2-Mavzu: Buxgalteriya hisobini tashkil eti shva unga quyiladigan talablar. Reja
Buxgalteriyada ishni tashkil qilish
Download 28.11 Kb.
|
2-Mavzu Buxgalteriya hisobini tashkil eti shva unga quyiladigan-fayllar.org
2.3. Buxgalteriyada ishni tashkil qilish.
Buxgalteriya hisobi ma`lumotlarini hozirgi zamon talabiga to`liq javob berishini ta`minlashni yana bir omili, buxgalteriya hisobi bo`limi xodimlarini ish joylarini oqilona tashkil etish hisoblanadi. Buxgalteriyada xodimlar ish joyini oqilona tashkil etilishi, birinchidan, mehnat unumdorligini oshishiga, ikkinchidan, xodimlarni sog`ligini saqlashga, uchinchidan, ortiqcha xarajatlar kamayishiga yordam beradi. Buxgalteriya hisobi xodimlarini ish joyini oqilona tashkil etishda qo`yidagilarga ahamiyat berish kerak bo`ladi: xodimlarni yorug, xonalar va kerakli anjomlar bilan ta`minlanganligiga; buxgalteriya bo`limi xodimlarini asosiy faoliyatlari ish joylarida amalga oshirilishiga (hisob xodimining bittasiga belgilangan maydon meyori besh kvadrat metrdan to`qqiz kvadrat metrgacha); xodimlarni buxgalteriya hisobi qaysi bo`limida ishlashiga ko`ra ish joyi ta`yinlanganiga. Masalan, bosh buxgalter va uning o`rinbosarlariga hamda, moddiy javobgar shaxslar, mijozlar bilan muloqotda bo`ladigan buxgalteriya hisobi xodimlariga alohida xonalar ajratilishi kerak. Sababi, buxgalteriya bo`limi boshqa xodimlarni mehnat unumdorligiga shovqinlar (telefon bilan so`zlashuvlar, mijozlar bilan muloqotlar) salbiy ta`sir etishi mumkin. Xodimlarni xona ichida ish joyini tashkil etayotganda, hujjatlarni qayta ishlash ketma-ketligini yoki xodimlarni ish faoliyatidagi o`zaro aloqadorligini hisobga olmoq kerak. Xodimlar ish joyini oqilona tashkil etishda texnikalar (komp`yuter, printer, faks, telefon va boshqalar)ni joylashishini ham e`tiborga olmoq kerak. Xodim ish stoli tomonida qayta ishlash tarkibiga ko`ra joylashgan holda qo`yilishi lozim. Stolning o`ng tomonida esa, qayta ishlangan hujjatlar turishi, buxgalteriya bo`limi xodimi ish faoliyati samaradorligini oshishi omillaridan biri hisoblanadi. Xo`jalik yurituvchi ob`ektlar menedjment, marketing bo`limi xodimlari uchun kerakli ma`lumotlarni tez va to`g`ri uzatilishi ham ish joyini oqilona tashkil etilishiga bevosita bog`liqdir. Download 28.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling