2-mavzu. Davlat qarzi nazariyasi


To‘liq bo‘lmagan moliya bozori


Download 0.62 Mb.
bet25/34
Sana23.10.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1717183
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   34
Bog'liq
Davlat qarzi nazariyasi

To‘liq bo‘lmagan moliya bozori
To‘liq bo‘lmagan bozor tovarni etkazib berish xarajatlari fuqarolar sotib olishga tayyor narxlardan past bo‘lgan, ammo shunga qaramay shu tovar sotilmaydigan bozordir. To‘liq, mukammal bozor tizimi har bir tovarning o‘z bozori bo‘lishini va investorlar uchun bozor operatsiyalarining aniq natijalariga umid bog‘lashga keng imkoniyatlar yaratilishini nazarda tutadi. Bizga taalluqli mavzu bo‘yicha olganda agar bozor bexatar daromaddorlikdagi aktivlarni sotuvga qo‘ya olmasa noto‘liq hisoblanadi.
Faqat davlat markaziy banki investorlarga pulni qaytarish davlat kafolatlariga ega, buning ma’nosi shuki, faqat davlat pulni bosib chiqarishi, kreditorlar oldidagi o‘z majburiyatlarini bajarish uchun soliqlarni oshirishi mumkin. Shu sababli davlat qimmatli qog‘ozlarining daromaddorligi boshqa emitentlarning qimmatli qog‘ozlari bexatar daromaddorligiga etalon vazifasini bajaradi. Ularning bo‘lishi kapitalning haqiqiy narxini aniqlashni va shu bilan kapitalni uning iste’molchilari o‘rtasida samarali taqsimlashni osonlashtiradi.
Birinchi navbatda to‘liq moliya bozori davlatning o‘zi uchun kerak. Bunday bozor qarzining yirik qismlarini uni qayta moliyalashtirish va o‘stirish tartibida tez hamda arzon joylashtirish, qarzni mohirlik bilan boshqarish imkoniyatlarini beradi. Bundan tashqari, bu bozor byudjet ortiqchaligini likvidligi baland bexatar aktivlarga qo‘yish imkoniyatini ham yaratadi. Angliya hukumati o‘z saqlov fondining bo‘sh qolgan qoldiqlarini Frantsiya aktivlariga joylashtirgan paytdan boshlab profitsit pullarini investitsiyaga qo‘yish qoidasi birinchi darajali suveren qarz oluvchilarning bozor obligatsiyalarini sotib olishni nazarda tutadi. Bunday davlat qimmatli qog‘ozlarini tezda sotish va narxlarda unchalik zarar ko‘rmaslik mumkin, chunki ular uchun likvid va samarali bozor mavjud.
To‘liq bozor markaziy bankka ham kerak. Bu bozor davlat qimmatli qog‘ozlaridan pul siyosatiga muvofiq foydalanish imkoniyatini beradi. Markaziy bank tijorat banklaridan juda ko‘p davlat qimmatli qog‘ozlarini sotib olib va o‘z portfelidan juda ko‘p davlat qimmatli qog‘ozlarini sotib (bu oldi-sotdi ochiq bozoridagi operatsiyalar deb ataladi), banklar rezervlarini boshqarishi va pul holatiga tezkor aralashishi mumkin37. “O‘tish davri iqtisodiyotiga ega bo‘lgan ko‘pgina mamlakatlarda moliya bozorlari juda kichik, Rossiyada esa bu bozorni keyingi yillarda gurkirab o‘sganligiga qaramay, ilgarigidek unchalik katta emas deb hisoblash mumkin. Bunday ahvol ochiq bozordagi operatsiyalarning amaliy natijalarini cheklaydi”38 deb shikoyat qiladi Rossiya banki mutaxassislari.
Davlat qimmatli qog‘ozlarining likvidligi va bexatarligi markaziy va tijorat banklari, pensiya fondlari, sug‘urta kompaniyalari kabi muassasalarning investorlari uchun g‘oyat muhim. Davlat qimmatli qog‘ozlari ko‘pgina diversifikatsiyalangan qimmatli qog‘ozlar portfellarining muhim komponenti hisoblanadi. Bundan tashqari, davlat qimmatli qog‘ozlari qog‘ozlarni garovga qo‘yib, arzon moliyalashtirishni amalga oshiradigan repo-bozor (repo – qimmatli qog‘ozlarni muayyan muddatda qaytarib olish sharti bilan sotish) hamda shu davlatga xatarlarni boshqarish imkoniyatini beradigan moliya derivatlari (derivat – qimmatli qog‘ozlar, valyutalar kurslariga asoslangan shartnoma) bozori mavjud bo‘la olmaydi. Shunday qilib, davlat qimmatli qog‘ozlari emissiyasi to‘liq moliya bozoriga ega bo‘lish zarurligiga asoslanadi. Bu emissiya hatto davomli va yirik profitsit davrlarida, “shaxsan” davlatga o‘z qimmatli qog‘ozlari faqat yig‘ilib qolgan qarzlarini qayta moliyalashtirish uchun kerak bo‘ladigan hollarda ham to‘xtamaydi.

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling