2-Mavzu: Buxgalteriya hisobini tashkil eti shva unga quyiladigan talablar. Reja


Download 28.11 Kb.
bet1/4
Sana22.10.2023
Hajmi28.11 Kb.
#1715167
  1   2   3   4
Bog'liq
2-Mavzu Buxgalteriya hisobini tashkil eti shva unga quyiladigan-fayllar.org


2-Mavzu: Buxgalteriya hisobini tashkil eti shva unga quyiladigan talablar. Reja




2-Mavzu: Buxgalteriya hisobini tashkil eti shva unga quyiladigan talablar.

Reja: 

2.1 Buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari va ahamiyati. 

2.2. Buxgalteriya hisobiga raxbarlik qilish. 

2.3. Buxgalteriyada ishni tashkil kilish. 

2. 4. Buxgalteriya hisobi tizimlari. 


2.1 Buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari va ahamiyati. 
Malakatimizda siyosiy-mustaqillikka erishilganidan so`ng bir necha omillar hisobga olingan holda xukumat
rahbariyati boshchiligida, iqtisodiy isloxotlar amalga oshirila boshlandi. Ushbu isloxotga ko`ra, ma`muriy boshqaruv 
tizimidan voz kechilib, bozor iqtisodiyoti tizimiga o`tila boshlandi.
Bozor iqtisodiyoti tizimiga asoslangan xalq xo`jaligini o`ziga xos xususiyatlari mavjudki, shu 
xususiyatlardan biri mulkchilik shaklining turli ko`rinishlari yuzaga kelishidir.
Xalq xo`jaligi asosiy bug`ini bo`lishi xo`jalik yurituvchi sub`ektlar o`z faoliyatlarini yuritishida turli 
mulkchilik shakllariga asoslanadilar.
Xalq xo`jaligi turli sohalarga qarashli korxona muassasa, uyushma, birlashma, kontsern va boshqalar 
faoliyati ustidan umumiy davlat boshqaruvini o`rnatish, ulardan olinadigan ma`lumotlarga asoslanadi. Xo`jalik
yurituvchi sub`ektlar faoliyati haqidagi ma`lumotlar esa, ular buxgalteriya hisobi ma`lumotlariga asoslanadi. 
Demak, xo`jalik yurituvchi sub`ektlar qaysi mulkchilik shakliga asoslanganidan qat`iy nazar, tegishli organlar
tomonidan ishlab chiqilgan qonun, ko`rsatma nizomlarga va qo`llanmalarga rioya etgan holda hisob yuritishlari 
zarur.
Buxgalteriya hisobini tashkil qilishda hisob ma`lumotlari nafaqat ichki, balki yuqori boshqaruv uchun 
zarurligini hisobga olish bilan birga, tashqi foydalanuvchilar ehtiyoji ham e`tiborga olinishi kerak.
Buxgalteriya hisobi ma`lumotlaridan foydalanuvchilarni ikkiga ajratish mumkin: 

ichki foydalanuvchilar; 


tashqi foydalanuvchilar. 


Moliyaviy hisob ma`lumotlaridan ichki foydalanuvchilarga korxona, boshqaruv apparati xodimlari kiradi.
Korxona boshqaruv apparati xodimlari korxona faoliyati boshqaruviga va korxona oldiga qo`yilgan 
vazifalar bajarilishiga, belgilangan maqsadlarga erishilishiga to`liq javobgardirlar.
Raqobatga asoslangan bozor iqtisodiyoti sharoitida korxona boshqaruv apparati ikki asosiy omilga e`tibor 
bermogi zarur:

korxona rentabelgiga; 


korxona likvidligi. 


Korxona rentabelligi deganda, korxonaning bir me`yoriy faoliyat yuritishi va korxona rivoji uchun etarli
daromad olish imkoniyatiga egaligi tushuniladi. 
Korxona o`z oldidagi majburiyatlarini belgilangan muddatda to`lay olish uchun etarli pul va boshqa to`lov
mablag`lariga ega bo`lishi korxonani likvidligi deyiladi. 
Moliyaviy hisob ma`lumotlaridan foydalangan holda ichki boshqaruv apparati korxona moliyaviy rejasini,
tuzadi, korxona xo`jalik faoliyatini kengaytirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulot (ish, xizmat) yuzasidan bozor 
talabini o`rgangan holda, baho belgilash, moliyaviy qo`yilmalarni yuritish chora-tadbirlarini, bank va bankdan
tashqari korxonalardan kredit va qarzlar olish va boshqalar haqida qarorlar qabul qiladi. 
Qarorlarni to`g`ri qabul qilinishi moliyaviy hisob ma`lumotlarini o`z vaqtida va to`g`ri tuzilganligiga
bog`liq bo`ladi. 
O`z vaqtida olinmagan yoki noto`g`ri yuritilgan buxgalteriya hisob ma`lumotlari, noto`g`ri qarorlar qabul
qilinishigacha, natijada korxonani zarar ko`rishiga, ba`zi xollarda esa bankrotlik holatiga kelishiga ham sabab 
bo`lishi mumkin.
Moliyaviy hisob ma`lumotlaridan tashqi foydalanuvchilarni ham o`z navbatida ikki guruhga ajratish 
mumkin:
A) korxona faoliyatidan bevosita manfaatdorlar; 
B) bilvosita manfaatdorlar.
Korxona faoliyatidan bevosita manfaatdorlarga qo`yidagilarni misol tariqasida keltirish mumkin: 


Aktsiyadorlar; 



Kreditorlar; 


mol etkazib beruvchilar va xaridorlar; 


 soliq nazorati inspektsiyasi;
 mehnat birjalari va boshqalar. 
Moliyaviy hisobot ma`lumotlaridan foydalanuvchilarni korxona faoliyatidan bilvosita manfaatdorlarga
qo`yidagilar kiradi: 
 auditorlik firmalari;
 moliyaviy savollar yuzasidan maslahatchilar; 
 qimmatbaho qog`oz birjalari;
 qonunchilik organlari; 


 xuquqshunoslar (xo`jalik sudi vakillari);


 matbuot va axborot agentliklari; 
 savdo, ishlab chiqarish assotsiatsiyalari;
 ijtimoiy sug`urta organlari; 
 kasaba uyushmalari.
Xo`jalik yurituvchi sub`ektlarni yillik moliyaviy hisobotlari undan foydalanuvchilar uchun tushunarli va 
oddiy holda etkazilishi kerak.
Aktsiyadorlik hamiyatlari, sug`urta kompaniyalari, bank muassasalari, fond va tovar birjalari, moliyaviy 
fondlar va boshqa moliyaviy muassasalar yillik moliyaviy hisobotlarini auditor tasdigidan so`ng, kelgusi hisobot yili
birinchi maydan kechiktirmasdan, matbuotda e`lon qilinishlari shart. 
Xo`jalik yurituvchi sub`ektlar moliyaviy hisobotlari yuqori tashkilotlar va statistika qo`mitalari tomonidan
yig`ilib, jamlanib, tarmoqlararo, xududlararo va umuman, butun xalq xo`jalik miqyosidagi ma`lumotlar olinadi, 
tahlil qilinadi, hamda tegishli chora-tadbirlar belgilanib, ularni hayotga tadbiq etilishi ta`minlanadi.
Buxgalteriya hisobini tashkil etishda hisob ishlari hajmini aniqlab olish, buxgalteriya xodimlari sonini, ular 
o`rtasida hisob ishlari taqsimotini, qo`llaniladigan hisob shaklini, hisob ishlarida hisoblash texnikalaridan
foydalanishini belgilab olish kerak bo`ladi. 
O`zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligini «Buxgalteriya hisobi va auditi uslubiyati» boshqarmasi
hisobning barcha turlari bo`yicha rahbarlikni olib boradi. 
Moliya vazirligining ushbu boshqarmasi hisob ishlarini mexanizatsiyalash, hisob mutaxassislarini
tayyorlash, ular malakasini oshirish, shuningdek, hisob ishlari bilan bog`liq yo`riqnomalar, nizomlar, ko`rsatmalar 
ishlab chiqib, nashr qildiradi.
O`zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi, Makroiqtisodiyot statistika vazirliklari birgalikda buxgalteriya 
hisobi schetlar rejasini, buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotni shakllarini ishlab chiqadi, ularni qo`llashga doir
yuriqnomalar ham shu vazirliklar tomonidan tasdiqlanadi. 
Hozirgi vaqtda Moliya vazirligining buxgalteriya hisobi va auditi, usuliyati boshqarmasi tomonidan
buxgalteriya hisobining milliy standarti ishlab chiqilib ularning 23 tasi Adliya vazirligidan ro`yxatdan o`tdi. 
Mamlakatimiz siyosiy mustaqilligidan so`nggi, erishilayotgan iqtisodiy mustaqilliklar zamirida Jahon
bozoriga chiqish, chet el davlatlari bilan o`zaro munosabatlarda bo`lish etadi. 
Demak, tabiiyki, «iqtisodchilar tili» hisoblanuvchi buxgalteriya hisobini jahon standartiga moslashtirish
zamon talabi bilan yuzaga keldi. 
Turli halqaro tashkilotlar barcha davlatlarda buxgalteriya hisobi umumiy tizimini ta`minlashga xarakat
qilmoqda. Ulardan ba`zi birlari qo`yidagilardir: 
Buxgalteriya hisobi xalqaro standarti bo`yicha qo`mita (BXXSK). Ushbu qo`mita 1973 yilda 9 davlat Professional
buxgalterlari tuzilmasi asosida tashkil topgan edi. 9 davlat esa, qo`yidagilar edi: Avstraliya, Germaniya, Buyuk Britaniya, 
Kanada, Meksika, Niderlandiya, SShA, Frantsiya va Yaponiya.
1991 yilga kelib qo`mitada 79 ta davlatdan 106 ta professional buxgalteriya tashkilotlari a`zo bo`lib, asta-
sekinlik bilan shu davlatlarga tadbiq etilayotgan 30 ta andoza ishlab chiqildi.
Buxgalterlar Xalqaro Federatsiyasi (BXF) 1997 yilda tashkil topib, buxgalteriya hisobi xalqaro standarti 
bo`yicha qo`mita (BXXSK) bilan o`zaro hamkorlikda faoliyat yuritmoqda.
Ushbu ikkala tashkilot ko`pgina umumiy a`zolarga ega. BXF tashkiloti BXXSK kengashiga 13 a`zogacha 
tayinlashi mumkin, hamda shu tashkilot byudjetini 10% gacha mablag`ini beradi, ya`ni BXXSK faoliyatida BXF ga
bo`ysinadi. 
BXF xalqaro andozalar ishlab chiqish bilan shug`ullanmaydi, balki buxgalteriya ishlarini xalqaro
umumlashuvi bilan bog`liq faoliyat bilan shug`ullanadi.
Aniqroq qilib aytadigan bo`lsak, BXF buxgalteriya ishlarini xalqaro umumlashuviga umumiy yondoshuvlar
va yo`nalishlarin aniqlaydi, shuningdek, buxgalteriya hisobi bo`yicha evropa mutaxassislari federatsiyasi kabi 
xududiy maxsus buxgalteriya organlari ishlariga yordam beradi.
Shunga ahamiyat bermoq kerakki, hozirgi davrga kelib, milliy, xududiy manfaatdorliklar, hamda jug`rofiy va 
iqtisodiy xosliklardan kelib chiqib, buxgalteriya hisobini va hisobotini xalqaro umumlashuviga yagona yondoshuv
topilmadi. Bozor kuchi yordamida buxgalteriya hisobi umumlashuviga erishish tezlashadi degan umumiy fikrga ega 
bo`lindiki, buni qo`yidagicha izohlash mumkin.
Davlatlar, ayniqsa, rivojlanayotgan davlatlar chet el investitsiyalarini jalb etish maqsadida buxgalteriya 
hisobi va hisobotini jahon standartiga moslashtirishga xarakat qiladi va shu yo`l bilan iqtisodiyotni rivojlanishga
zamin tayyorlaydi. 
Bizning respublikamizda buxgalteriya hisobining tartibga solish huquqiga ega manbaalar qo`yidagilardir:
 qonunchilik organlari tomonidan qabul qilingan me`yoriy va qonuniy dalolatnomalar; 
 Moliya vazirligini Davlat statistika qo`mitasi bilan birga, hamda vazirliklar va tarmoqlar malakali
mutaxassislari, professional jamoat tashkilotlari ishtirokida qabul kilgan me`yoriy dalolatnomalari va ko`rsatmalari. 
Professional jamoat tashkilotlariga Buxgalterlar va auditor assotsiatsiyasi, Tovar ishlab chiqaruvchilar va
tadbirkorlar palatalari misol bo`ladi. 
O`zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobi tizimini asosiy huquqiy zamini «Buxgalteriya hisobi
to`g`risida»gi qonunda belgilangan. Ushbu qonunda buxgalteriya xodimlarini burch va xuquqlari, buxgalteriya 


hisobi miqyosida korxona rahbarlari va buxgalteriya hisobi tizimidagi asosiy maqsadlar, vazifalar, hamda printsip


ko`rsatib o`tilgan. 
Xalqaro amaliyotda buxgalteriya hisobini me`yoriy tartibga solishni to`rt darajali tizimi ko`zda tutilgan.
Birinchi daraja – qonuniy dalolatnomalar, masalan, «Buxgalteriya hisobi to`g`risida»gi qonun. 
Ikkinchi daraja – asosiy qoidalar yigindisi, ya`ni buxgalteriya standartlari.
Uchinchi daraja – mamlakat va turli tarmoqlar bo`yicha buxgalteriya hisobini yuritish yuzasidan takliflar
metodik qo`llanmalar.
To`rtinchi daraja – hisob siyosatini aniqlash va hujjat aylanishini tashkil etish yuzasidagi korxonada ishlab 
chiqilgan hujjatlarni keltirish mumkin.
Xalqaro amalayotda buxgalteriya hisobini tartibga solish to`rt darajali me`yoriy tizimini, bizning 
davlatimizda ko`rib o`tamiz.
Birinchi darajaga, O`zbekiston Respublikasini «Buxgalteriya hisobi to`g`risida»gi qonuni keltirish mumkin. 
Ikkinchi darajaga, hozirgi vaqtda ishlab chiqilgan 23 ta standartni misol qilish mumkin.
Uchinchi darajadagi me`yoriy tartibga solish tizimiga Moliya vazirligi tasdiqlangan buxgalteriya hisobi va 
hisoboti bilan bog`liq Nizomlarni, shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Uzdavistiqbolstat va
Davlat Soliq qo`mitasi tomonidan qabul qilingan va 1995 yil 1 yanvarda amalga kiritilgan, Vazirlar Mahkamasining 
1999, 2003 yillardagi qarorlari bilan tuzatishlar kiritilgan «Mahsulot (ish, xizmatlar) tannarxiga kiritiladigan
mahsulot (ish, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish bo`yicha xarajatlar tarkibi hamda moliyaviy natijalarni 
shakllantirish haqida Nizom» misol bo`la oladi.
To`rtinchi darajaga esa, korxonalarda qabul qilinadigan, buxgalteriya hisobini tartibga solish bilan bog`liq 
hujjatlarni keltirish mumkin.


Download 28.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling