2-Mavzu: Buxgalteriya hisobini tashkil eti shva unga quyiladigan talablar. Reja


 Buxgalteriya hisobiga rahbarlik qilish


Download 28.11 Kb.
bet2/4
Sana22.10.2023
Hajmi28.11 Kb.
#1715167
1   2   3   4
Bog'liq
2-Mavzu Buxgalteriya hisobini tashkil eti shva unga quyiladigan-fayllar.org

2.2. Buxgalteriya hisobiga rahbarlik qilish. 

Korxonalarda buxgalteriya hisobiga bosh buxgalter rahbarlik qiladi. Uz navbatida bosh buxgalter ma`muriy 


tomondan korxona rahbariga, hisob ishlarini yuritish bo`yicha esa, tegishli yuqori tashkilotning bosh buxgalteriga
bo`ysinadi. 
Bosh buxgalterga qo`yidagi vazifalar belgilanadi:
 hisob ishlarini to`g`ri tashkil etish; 
 korxona mulkchiligini saqlanishini nazorat etish;
 korxona tovar moddiy boyliklari oqilona sarflanishini ta`minlash; 
 korxona tovar moddiy boyliklaridan samarali foydalanishini o`rnatish;
 xo`jalik jarayonlarini o`z vaqtida va to`g`ri hujjatlashtirishni ta`minlash, hujjat aylanishini to`g`ri tashkil 
etish;
 hisob ma`lumotlari to`g`riligini, mulkchilik saqlanishini ta`minlash maqsadida investitsiyani 
belgilangan muddatda, o`rnatilgan tartib va o`tkazilishini va natijalar o`z vaqtida va to`g`ri rasmiylashtirilishini
ta`minlash; 
 smeta va moliya tartiblariga rioya etilishini nazorat etish.
Bosh buxgalter yuqoridagi vazifalarni bajarishda buxgalteriya barcha xodiimlari uning ko`rsatmalarini 
bajarishidan keng foydalaniladi. Buxgalteriya hamma bo`limlarida qayta ishlangan hujjatlar o`rnatilgan muddatda
bosh buxgalterga topshirilishi shart. 
Hujjat yurituvchi sub`ektlarning moliyaviy hisobotlarining barcha shakllarini rahbar bilan birga bosh
buxgalter ham imzosi bilan tasdiqlaydi. 
Ma`muriy boshqaruv tizimida buxgalterlar xo`jalik jarayonlarini ro`yxatga oluvchi sifatida faoliyat yuritgan
bo`lsa, raqobatga asoslangan bozor iqtisodiyoti sharoitida uning vazifalariga tahlil, nazorat, ma`lum bir miqyosida 
menejment hamda marketing sohasidagi bilimlarga ega bo`lish ham kiradi.
Korxona bosh buxgalteriga qonunchilikka xilof va shartnoma hamda moliyaviy intizomga zid hujjatlarni 
rasmiylashtirish va bajarishga qabul qilish ta`qiqlanadi. Shunday hujjatlarga faoliyat davomida duch kelgan bosh
buxgalter, korxona rahbariga yozma ravishda xabar bermog`i kerak. Korxona rahbaridan yozma ravishdagi buyruqni 
yoki yuqoridagi kabi xujatlarda korxona rahbarini ikkinchi imzosi qo`yilganidan so`ng, bosh buxgalter uni
bajarishga kirishadi. Bunday holatlarda sodir etilgan jarayonlarni qonuniyligiga korxona rahbari to`liq javobgar 
hisoblanadi.
Moddiy javobgarlik shaxslarni (kassir, ombor mudiri va boshqalar) tayinlash, almashtirish va bo`shatish 
bosh buxgalter roziligi bilan amalga oshiriladi.
Bosh buxgalter bo`shayotganida yangi bosh buxgalterga (agar yangi bosh buxgalter belgilanmagan bo`lsa, 
korxona rahbari buyrugi bilan tayinlangan xodimga) barcha buxgalteriya ishlari topshiriladi. Bunday holatda
buxgalteriya hisobi holati tekshiriladi, shuningdek hisobot ma`lumotlari xaqikiyligi aks ettirilgan va korxona rahbari 
tasdiqlangan dalolatnoma rasmiylashtiriladi.


Download 28.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling