2-mavzu. Davlat qarzi nazariyasi


Download 0.62 Mb.
bet19/34
Sana23.10.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1717183
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   34
Bog'liq
Davlat qarzi nazariyasi

Fiskal konservatizmi
Hozirgi davrda ko‘pgina mualliflar bir vaqtlar Adam Smit tomonidan ifodalab berilgan soliqqa tortish tartib-qoidalarini tez-tez esga oladilar. Soliqlar – 1) adolatli, ya’ni soliq to‘lovchining boyligiga mutanosib; 2) aniq va asosli; 3) to‘lash uchun qulay; 4) ma’muriy boshqarishda tejamli bo‘lishi lozim. A.Smit davlat qiyofasida iqtisodiy tartib-qoidalarni buzadigan qo‘pol kuchni ko‘radi va o‘z qoidalari yordamida uni jilovlamoqchi bo‘ladi. A.Smit tasavvurida soliqlar davlat uchun yagona pul manbai bo‘lishi lozim, shu sababli davlat soliqdan boshqa hech narsaga ega bo‘lmasligi uchun davlatning har qanday mulkka ega bo‘lmasligini maslahat beradi. Soliqdan boshqa hech narsa – bu “sog‘lom moliya”ning 1-qoidasi.
Davlat klassik modelning fiskal zohidligiga hech qachon qo‘shilmagan. Davlat faqat soliq undiribgina qolmaydi, qarz oladi, pul bosib chiqaradi, ayni paytda ulkan mulk egasi ham. Davlat mulkining nisbiy miqdorlari qanchalik bo‘lishidan qat’i nazar, iqtisodchilar soliqlarni davlat daromadlarining birlamchi, qarzlar va pul emissiyasini ikkilamchi manbai deb hisoblaydilar. Ba’zan, soliqlarni davlat moliyasining jo‘n vositalari, qarzlar va pul emissiyasini – davlat moliyasining favqulodda g‘ayriodatiy vositalari deb nomlaydilar. Ko‘pgina mamlakatlarning fiskal konventsiyalarida soliqlar bekorga daromad turi tarzida, qarzlar – defitsitni moliyalashtirish manbai tarzida belgilanmagan, ammo pul emissiyasiga bu ma’noda o‘rin berilmagan, chunki Markaziy bank tomonidan davlatni bevosita kreditlash va hatto davlat qimmatli qog‘ozlarini birlamchi bozorda sotib olish yo‘li bilan yashirin kreditlashi – bular eng keyin sodir bo‘ladigan ishlardir.
Agar misol tariqasida Buyuk Britaniyani oladigan bo‘lsak, A.Smit davrida ham 1-qoida va u bilan doimo birga yuradigan 2-qoida “temir” qoidalar bo‘lmagan. Agar unga AQShni va Evropa davlatlarini qo‘shadigan bo‘lsak (dunyoning boshqa mamlakatlari haqida gapirmaganda ham) ularga rioya qilishdan ko‘ra ushbu qoidalardan chekinish ko‘rinishidagi qoidalar amal qilgan. Ikkinchi jahon urushiga qadar faqat Buyuk Britaniya juda ulkan qarzlar bo‘yicha davlatni defoltdan asrab qolishga kuchi etadigan siyosiy tuzum va soliq tizimiga ega bo‘lgan yagona mamlakat edi. Manfaatlari doirasi global bo‘lgan Buyuk Britaniyagina defolt tufayli xalqaro ishonchning inqiroziga yuz tutishiga qat’iy salbiy munosabatda bo‘lib kelgan. Shuning uchun ham Buyuk Britaniyadan boshqa biror mamlakatda bu qadar nufuzli iqtisodchilar yashab o‘tmagan.
Keyingi o‘n yilliklarda 1-qoidaga tobora yumshoq byudjet cheklovi tariqasida qaray boshladilar. Bu davlat daromadiga defitsitni moliyalashtirish manbalaridan tushumlar ham rasman kiritilganligini, muvozanatlangan byudjet – Charlz Bastebl iborasi bilan aytganda “davlat iqtisodiyotining ideal holati”, uzoq yillar davomida erishiladigan maqsad ekanligini anglatadi va “soliqlardan boshqa hech narsa” klassik shioridan keskin chekinishidan boshqa narsa emas. “Sog‘lom moliya” va sog‘lom iqtisodiyot ayni bir narsa emasligi ayon narsa. Qonun maqomiga ko‘tarilgan 1-qoida antitsiklik byudjet siyosatini “sehrli yolg‘on”ga aylantiradi, chunki iqtisodiyot qanday holatda ekanligidan qat’i nazar, byudjetni har yili muvozanatlashga to‘g‘ri keladi, bu esa juda muammoli masala. Ishlab chiqarish faolligi pasaygan paytda soliq tushumlari qisqaradi, xarajatlar, ayniqsa ijtimoiy ehtiyojlarga xarajatlar ko‘payadi va defitsit o‘z-o‘zidan kengayadi. 1-qoidaga amal qilgan davlat soliqlarni oshirish va xarajatlarni qisqartirmoqg‘i lozim. Bunday harakat keynschilikka amal qilib, iqtisodiyotni barqarorlashtirish uchun tanlanishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlarga tamomila teskari. 1-qoida retsessiyani yaqinlashtiradi va chuqurlashtiradi, davlatga qarz olish yo‘li bilan jami talabni oshirishga imkoniyat bermaydi. Boshqacha aytganda, u ishlab chiqarish faolligining tabiiy tsiklini tezlashtiradi. Shu sababli uni tsikllar tarafdori deb atash to‘g‘ri bo‘ladi. Defitsitni qisqartirish bo‘yicha qat’iy choralar qo‘llashni taklif qiladigan ko‘pgina iqtisodchilar 1-qoidani qonun maqomiga ko‘tarishga qarshilik qiladilar.
1-qoida qoplanishi uzoq muddatli bo‘lgan davlat investitsiyalarini haddan ortiq cheklaydi. Byudjetning nolli yoki qisman profitsitli saldosi kapital xarajatlar asosan joriy daromadlar (soliqlar) bilan moliyalanishi lozimligini bildiradi. Bu investitsiya loyihalari uchun xarajatlarni ulardan naf ko‘radigan soliq to‘lovchilar avlodlari o‘rtasida taqsimlashga yo‘l qo‘ymaydi. Bundan ikki natijani kutish mumkin:

  • Kechikkan naf va joriy daromadlar hamda joriy xarajatlar o‘rtasida katta farqlar bo‘lishi davlatning uzoq muddatli yirik loyihalarga qiziqishini yo‘qotadi;

  • Qiziqish ayniqsa defitsit qisqargan paytlarda tez so‘nadi: yuqorida eslatilgan farq investitsiyalar o‘zgarmas, doimiy bo‘lganda ortib boradi va qarzning kamayishi bilan foiz xarajatlarining qisqarishi defitsitning qisqarishiga teng bo‘lganiga qadar davom etadi.

1-qoida xazinaga pul oqimi kelishini qiyinlashtirib va hatto nomahsul soliq imtiyozlarini tugatib, soliq siyosatini davlat apparati bilan yaxshi aloqalari bo‘lgan boylar foydasiga o‘zgartiradi, qarzga xizmat ko‘rsatish chiqimlarini va u bilan birga ortiqcha soliq yukini ko‘paytiradi. 1-qoida mustaqil defolt xatarini oshiradi, ijroiya hokimiyatga qonun chiqaruvchi hokimiyatdan qarz mablag‘larning yillik limitini oshirishni talab qilish imkoniyatini bermaydi yoki uning tartiblarini juda murakkablashtiradi. Bu e’tirozlarga asoslanib 1-qoida faol byudjet siyosatiga “e’tiqodli” davlat uchun “tiydirish ko‘ylagi” vazifasini bajaradi.
1-qoida haqida aytilgan fikrlar 2-qoida uchun ham taalluqli. Saqlov fondi maxsus qonunga ko‘ra profitsit pullaridan shakllangan, qarzni qaytarish va u bilan bog‘liq chiqimlarni qoplashda foydalanilgan. Qiymati to‘langan davlat qimmatli qog‘ozlari darhol bekor qilingan. Navbatdagi qarzning bir miqdorini qaytarish uchun pul etmay qolgan taqdirda defitsit byudjetning boshqa vositalari bilan qoplangan. Va aksincha, agar qarz daftarida navbatdagi to‘lov nazarda tutilmagan bo‘lsa hali muddati kelmagan davlat qimmatli qog‘ozlari puli qaytarilgan. Agar muddatidan oldin qaytarilganda ham fondda pul qoladigan bo‘lsa, ular ishonchli, likvidligi yuqori aktivlarga qo‘yilma qilingan. Oshkoralik va nazorat yaxshi bo‘lishi uchun fond byudjet hisobining alohida hisobvarag‘i (schet)da hisobda turgan. Fondni oliy davlat amaldorlaridan tuzilgan komissiya boshqargan. Klassiklar Saqlov fondini qarzni avtomatik uzadigan mexanizm tarzida tasavvur qilganlar. Qarz qanchalik katta bo‘lmasin, qarzni uzishga atab saqlab qo‘yilgan pullar kreditorlar bilan to‘liq va o‘z vaqtida hisob-kitob qilishga etarli bo‘lmog‘i lozim edi.
Bizning zamonimizda ayrim hukumatlar byudjetdan ortgan mablag‘larni qarzni qaytarish maqsadlarida yoki umuman “qora kunga” (“har ehtimolga qarshi”) atab maxsus fondlarga o‘tkazmoqda. Masalan, bular – Kanada favqulodda rezervi, Italiya saqlov fondi, Norvegiya Hukumat neft fondi va Rossiya Barqarorlashtirish fondi (2007 yili undan Rezerv fondi ajralib chiqqan) shular jumlasidan. Norvegiya va Rossiyaga nisbatan bu fond qimmat neft eksporti soliqlaridan to‘ldirib borilayotgani sababli nisbatan juda katta. Rossiya Moliya vazirligi ma’lumotnomasiga ko‘ra Barqarorlashtirish fondining asosiy vazifasi “...neft narxlari bazaviy narxdan arzonlashib ketgan hollarda federal byudjet muvozanatini ta’minlashdan iborat”.
Saqlov fondining ijobiy institut sifatidagi yagona afzalligi shundaki, davlat bu fondga qonun bilan belgilangan summani o‘tkazishga majbur. Ammo bu afzallik ham to‘g‘ri, ham ko‘chma ma’noda davlatga arzon tushmaydi. Birinchidan, davlat fondni, uning nazoratchilari, agentlarini saqlash xarajatlarini ko‘taradi. Fondga boshqa tushum yo‘qligi sababli defitsitli va muvozanatlangan byudjet sharoitlarida bu ancha mushkul ish. Ikkinchidan, odatda fond muddati o‘tgan da’volarni (talablarni) qondirish uchun juda kamlik qiladi, natijada defitsitni qoplashga davlatning o‘zi majbur bo‘ladi. Uchinchidan, fonddan o‘zga maqsadlarda, masalan, yangi qarz olishda garov tarzida foydalanish mumkin. Saqlov fondiga qarzni avtomatik uzish mexanizmi deb ishonish uydirmaga, yolg‘on-yashiqqa asoslangan. To‘rtinchidan, profitsitni va davlat daromadlarini aholi daromadlari zarari hisobiga oshirish saqlov fondning muhim amaliy samarasi hisoblanadi. Beshinchidandan, Rossiya Barqarorlashtirish fondi xususida bo‘lib o‘tgan munozaralarning ko‘rsatishicha, aholi davlatning bunday “qiliqlari”ga beparvo, nima sababdan profitsitni pasaytirilgan soliqlar va/yoki ko‘payib ketgan xarajatlar hisobiga o‘tkazib bo‘lmasligini tushunmay hayron.
Balki shu sababdan ko‘pgina hukumatlar profitsit pullarini maxsus fondlarga o‘tkazmay, qarzni uzishga sarflaydilar. Fond yoki fondsiz qarzdan qutilishning yagona yo‘li – chiqimdan ko‘ra kirimning ko‘proq bo‘lishi. Yaxshi tashkil etilgan moliya tizimida profitsit qarzni uzishga yo‘naltiriladi, bu ishni yana takrorlash qarzdan tamomila xalos bo‘lishga ishonchni yaratadi. Davlatga bunday “xalos bo‘lish” zarurmi? Bu endi boshqa masala.

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling