O‘zbekiston respublikаsi oliy vа o‘rtа mаxsus ta’lim vаzirligi renessance univercity taʼlim muassasasi kafedralarida ish yuritish tizimini takomillashtirish yuzasidan y o‘ riqnom а toshkent-2023
Download 90.77 Kb.
|
kafedra NIZOMI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKАSI OLIY VА O‘RTА MАXSUS TA’LIM VАZIRLIGI RENESSANCE UNIVERCITY taʼlim muassasasi kafedralarida ish yuritish tizimini takomillashtirish yuzasidan Y O‘ R I Q N O M А Toshkent-2023 Oliy taʼlim muassasalarining kafedralarida ish yuritish tizimini takomillashtirish yuzasidan YO‘RIQNOMА Yo‘riqnoma oliy taʼlim muassasasi O‘quv-uslubiy Kengashining 2016 yil 27 avgustdagi majlisida muhokama qilingan va maʼqullangan. ( 1-sonli bayonnoma). I. Umumiy qoidalar 1.1. Kafedra - Oliy taʼlim muassasa yoki fakultet tuzilmasining tarkibiy qismi bo‘lib, unda bir yoki bir necha turdosh fanlar bo‘yicha o‘quv-uslubiy, ilmiy-uslubiy, ilmiy tadqiqot ishlari shuningdek ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, malakasini oshirish va qayta tayyorlash hamda tashkiliy, maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlar amalga oshiriladi. 1.2.Kafedra bevosita fakultet dekaniga yoki Oliy taʼlim muassasa rektoriga bo‘ysunadi. 1.3.Kafedra Oliy taʼlim muassasa Ilmiy Kengashining qarori asosida tashkil etiladi va tugatiladi. 1.4. Kafedra umumiy va maxsus fanlarni o‘qitish uchun kamida 7 ta professor o‘qituvchi, ulardan biri fan doktori ilmiy darajasi yoki professor ilmiy unvoniga va kamida ikkitasi fan nomzodi ilmiy darajasi yoki dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘lganda tashkil etiladi. 1.5.Kafedra o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Taʼlim to‘g‘risida”gi qonuni, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi, Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligining hujjatlari va Oliy taʼlim muassasa ustavi asosida tashkil etadi. II. Kafedraning asosiy vazifalari Kafedraning vazifalari: 2.1. Barcha o‘quv shakllari bo‘yicha Oliy taʼlimning DTS (Davlat taʼlim standartlari)lariga muvofiq tuzilgan o‘quv rejalarida belgilangan - maʼruzalar; - amaliy mashg‘ulotlar; - labaratoriyalar va boshqa turdagi mashg‘ulotlarni yuksak nazariy, ilmiy uslubiy va kasbiy darajada o‘tkazish; 2.2. Talabalarning malakaviy amaliyotiga, kurs loyihalariga, bitiruv malakaviy ishlariga, magistrlik dissertatsiyalariga rahbarlik qilish, talabalar bilimini baholashning reyting nazoratini joriy etish va mustaqil ishlarni tashkil etish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish; 2.3. Kafedra fanlari bo‘yicha o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqqa taqdim etish, shuningdek, turdosh kafedralar tomonidan tayyorlangan o‘quv dasturlariga taqriz va xulosalar tayyorlash; 2.4. Darslik, o‘quv qo‘llanma, uslubiy va metodik ko‘rmatmalarni tayyorlash; 2.5. Iqtidorli talabalar bilan ishlash, ularni olimpiada va tanlovlarda ishtirok etishga tayyorlash; 2.6. Belgilangan tartibda professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirishni tashkil etish hamda ularning Respublika va xalqaro ilmiy anjumanlarda maʼruzalar bilan ishtirok etishini taʼminlash; 2.7. Tasdiqlangan rejaga muvofiq ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, tugallangan ilmiy tadqiqot ishlarini muhokamadan o‘tkazish va ularning natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish, taʼlim fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini taʼminlash, talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish; 2.8. Byudjetdan tashqari mablag‘larni jalb etish, shuningdek ilmiy-texnikaviy yordam ko‘rsatish maqsadida sanoat, qishloq xo‘jaligi korxonalari, kooperativlar, dehqon, fermer va boshqa xo‘jaliklar bilan aloqa o‘rnatish; 2.9. Oliy o‘quv yurtini bitirganlar va mazkur kafedrada stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilikni o‘taganlar monitoringini olib borish hamda ular bilan muntazam aloqalarni tashkil etish; 2.10. Xorijiy hamkorlik, ilmiy va taʼlim muassasalari bilan xalqaro aloqalarni rivojlantirish va hakozolar. III. Kafedraning ish faoliyati 3.1. Kafedraning yillik ish rejasi bo‘lishi, rejada o‘quv yili davomida professor-o‘qituvchilar tomonidan amalga oshiriladigan ishlar to‘la qamrab olinishi lozim; 3.2. Kafedraning ish rejasida kafedra majlisi bir oyda kamida ikki marta o‘tkazilishi belgilangan bo‘lishi, uning kun tartibi va o‘tkazilish sanasi aks etishi lozim; 3.3. Kafedrada o‘tkazilgan majlis kun tartibidagi har bir masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilinishi va majlis bayonnomasida qayd qilinishi lozim. IV. Kafedra tarkibi va tuzilmasi 4.1. Kafedra tarkibi professorlar, dotsentlar, katta o‘qituvchilar, o‘qituvchilar, assistentlar, stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar va o‘quv yordamchi xodimlarni birlashtiradi; 4.2. Kafedra aʼzolari Oliy taʼlim muassasa Ustavida ko‘rsatilgan huquqlardan foydalanadilar va majburiyatlarni bajaradilar; 4.3. Kafedra qoshida o‘quv va ilmiy labarotoriyalar, uslubiy xonalar,to‘garaklar va boshqa tuzilmalar tashkil etilishi mumkin; 4.3. Kafedra tuzilmasi va shtatlari Oliy taʼlim muassasa rektorining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. Kafedraning ish faoliyati uchun zarur yig‘ma jildlar va ulardagi hujjatlar ro‘yxati 1-yig‘ma jild. O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon, qaror va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari; 2- yig‘ma jild. Nizomlar va yo‘riqnomalar; 3- yig‘ma jild. Buyruqlar; 4- yig‘ma jild. Kafedra rejalari; 5- yig‘ma jild. OTM Kengashi qarorlari; 6- yig‘ma jild. Bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari DTSlari; 7- yig‘ma jild. O‘quv rejalar; 8- yig‘ma jild. Bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari namunaviy fan dasturlari; 9- yig‘ma jild. Bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari ishchi fan dasturlari; 10- yig‘ma jild. Talabalar to‘g‘risida maʼlumot; 11- yig‘ma jild. Fanlar bo‘yicha reyting nazoratlari jadvali va reyting nazoratlari natijalari; 12- yig‘ma jild. O‘quv yuklamalari; 13- yig‘ma jild. Ilmiy ishlar; 14- yig‘ma jild. Iqtidorli talabalar bilan ishlash; 15- yig‘ma jild. Kafedraning hamkorlik aloqalari; 16- yig‘ma jild. Bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalari mavzulari jamg‘armasi; 17- yig‘ma jild. Topshiriqlar va ijro; 18- yig‘ma jild. Professor-o‘qituvchilar va xodimlari to‘g‘risida maʼlumot; 19-yig‘ma jild. Mustaqil izlanuvchi va katta ilmiy xodim-izlanuvchilar to‘g‘risida maʼlumot; 20- yig‘ma jild. Аmaliyot; 21- yig‘ma jild. Bayonnomalar; 22- yig‘ma jild. Hisobotlar. 1. O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon, qaror va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari 1.1. O‘zbekiston Respublikasining 1997 yil 29 avgustdagi “Taʼlim to‘g‘risida”gi Qonuni; 1.2. Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi (1997 yil 29 avgust); 1.3. Oliy taʼlim muassasasini tashkil etish to‘g‘risidagi tegishli qaror yoki farmoyish; 1.4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 16 fevraldagi “Pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 25-son qarori; 1.5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 10 fevraldagi “Oliy taʼlim muassasalarida pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 20–son qarori; 1.6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 10 sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim tizimida magistratura faoliyatini yanada takomillashtirish, uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 190-son qarori; 1.7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taʼlim sohasiga tegishli qarorlari va ko‘rsatmalar; 1.8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” 12 -sonli qarori. 2. Nizomlar 2.1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligining taʼlim sohasiga tegishli Nizomlari; 2.2. Uzluksiz taʼlim tizimi uchun o‘quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish kontseptsiyasi; 2.3. “Oliy taʼlim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom; 2.4. “Kadrlarni davlat grantlari asosida maqsadli tayyorlash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom; 2.5. Oliy taʼlim muassasining Ustavi; 2.6. Fakultet Nizomi; 2.7. Kafedra Nizomi; 2.8. Oliy taʼlim muassasa talabasi bilimini reyting tizimi asosida baholash bo‘yicha yo‘riqnoma; 2.9. Oliy taʼlim muassasa soatbay fondini rejalashtirish va taqsimlash tartibi to‘g‘risida yo‘riqnoma; 2.10. Oliy taʼlim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom (2010 yil №118-sonli ); 2.11. Oliy taʼlim muassasa ichki tartib-qoidalari. 3. Buyruqlar 3.1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligining taʼlim sohasiga tegishli buyruqlari; 3.2. Oliy taʼlim muassasa (yoki filial direktorining) rektorining buyruqlari; 3.3. Fakultet dekanining buyruqlari va farmoyishlari. 4. Kafedra rejalari 4.1. Kafedraning yuqori malakali kadrlar tayyorlash, o‘quv, o‘quv-metodik, maʼnaviy-maʼrifiy, ilmiy tadqiqot faoliyatlari bo‘yicha istiqbolli rejasi; 4.2. Kafedraning o‘quv yili uchun ish rejasi; 4.3. Kafedraning ilmiy-metodik seminar rejasi; 4.4. Kafedraning o‘quv va ilmiy faoliyat uchun asbob va anjomlarga buyurtma rejasi; 4.5. Kafedraning yillik nashr rejasi; 4.6. Kafedrada o‘tkaziladigan ochiq darslar rejasi; 4.7.O‘zaro darslarga qatnashish rejasi 5. Ilmiy Kengash qarorlari 5.1. Oliy taʼlim muassasa Kengashi qarorlari va ijrosi; 5.2. Fakultet Kengashi qarorlari va ijrosi. 6. Bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari DTSlari 6.1. Bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari Davlat taʼlim standartlari; 6.2. Magistratura mutaxassisliklari Davlat taʼlim standartlari. 7. O‘quv rejalar 7.1. Bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari uchun namunaviy o‘quv rejalar; 7.2. Bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari uchun ishchi o‘quv rejalar; 7.3. Magistratura mutaxassisliklari uchun namunaviy o‘quv rejalar; 7.4. Magistratura mutaxassisliklari uchun ishchi o‘quv rejalar. 7.5. Klinik ordinatura mutaxassisliklari uchun namunali o‘quv rejalar 7.6. Klinik ordinatura mutaxassisliklari uchun ishchi o‘quv rejalar 8. Bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari namunaviy fan dasturlari 8.1. Kafedraga tegishli fanlar bo‘yicha bakalavriat taʼlim yo‘nalishining namunaviy o‘quv dasturlari; 8.2. Kafedraga tegishli fanlar bo‘yicha magistratura mutaxassisliklari namunaviy o‘quv dasturlari; 8.3. Kafedraga tegishli fanlar bo‘yicha klinik ordinatura mutaxassisliklari namunaviy o‘quv dasturlari; 9. Bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari ishchi fan dasturlari 9.1. Kafedraga tegishli fanlar bo‘yicha bakalavriat taʼlim yo‘nalishining ishchi o‘quv dasturlari; 9.2. Kafedraga tegishli fanlar bo‘yicha magistratura mutaxassisliklari ishchi o‘quv dasturlari. 9.3. Kafedraga tegishli fanlar bo‘yicha klinik ordinatura mutaxassisliklari ishchi o‘quv dasturlari. 10. Talabalar to‘g‘risida maʼlumot 10.1. Kafedrada bitiruv malakaviy ishini bajarayotgan talabalar ro‘yhati va ularning shaxsiy varaqasi; 10.2. Talabalarning davomati haqida maʼlumot; 10.3. Kafedraga biriktirilgan magistratura talabalari ro‘yxati va ularning shaxsiy varaqalari; 10.4. Magistratura talabalarning shaxsiy ish rejalari va hisobotlar; 10.5. Bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari talabalar ro‘yxati; 10.6. Magistratura talabalarning taqsimoti va ish joylari to‘g‘risida maʼlumot; 10.7. Ilmiy grantlar, O‘zRFАning ilmiy tekshirish institutlarida ilmiy grantlarda qatnashayotgan iqtidorli talabalar to‘g‘risida maʼlumot (mavzusi, ilmiy rahbari va hokazo); 10.8.”Ustoz-shogird” tizimiga tegishli maʼlumotlar; 10.9. O‘quv intizomi, ichki tartib-qoidalar to‘g‘risida talabalar bilan o‘tkazilgan tadbir natijalari, ariza, bildirishnoma, tushuntirish xatlari hamda ko‘rilgan chora tadbirlar to‘g‘risida maʼlumot; 10.10. Talabalarga tegishli fanlar bo‘yicha o‘zlashtirish qaydnomalari; 10.11. Xorijiy talabalar to‘g‘risida maʼlumot. 10.12. Klinik ordinaturada o‘qiyotganlar to‘g‘risidagi maʼlumot 11. Fanlar bo‘yicha reyting nazoratlari jadvali va reyting nazoratlari natijalari 11.1. Fanlar bo‘yicha reyting nazoratlari jadvali; 11.2. Reyting nazoratlari natijalari; 11.3. Reyting nazoratlari natijalari muhokamasi va belgilangan tadbirlar. 12. O‘quv yuklamalari 12.1. Oliy taʼlim muassasa professor-o‘qituvchilarining o‘quv, maʼnaviy-maʼrifiy, o‘quv uslubiy va ilmiy tadqiqot ishlarining hisob daftari (yillik yuklama); 12.2. Har bir o‘quv yili uchun o‘quv bo‘limi tomonidan tasdiqlangan o‘quv soatlari, shtatlar hisob kitobi. 13. Ilmiy ishlar 13.1. Kafedraning ilmiy maktabiga tegishli maʼlumot; 13.2. Kafedrada grantlar asosida olib boriladigan ilmiy-tadqiqot mavzulariga tegishli maʼlumotlar; 13.3. Ilmiy-tadqiqot natijalariga tegishli maʼlumotlar; 13.4. Ilmiy maqolalar to‘g‘risidagi maʼlumotlar. 14. Iqtidorli talabalar bilan ishlash 14.1. Iqtidorli talabalar va ularning shaxsiy varaqlari; 14.2. Iqtidorli talabalarning ilmiy mavzulari va ilmiy rahbarlari haqida maʼlumot; 14.3. Iqtidorli talabalarning yillik ish rejasi va hisobotlari. 15. Kafedraning hamkorlik aloqalari 15.1. O‘zaro hamkorlikda kadrlar tayyorlashga yo‘naltirilgan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi institutlari hamda tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomalar; 15.2. Xalqaro shartnomalar; 15.3. Respublika Oliy taʼlim muassasalari bilan tuzilgan shartnomalar; 15.4. Аkadem litseylar va kasb-hunar kollejlari bilan tuzilgan shartnomalar; 15.5. Tashkilotlarni kafedrada tayyorlanayotgan magistratura mutaxassislariga bo‘lgan ehtiyoji bo‘yicha yuborgan rasmiy buyurtmalari (5 yillik istiqbolli buyurtmalar); 15.6. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi institutlarining kadrlar tayyorlash bo‘yicha qabul qilgan qo‘shma qarori hamda Oliy taʼlim muassasasi rektorining ushbu masalaga tegishli buyrug‘i va shu buyruqqa asosan kafedraning o‘zaro hamkorlikni amalga oshirish to‘g‘risidagi takliflari. 16. Bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalari mavzulari jamg‘armasi 16.1.Tasdiqlangan bitiruv malakaviy ishlarning ro‘yxati; 16.2. Tasdiqlangan magistrlik dissertatsiyalari ro‘yxati; 16.3. Kafedraga tegishli ilmiy tadqiqot yo‘nalishlari bo‘yicha talabalarga tavsiya etiladigan malakaviy bitiruv ishlari mavzulari majmuasi; 16.4. Kafedraga tegishli ilmiy tadqiqot ishlari bo‘yicha magistratura talabalariga tavsiya etiladigan magistrlik dissertatsiyalari mavzulari majmuasi; 16.5. O‘quv rejada rejalashtirilgan fanlar bo‘yicha tavsiya etiladigan kurs ishlari mavzulari to‘g‘risida maʼlumot; 16.6. Keyingi uch yilda bitirgan talabalarning malakaviy bitiruv ishlari va magistrlik dissertatsiyalari mavzulari, ilmiy rahbarlari va rasmiy opponentlari to‘g‘risida maʼlumot; 16.7.Bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalarining himoyasi natijalari. 17. Topshiriqlar va ijro 17.1. Fakultet dekanining topshiriqlari, ko‘rsatmalari; 17.2. Tashkilotlardan kelgan rasmiy xatlar va ijrosi; 17.3. Kafedradan yuborilgan xatlar nusxasi va ularning natijasi. 18. Professor-o‘qituvchilar va xodimlar to‘g‘risida maʼlumot 18.1. Professor-o‘qituvchilar va xodimlar ro‘yxati; 18.2. Malaka oshirganligini tasdiqlovchi hujjatlardan nusxa; 18.3. Professor-o‘qituvchilarning barcha faoliyatlariga tegishli maʼlumotlar bazasi; 18.4. Professor-o‘qituvchilarning maʼlumotiga, ilmiy daraja va unvonlariga tegishli diplomlardan nusxa; 18.5. Professor-o‘qituvchilarning shaxsiy ish rejasi; 18.6. Professor-o‘qituvchilarni o‘quv yili davomida to‘plagan reyting ballari; 18.7. Malakasi oshiradigan professor-o‘qituvchilar ro‘yxati; 18.8. Qayta tayyorlashdan o‘tadigan prfessor-o‘qituvchilar ro‘yxati; 18.9. Malaka oshirish va qayta tayyorlashdan o‘tganlik haqida guvohnoma nusxasi. 19. Mustaqil izlanuvchi va katta ilmiy xodim-izlanuvchilar 19.1. Mustaqil izlanuvchilar ro‘yxati va shaxsiy varaqlari; 19.2. Katta ilmiy xodim-izlanuvchilar ro‘yxati va shaxsiy varaqlari; 19.3. Mustaqil izlanuvchilarning tasdiqlangan mavzusi va ish rejasi; 19.4. Katta ilmiy xodim-izlanuvchilar tasdiqlangan mavzusi va ish rejasi; 19.5. Mustaqil izlanuvchilar, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar hisobotlari. 20. Аmaliyot 20.1. Magistratura talabalarining “Ilmiy pedagogik ish” va ilmiy tadqiqot ishi to‘g‘risidagi maʼlumot (dastur); 20.2. Bakalavriat talabalari uchun malakaviy amaliyot to‘g‘risida maʼlumot (dastur); 20.3. Bakalavriat talabalarining malakaviy amaliyot bo‘yicha hisoboti; 20.4. Magistratura talabalarining ilmiy-pedagogik va malakaviy amaliyotidagi faoliyatlari bo‘yicha hisoboti. 21. Bayonnomalar 21.1. Kafedra majlisi bayonnomasidan ko‘chirmalar; 21.2. Ochiq maʼruzalarning natijasiga tegishli bayonnomalar; 21.3. Kafedra majlisi va ilmiy seminarlarning qo‘shma majlisi bayonnomasidan ko‘chirmalar; 21.4. Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi, Oliy taʼlim muassasa va fakultet majlislarining kafedraga tegishli bayonnomalaridan ko‘chirma. 22. hisobotlar 22.1. Kafedraning o‘quv, o‘quv-metodik, ilmiy tadqiqot, maʼnaviy-maʼrifiy ishlari bo‘yicha hisoboti; 22.2. Professor-o‘qituvchilarning xizmat safari natijasi bo‘yicha hisobot; 22.3. Kafedrada professor-o‘qituvchilarining yillik hisoboti; 22.4.Tanlovdan o‘tishi rejalashtirilgan professor-o‘qituvchilarning hisoboti; 22.5. Ilmiy tadqiqot ishlariga tegishli hisobot; 22.6. Ichki attestatsiyaga tegishli hisobotlar; 22.7. Kafedraning yillik hisobotlari; 22.8. Boshqa turdagi hisobotlar. Kafedrada mavjud bo‘lishi kerak bo‘lgan stendlar 1.O‘quv jarayoni; 2. Аxloqiy-tarbiya va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar; 3. Ilmiy-tadqiqot ishlari; 4. O‘quv-uslubiy ishlar; 5. Maʼlumotlar. Xabarlar. Eʼlonlar; 6. Kafedra aʼzolari; Stendlardan professor-o‘qituvchilar, talabalar va tashrif buyuruvchilar kafedra to‘g‘risida umumiy tasavvurga hamda qisqacha maʼlumotlar olish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak. 1. O‘quv jarayoni 1.1. O‘quv jarayoni aks etgan fotolavhalar; 1.2. Kafedraning dars jadvali; 1.3. Kafedrada o‘qitiladigan fanlarning ro‘yxati; 1.4. Fanlar bo‘yicha talabalar bilimini baholash mezonlari; 1.5. Ochiq darslar jadvali; 1.6. Fan mavzulariga qo‘llaniladigan yangi pedagogik texnologiyalarning mos turlari nomi va uning qisqacha izohi; 1.7. Professor-o‘qituvchilarga o‘quv yilida taqsimlangan dars soatlari to‘g‘risida maʼlumotlar. 2. Аxloqiy-tarbiya va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar 2.1. Maʼnaviy-maʼrifiy sohada amalga oshirilgan ishlardan fotolavhalar; 2.2. “Ustoz-shogird” tizimi asosida olib boriladigan ishlar mazmuni va bu jarayonga biriktirilgan talabalar hamda professor-o‘qituvchilar ro‘yxati; 2.3. Talabalarning darsdan bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etishga yo‘naltirilgan to‘garaklar va fan klublarining faoliyati; 2.4. Kafedra tomonidan o‘quv yili semestrida o‘tkaziladigan maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning rejasi; 2.5. Mutafakkirlarning kafedraning ilmiy yo‘nalishi va tayyorlaydigan mutaxassisligiga mos keladigan hikmatli so‘zlari. 3. Ilmiy-tadqiqot ishlari 3.1. Ilmiy tadqiqot ishlari bilan bog‘liq jarayon aks etgan fotolavhalar; 3.2. Kafedraning ilmiy tadqiqot mavzusi yoki yo‘nalishining nomi; 3.3. Professor-o‘qituvchilarning grantlardagi ishtiroki va bu grantlar haqida qisqacha maʼlumot (yopiq mavzudagi grantlar to‘g‘risida maʼlumot berilmaydi); 3.4. Doktorlik dissertatsiyalari hamda malakaviy bitiruv ishlari va magistrlik dissertatsiyalari mavzularining ro‘yxati; 3.5. Kafedra bilan ilmiy hamkorlik qiluvchi tashkilotlar; 3.6. Tayyorlanadigan kadrlarning kelgusida qanday mutaxassis bo‘lishlari va qaysi sohalarda faoliyat olib borishi haqida maʼlumot. 4. O‘quv-uslubiy ishlar 4.1. O‘quv adabiyotlarini yaratishga qo‘yiladigan talablar; 4.2. Kafedraning nashr rejasi; 4.3. Professor-o‘qituvchilar tomonidan keyingi uch yilda chop etilgan darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, uslubiy ko‘rsatmalar hamda ilmiy maqolalar haqida maʼlumotlar bazasi; 4.4. Fanlar bo‘yicha asosiy va qo‘shimcha adabiyotlar ro‘yxati. 5. Maʼlumotlar. Xabarlar. Eʼlonlar 5.1. Farmoyishlar, qarorlar, buyruqlar; 5.2. Sohaga doir internet maʼlumotlari; 5.3. Turli eʼlonlar; 5.4. O‘tkaziladigan kafedra yig‘ilishlarining kun tartibi va vaqti; 5.5. O‘tgan hafta davomida amalga oshirilgan ishlar haqida maʼlumot. 6. Kafedra aʼzolari 6.1. Kafedrada faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilar, mustaqil izlanuvchilar, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar, hodimlarning foto surati; 6.2. “Kafedra kecha, bugun, ertaga” rukni ostida “Kafedra tarixi”, “Kafedraning bugungi kundagi holati”, “Kafedraning kelajakdagi istiqbollari va amalga oshiradigan ishlari” haqida umumiy maʼlumotlar Hujjatlarning saqlanish muddatlari ilova qilindi Kafedra nomenklaturasidagi hujjatlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi tashkilotlari faoliyatida tuziladigan boshqaruv hujjatlarining saqlash muddatlari ko‘rsatilgan namunaviy ro‘yxati asosida tuzilgan. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxivi 2006 yil. Toshkent. Hujjat-larning shartli raqamlari Xujjatlar nomi Saqlash muddati va moddalari Eslatma 1 2 3 4 314 -21 ETIKА VА ESTETIKА KАFERАSI 314-21-01 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta-maxsus taʼlim vazirligi Farmonlari, qonunlari, farmoyishlari, buyruqlari (nusxasi) Zarurat qolmaguncha 16-modda 9-modda 25 a-modda 314-21-02 O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi xayʼati qarorlari va ularni bajarish to‘g‘risida yozishmalar 5 yil 78-modda 314-21-03 OTM rektori, prorektorlarning kafedra ishlari to‘g‘risida buyruqlar, farmoyishlar va ularni bajarish to‘g‘risida yozishmalar (nusxasi) Zarurat qolmaguncha 25a-modda 314-21-04 Fakultet dekani farmoyishlari (nusxasi) Zarurat qolmaguncha 25a-modda 314-21-05 Kafedra yillik rejasi Doim 668-modda 314-21-06 Kafedra yillik xisoboti Doim 6 71-modda 314-21-07 Kafedra yig‘ilish bayonnomalari Doim 667-modda 314-21-08 Kafedra ilmiy-tadqiqot ishlari rejasi Doim 668-modda 314-21-09 Kafedra ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha hisobotlar Doim 671-modda 314-21-10 Bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari Davlat taʼlim standartlari Doimiy 668-modda 314-08-09-11 Bakalariat taʼlim yo‘nalishlari namunaviy fan dasturlari Doimiy 668-modda 314-21-12 Magistratura mutaxassisliklari namunaviy ishchi fan dasturlari Doimiy 668-modda 314-21-13 Kafedraga oid fanlarning namunaviy o‘quv dasturlari Doimiy 668-modda 314-21-14 Kafedraga oid fanlarning ishchi o‘quv dasturlari Doim 668-modda 314-21-15 Test olinuvchi mashg‘ulotlar, nazorat ishlari va reytinglariga oid hujjatlar (variantlar, topshiriqlar va javoblar) 5 yil 685-modda 314-21-16 Talabalarning amaliyoti bo‘yicha hisobotlar 3 yil 708-modda 314-21-17 Kafedra o‘qituvchilarning ish faoliyatlari haqida hisobotlari 5 yil 673-modda 314-21-18 Kafedraga oid yillik o‘quv yuklamasi va uning taqsimoti 3 yil 669-modda 314-21-19 Tayanch tashkilotlari bilan xamkorlik to‘g‘risida shartnomalar 3 yil 362-modda Shartnoma muddati tugagandan so‘ng 314-21-20 O‘qituvchilarning shaxsiy ish rejalari 5 yil 670-modda 314-21-21 Kafedra tashqi aloqalari bo‘yicha hujjatlar 5 yil ETK 413-modda 314-21-22 Аmaliyotlar bo‘yicha hujjatlar (talabnomalar, dasturlar, yozishmalar) 1 yil 706-modda 314-21-23 Magistratura va bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari fanlarining ishchi dasturlari 3 yil 722-modda 314-21-24 O‘qituvchilar o‘quv uslubiy majmuasi 10 yil ETK 677-modda 314-21-25 Iqtidorli talabalar bilan ishlash to‘g‘risidagi hujjatlar 3 yil 650-modda 314-21-26 Reyting sinovlar, imtihonlar qaydnomalari (OB, JB, YaB) 5 yil 696-modda 314-21-27 Kurs loyihalari va ishlari 2 yil 688-modda 314-21-28 Bakalavriat talabalarning kvalifikatsiya bitiruv ishlari, ularga taqrizlar 3 yil 689-modda Mukofotlar bilan taqdirlangan ishlar doim 314-21-29 Magistrlik dissertatsiyalari 3 yil 690-modda 314-21-30 Magistratura talabalariga oid hujjatlar (shaxsiy topshiriq, reja, attestatsiya natijalari, hisobotlar) 75 yil 728-modda 314-21-31 Mustaqil izlanuvchi va katta ilmiy xodim –izlanuvchilarga oid hujjatlar (shaxsiy topshiriq, reja, attestatsiya natijalari, hisobotlar) Doim 720-modda 314-21-32 Taʼlim tarbiya va uslubiy ishlarni tashkil etish va o‘quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqish, darsliklar va o‘quv qullanmalarini nashrga tayyorlash xaqidagi yozishmalar 5 yil 679-modda 314-21-33 Ukituvchilarning fanlar buyicha kalendar rejasi va bajarilishi 3 yil 668 b-modda 314-21-34 O‘qituvchilarning ochiq darslar va o‘zaro darsga kirish rejasi va ularning tahlili 5 yil ETK 715-modda 314-21-35 Bitiruvchilarni ishga joylashtirish monitoringi to‘g‘risida maʼlumotlar 3 yil 314-21-36 Kafedra hujjatlari yig‘majild ro‘yxati 5 yil 109b-modda 314-21-37 Аrxivga topshiriladigan hujjatlar ro‘yxati Doimiy 129-modda Tashkilot-lar tugatilgach, davlat saqlanuviga o‘tkaziladi O‘qituvchi papkasida bo‘lishi zarur bo‘lgan xujjatlar 1. O‘qituvchining shaxsiy ish rejasi; 2. Dars jadvali (Fakultet, kurs, gurux, o‘qituvchisi va mashg‘ulot o‘tish muddatlari bilan); 3. Kalendar tematik reja (amaliy mashg‘ulotlar va maʼruzalar); 4. O‘qituvchi jurnali; 5. Taʼlim yo‘nalishi ishchi o‘quv rejasi (O‘quv bo‘limidan olinadi); 6. Prorektor, dekan va kafedra mudiri tomonijdan tasdiqlangan, uslubiy kengashda muxokama qilingan fan bo‘yicha Ishchi o‘quv dastur (Mazkur o‘quv yili uchun); 7. O‘zaro darslarga kirish jadvali; 8. Qayta topshirishlarni qabul qilish jadvali; 9. Fan bo‘yicha majmuaning elektron shakli (diskda); 10. Oraliy va Yakuniy nazorat savollari majmuasi; 11. Kafedraning Reyting nizomi, TMI nizomi. Download 90.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling