2-Mavzu: Buxgalteriya hisobini tashkil eti shva unga quyiladigan talablar. Reja


 Buxgalteriyada ishni tashkil qilish


Download 28.11 Kb.
bet3/4
Sana22.10.2023
Hajmi28.11 Kb.
#1715167
1   2   3   4
Bog'liq
2-Mavzu Buxgalteriya hisobini tashkil eti shva unga quyiladigan-fayllar.org

2.3. Buxgalteriyada ishni tashkil qilish. 


Buxgalteriya hisobi ma`lumotlarini hozirgi zamon talabiga to`liq javob berishini ta`minlashni yana bir


omili, buxgalteriya hisobi bo`limi xodimlarini ish joylarini oqilona tashkil etish hisoblanadi. Buxgalteriyada 
xodimlar ish joyini oqilona tashkil etilishi, birinchidan, mehnat unumdorligini oshishiga, ikkinchidan, xodimlarni
sog`ligini saqlashga, uchinchidan, ortiqcha xarajatlar kamayishiga yordam beradi. 
Buxgalteriya hisobi xodimlarini ish joyini oqilona tashkil etishda qo`yidagilarga ahamiyat berish kerak
bo`ladi: 
 xodimlarni yorug, xonalar va kerakli anjomlar bilan ta`minlanganligiga;
 buxgalteriya bo`limi xodimlarini asosiy faoliyatlari ish joylarida amalga oshirilishiga (hisob xodimining 
bittasiga belgilangan maydon meyori besh kvadrat metrdan to`qqiz kvadrat metrgacha);
 xodimlarni buxgalteriya hisobi qaysi bo`limida ishlashiga ko`ra ish joyi ta`yinlanganiga. 
Masalan, bosh buxgalter va uning o`rinbosarlariga hamda, moddiy javobgar shaxslar, mijozlar bilan
muloqotda bo`ladigan buxgalteriya hisobi xodimlariga alohida xonalar ajratilishi kerak. Sababi, buxgalteriya bo`limi 
boshqa xodimlarni mehnat unumdorligiga shovqinlar (telefon bilan so`zlashuvlar, mijozlar bilan muloqotlar) salbiy
ta`sir etishi mumkin. 
Xodimlarni xona ichida ish joyini tashkil etayotganda, hujjatlarni qayta ishlash ketma-ketligini yoki
xodimlarni ish faoliyatidagi o`zaro aloqadorligini hisobga olmoq kerak. 
Xodimlar ish joyini oqilona tashkil etishda texnikalar (komp`yuter, printer, faks, telefon va boshqalar)ni
joylashishini ham e`tiborga olmoq kerak. 
Xodim ish stoli tomonida qayta ishlash tarkibiga ko`ra joylashgan holda qo`yilishi lozim. Stolning o`ng
tomonida esa, qayta ishlangan hujjatlar turishi, buxgalteriya bo`limi xodimi ish faoliyati samaradorligini oshishi 
omillaridan biri hisoblanadi.
Xo`jalik yurituvchi ob`ektlar menedjment, marketing bo`limi xodimlari uchun kerakli ma`lumotlarni tez va 
to`g`ri uzatilishi ham ish joyini oqilona tashkil etilishiga bevosita bog`liqdir.



Download 28.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling