2-mavzu. Duradgorlikda ishlatiladigan yog‘och turlari va xossalari


Download 1.44 Mb.
bet5/8
Sana13.01.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1090764
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1.1-mavzu

Issiqlik о‘tkazuvchanlik.Yog‘ochning issiqlik о‘tkazish qobiliyatiga issiqlik о‘tkazuvchanlik deyiladi.Yog‘och boshqa materiallarga qaraganda issiqlikni yomon о‘tkazadi.
Yog‘och daraxtni hosil qiluvchi asosiy material bо‘lib, daraxt tanasidagi suv va boshqa moddalarni kerakli yо‘nalishlarda о‘tkazib turish xususiyatiga ega, ham da uziga tushayotgan og‘irlikni kо‘tarib turish vazifasini bajaradi. Daraxt kesilgandan keyin yog‘och tuqimalari orasidagi suv xaroratta’sirida tashqariga chiqish natijasida yog‘och quriy boshlaydi. Bunda suv yog‘ochning hammatо‘qimalari orasidan birtekisda va bir xil vaqt oraliqlarida chiqib tursa, yog‘och tanasi yorilmasdan quriydi. Agar aksincha yog‘ochning biror qismidagitо‘qimalari orasidan suvkо‘proq, boshqa qismidan esa kamroq tashqarigo chiqa boshlasa hamda bundan tashqari, yog‘ochning turli qismlaridagi suvtashqariga bir vaqtda chiqmasa, yog‘och tanasi bir tekis qurimaydi. Bunint natijasidayog‘och tanasida yoriqlar paydo bо‘lishi, yog‘ochning buralish yoki bukilish xodisalari kelib chiqadi. (1-rasm).




1-rasm. Yog‘ochning yorilishi.


Bunday xollarning oldini olish uchun yog‘ochni tо‘g‘ri quritish qoidalariga rioya qilinadi.Buning uchun xо‘l yog‘ochni tо‘g‘rixolatda kerakliog‘irlikdagi yuk bilan bostirib quyishva uning sirtiga xavooqimibir tekisda tegadiganbо‘lishini ta’minlash ham da tо‘liq qurigincha shundayxolatda saqlash kerak.
Bundan tashqari agar yog‘ochni biror buyumni yasash uchun kerakli shaklda yetarli xolatgakeltirish lozim bо‘lsa, xо‘l yog‘ochni kerakli shaklini hosil qilgan xolatga keltirib, tegishli og‘irlikdagi yuk bilan bostirib yoki tegishli moslamalar bilan maxkamuningsirtigaxavo oqimibir tekisda bо‘lishini ta’minlab, quriganchashunday xolatda saqlanadi.
Suv, tuproq havo va boshva muhitlardagi zararli mikroorganizmlar yog‘ochning sirti yokioraliq tuqimalariga tushsa, ularning ta’siridan yog‘ochchiriyboshlaydi. Shuningoldini olish uchunyoxg‘ochni quruq holda saqlashunga ayrim ximiyaviymoddalar shimdirish orqali chidamliligini oshirish yoki yog‘och sirtini aliflash, loklash hamda turli buyoqlar bilan bо‘yash kabi usullar qо‘llaniladi. Yog‘ochga ushbu kо‘p usullarda ishlov berishmumkinligidaniborat. Yog‘och turli kuchlar ta’sirida egilish va siiish xususiyatiga ega. Buning oldini olish uchunyog‘ochga qanday kuchli ta’sir qilishi mumkinligini oldindan xisobga olinadi va yetarli darajada qalin yoki yо‘g‘on ham da shu maqsadda eng chidamli yog‘och turini tanlanadi.
Yog‘och ishqalanishga yaxshi chidamli emas. Shuning uchun turli asbob-uskunalarning ishqalanishiga uchrab ishlaydigan qismlarini yog‘ochdan kо‘ra chidamliroq bо‘lgan boshqa materiallardan tayyorlanadi. Qattiq yog‘och turlaridan biri bо‘lgan qayrag‘ochdan arava g‘ildiragining gupchash va boshqa qismlari yasaladi. Yog‘ochning qattiqligi unga boshqa qattiq jismning botishiga qarshilik kо‘rsatish darajasi bilan belgilanadi. Yog‘ochning qattiqligini aniqlashning eng oddiy usuli unga mix qoqib kо‘rishdan iborat. Oddiy mixni qayrag‘och, eman, shamshod, nok, akatsiya kabi qattiq yog‘ochlarga qoqib bо‘lmaydi, tol, terak, qarag‘ay kabi yumshoq yog‘ochlarga esa asosan qoqiladi.
Hamma yog‘och turlari yaxshi yonadigan material xisoblanadi. Shuning uchun yog‘ochdan tayyorlangan maxsulotlarni yong‘indan saqlash choralari kо‘riladi. Ustaxonada yong‘in chiqishiga qarshi barcha talablarni vaqti bilan bajarib borish shart.

Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling