2-Mavzu: Buxgalteriya hisobini tashkil eti shva unga quyiladigan talablar. Reja


 4. Buxgalteriya hisobi tizimlari


Download 28.11 Kb.
bet4/4
Sana22.10.2023
Hajmi28.11 Kb.
#1715167
1   2   3   4
Bog'liq
2-Mavzu Buxgalteriya hisobini tashkil eti shva unga quyiladigan-fayllar.org

2. 4. Buxgalteriya hisobi tizimlari. 
Korxonalardagi hisob ishlarini hajmi, hamda faoliyat miqyosidan kelib chiqib, buxgalteriya markazlashgan 
va markazlashmagan tarzda tashkil qilinadi.
Markazlashgan buxgalteriyada korxonaga qarashli bo`limlarda dastlabki hujjatlar rasmiylashtirilib
markaziy buxgalteriyaga topshiriladi. Bu erda esa, dastlabki hujjatlar xar tomonlamma tekshirilib olinadi, qayta
ishlanadi, hisob registrlarida aks ettiriladi. Buxgalteriyani markazlashgan tarzda tashkil etilishi hisob xodimlari 
sonini qisqarishini, hisoblash texnikalaridan keng foydalanishni, hisob ishlari bilan bog`liq xarajatlar kamayishini
ta`minlaydi. Markazlashgan buxgalteriyada tuzilgan moliyaviy hisobot shakllari tegishli joylarga o`rnatilgan 
muddatlarda topshiriladi.
Ayrim xo`jalik yuritish sub`ektlarida yirik bo`limlarda buxgalteriya bo`limi yuritilib, qolgan bo`lim hisob 
ishlarini bosh buxgalteriyaga topshiradi. Bunday holatlarda qisman markazlashmagan buxgalteriya bo`limlardan
olingan dastlabki hujjatlardagi ma`lumotlarni hisob registrlarida aks ettiradi, hamda yirik bo`limda yuritilgan 
buxgalteriya balansini tekshirib, umumiy – korxona xo`jalik faoliyati to`g`risidagi hisobotni tuzadi. Ushbu
hisobotlarni barcha foydalanuvchilar uchun BXMSlar asosida tuzilgan holda topshiriladi. 
Tula markazlashmagan buxgalteriyada korxona hamma bo`limlarida dastlabki hujjatlar qayta ishlanib,
hisob registrlarida aks ettiriladi va hisobotlar tuziladi. Xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning bosh buxgalteriyasida 
balans va hisobot boshqa shakllari yig`ilib, bo`limlar o`zaro hisoblashishlari tekshiriladi, umumiy boshqarmada
tuzilgan dastlabki hujjatlarni qabul qiladi, hisob registrlarida aks ettiriladi. Ishlab chiqilgan mahsulot (ishchi, 
xizmatchi)ni tannarxi aniqlanadi. Shuningdek, bosh buxgalteriya tomonidan bo`lim buxgalteriya ishlari nazorat qilib
boriladi va tegishli ko`rsatmalar beriladi. 
Markazlashmagan buxgalteriya qo`llanganda hisob xodimlari soni ko`payadi, hisoblash mashinalaridan
foydalanish imkoniyati yo`qoladi, hisob ishlari xarajati ko`payadi. 
Xo`jalik yurituvchi sub`ektlarda buxgalteriya qaysi shaklda tuzilishidan qat`iy nazar, bosh buxgalter hisob
ishlarini boshqaruvchisi hisoblanadi. Korxona bosh buxgalteriga shu xo`jalik yurituvchi sub`ekt faoliyatidan kelib 
chiqib mavjud mustaqil balansga ega bo`limlar, kassa, hamda buxgalteriya hisobi bo`limlari bo`ysinadi.Sxema
ko`rinishida buxgalteriya apparatini tuzilishini qo`yidagicha keltirish mumkin. 
Buxgalteriya hisobi bo`limlari xo`jalik yurituvchi sub`ektlarni faoliyati doirasidan kelib chiqib tashkil
etiladi. Kichik korxonalarda bir buxgalter, shu korxona xo`jalik faoliyati hisobini yuritish mumkin. Ba`zi 
korxonalarda esa, ikki va uch hisobchi buxgalteriya hisobi ishlarini olib boradilar. Yuqorida aytilganidek, hisob
xodimlari soni buxgalteriya hisobi ishlari hajmidan kelib chiqib belgilanadi. 
Xo`jalik yurituvchi sub`ektlar buxgalteriya hisoblarini bozor iqtisodiyoti sharoitidagi ahamiyati sezilarli
darajada oshdi. 
Ma`muriy boshqaruv tizimiga asoslangan xalq xo`jaligi korxonalar hamma faoliyati oldindan belgilangan
qat`iy rejalarga asoslangan holda yuritilib, xo`jalik yurituvchi sub`ektlar o`zaro ma`lumotlari ham shu rejalar asosida 
amalga oshiriladi.
Raqobatga asoslangan bozor iqtisodiyoti sharoitida xo`jalik yurituvchi sub`ektlar o`z faoliyatlarini mustaqil 
ravishda yuritadilar (davlat ahamiyatidagi korxonalar bundan mustasno). Endi korxonalar o`z faoliyatlari davomida
xarajatlar va daromadlarni mustaqil belgilab, shunga asosan ish yuritadilar, xo`jalik munosabatlarida ham tegishli 
korxonalarni mustakil belgilaydilar. Demak, xo`jalik yurituvchi sub`ektlar o`z-o`zlarini moliyalashtirishlari zarur.


Korxona bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqilayotgan mahsulot (ish, xizmat), sotiladigan tovarlarga


bo`lgan talabni xar tomonlama o`rganishlari kerak. 
Bozor talabi o`rganilayotganda, baho, miqdor, xududiy va boshqa xususiyatlarga ahamiyat beriladi. Bozor
talab etayotgan xususiyatlarga ega mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarish, korxona boshqaruvi vazifasiga kirib, 
ushbu vazifa bajarilishi tabiiyki axborotlarga, ma`lumotlarga tayanadi. Xo`jalik yurituvchi sub`ekt buxgalteriya
hisobida esa, xo`jalik faoliyati bilan bog`liq barcha ma`lumotlar rasmiylashtirilgan bo`ladi. 
Buxgalteriya hisobi ham o`z navbatida boshqaruv apparati uchun kerakli ma`lumotlarni uzatishi uchun
zaruriy axborotlar bilan ta`minlangan bo`lishi zarur. Masalan, soliq tizimi sohasidagi, xo`jalik yurituvchi sub`ektlar 
faoliyati bilan bog`liq yuqori tashkilotlar ko`rsatma, yo`riqnoma, nizomlari, shuningdek, Respublika xukumati
tomonidan qabul qilingan qonunlar, qarorlar bilan o`z vaqidada ta`minlanganlik, darajasi buxgalteriya hisobi 

ma`lumotlarini ishonchlilik, muhimlik, ahamiyatlilik printsiplarga mosligiga asos bo`ladi.



http://fayllar.org



Download 28.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling