2-mavzu. Davlat qarzi nazariyasi


– MAVZU. DAVLAT XARAJATLARINI QARZ OLISH YO‘LI BILAN MOLIYALASHTIRISH SABABLARI


Download 0.62 Mb.
bet18/34
Sana23.10.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1717183
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   34
Bog'liq
Davlat qarzi nazariyasi

7 – MAVZU. DAVLAT XARAJATLARINI QARZ OLISH YO‘LI BILAN MOLIYALASHTIRISH SABABLARI

Endi turli-tuman nazariyalar ijod qilinadigan “akademiklar” muhitidan hukmron siyosatchilar va professional davlat xizmatchilari (mansabdorlar, to‘ralar) tomonidan byudjet moddama-modda taqsimlanadigan, “sahifalanadigan” davlat apparatiga ko‘chamiz. Byudjet taqsimotchilari uchun dasturulamal – fiskal nazariyasi bo‘yicha asarlar to‘plami emas, balki Byudjet kodeksi hisoblanadi. Hujjatlar aylanmasi, byurokratik sansonlarlik va joriy iqtisodiy muammolar ham aqlli kitoblarni o‘qishga vaqt qoldirmaydi. Byudjet jarayonida “akademiklar”ning xorg‘in ovozlari (agar shunday ovoz chiqsa) bevosita yoki lobbistlar yordamida byudjetdan laqqa bo‘lak olish ilinjida kurashayotganlar shovqinida ohista so‘nadi. Ha, fiskal amaliyoti fiskal nazariyasidan ancha farq qilishi mumkin.


Hatto makroiqtisodchilar ham o‘z mashg‘ulotlaridan amaliy naf kamligini e’tirof etadilar. “Achinarli haqiqat shundaki, oxirgi o‘ttiz yil davomidagi makroiqtisodiy tadqiqotlar pul va fiskal siyosatni amaliy tahlil qilishga kam ta’sir ko‘rsatdi, hokimiyatdagi siyosatchilarning zamonaviy makroiqtisodiy tahlildan kam foydalanayotgani uning prima facie – asosiy vosita tarzida bu maqsadlar uchun yaroqsizligini ko‘rsatadi”27.
Unda davlat arboblari qarzga pul olish va qarzlar to‘g‘risida qarorlar qabul qilishda nimalarga amal qiladilar? Axir hamma joyda va ko‘plab qarz oladilar-ku!
Qarzning iqtisodiyotga uzoq muddatli ta’sirini ijobiy baholab bo‘lmasligi ayon bo‘lsa-da, baribir hamma joyda va juda katta hajmlarda qarz oladilar. Qarz olish yo salbiy (standart paradigma) yoki hech qanday (rikardocha ekvivalentlik) ahamiyatga ega emas. Balki, qarzga pul olishning soliqlar va pul emissiyasiga qaraganda biron-bir afzallik tomoni bordir.
Davlat o‘z byudjetini tuzar ekan, dastlab xarajatlarni belgilaydi, so‘ngra ularni moliyalashtirish manbalarini tanlaydi va izlaydi. Hamma joyda va birinchi navbatda soliqlar asosiy manba hisoblanadi. Masalan, 2007 yil mart oyida Rossiya hukumati jami daromadlarining 91% ini soliqlar tashkil etgan. Ammo aksariyat hollarda jami chiqim dasturini bajarish uchun daromadlar etmay qolishi ma’lum bo‘lib qoladi. Shunda davlat:

  • daromad bo‘yicha defitsitga yo‘l qo‘ymaslik uchun xarajatlarni qisqartirishi;

  • xarajatlarni qisqartirmaslik uchun soliqlarni ko‘proq yig‘ishi;

  • xarajatlarni qisqartirmaslik uchun soliqlarga tegmay, defitsitni boshqa manbalar mablag‘laridan qoplashi mumkin.

-jadval. “sog‘lom moliya” va “funktsional moliya”ga havolalar



1. Fiskal konservatizmi

“Sog‘lom moliya”ning 1-qoidasi: tinchlik vaqtida muvozanatlangan, yaxshisi bir qadar profitsitli byudjetga ega bo‘lish.

  1. Ortiqcha soliq yuki

“Sog‘lom moliya”ning 2-qoidasi: profitsitni qarzni to‘lash fondida jamlash.
“Sog‘lom moliya”ning 3-qoidasi: favqulodda, kutilmagan xarajatlarni qarzga pul olib moliyalashtirish.
“Sog‘lom moliya”ning 5-qoidasi: urushlarni pul emissiyasi bilan moliyalashtirish.

  1. Davlat moliyasining “oltin qoidasi”

“Sog‘lom moliya”ning 4-qoidasi: joriy xarajatlarni soliqlar, kapital xarajatlarni qarzlar hisobidan moliyalashtirish.

  1. Pul emissiyasi o‘rniga qarzlar

“Sog‘lom moliya”ning 7-qoidasi: inflyatsiyani so‘ndirish uchun daromaddorligi musbat bo‘lgan davlat qimmatli qog‘ozlarini chiqarish.

  1. Qisqa muddatli muvozanatlanish

“Sog‘lom moliya”ning 6-qoidasi: depressiyalar davrida xarajatlarni pul emissiyasi bilan moliyalashtirish.
“Funktsional moliya” tamoyillari.

Defitsitga yo‘l qo‘ymaslik uchun xarajatlarni qisqartirish mumkin emas degan farazga tayanamiz. Bu qarz pul olishni soliqlar va pul emissiyasining muqobili tarzida tasavvur etishga imkoniyat yaratadi. Qarz puli, soliqlar va pul emissiyasidan birini tanlashni iqtisodiy nazariyaning “sog‘lom moliya”, “funktsional moliya” va boshqa normativ qoidalar nuqtai nazaridan, ularga qiyosan ko‘rib chiqamiz va bu tartib-qoidalar byudjet tuzuvchilaiga asqotadi deb o‘ylaymiz.



Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling