini yaxshilash hisoblanadi. Nazorat funktsiyasi. Turli mulkchilik shaklidagi korxonalar, korxonalar huquqining kengayishi buxgalteriya hisobining nazorat funktsiyasi kuchaytirish talab qilinadi. Buxgalteriya xodimlari turli xildagi resurslardan foydalanishni doimiy nazorat qilishi lozim. Nazorat – bu avvalom bor, biznes rejada belgilangan iqtisodiy ko‘rsatkichlarni bajarilishini aniqlash jarayoni hisoblanadi. Mulkning butligini ta’minlash. Buxgalteriya hisobini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish mulkning butligini ta’minlash, turli xildagi yo‘qotishlar va talon-tarojlarning oldini olishga olib keladi. Buning uchun korxonada barcha shart-sharoitlarni yaratish lozim: omborxonalar, nazorat-o‘lchash asboblari, o‘lchash idishlari va boshqalar. Tahliliy funktsiya. Ishonchli va huquqiy asoslangan axborot korxona moliya- xo‘jalik faoliyatini tahlil qilishda ishlatiladi. Tahlil bu qabul qilingan qarorlar natijasida erishilgan yutuq va kamchiliklarni o‘rganish hamda u orqali natijalarni yanada yaxshilash maqsadida ichki–tashqi omillarni izlash jarayonidir. Hisob funktsiyasi korxona xo‘jalik faoliyati hujjatlar asosidagi yalpi, uzluksiz va o‘zaro bog‘langan ifodasidir. Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonunga binoan, buxgalteriya hisobining sub’ektlari bo‘lib, Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatga olingan yuridik shaxslar, ularning O‘zbekiston Respublikasi hududida hamda undan tashqarisida joylashgan sho‘’ba korxonalari, filiallari, vakolatxonalari va boshqa tarkibiy bo‘linmalari hisoblanadi. Yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda buxgalteriya hisobini yuritadi va buxgalteriya (moliya) hisobotini taqdim etadi. Kichik korxonalar 20-sonli “Kichik tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan soddalashtirilgan buxgalteriya hisobi va hisobotni tuzish tartibi to‘g‘risida” deb nomlangan buxgalteriya hisobining milliy standarti asosida buxgalteriya hisobini soddalashtirilgan tartibda yuritadilar. Asosiy va joriy aktivlar, majburiyatlar, xususiy kapital, zahiralar, daromadlar va xarajatlar, foyda, zararlar hamda ularning harakati bilan bog‘liq xo‘jalik operatsiyalari Download 1.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling