2-mavzu: elektr zanjirlarning asosiy elementlari (1-qism) Elektr zanjiri
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
2-mavzu elektr zanjirlarning asosiy elementlari (1-qism) Elektr
2.14-rasm. Elektr zanjiri misoltariqasida
Elektr zanjir elementlarining Volt-Amper xarakteristikalari. Qarshilik orqali oqayotgan tokning shu qarshilik kuchlanishiga bog‘liqlik grafigi Volt - Amper xarakteristikalari (VAX) deyiladi. Odatda grafikda absissa o‘qiga kuchlanish, ordinata o‘qiga esa tok miqdori qo‘yiladi (2.15-rasm). 2.15-rasm. VAX ga misol Chiziqli VAX ga ega bo‘lgan qarshilik chiziqli qarshilik deb ataladi (a-rasm), faqat chiziqli qarshilikka ega bo‘lgan elektr zanjirlar chiziqli elektr zanjirlar deyiladi. Nochiziqli VAX ga ega bo‘lgan qarshilik nochiziqli qarshilik deb ataladi (b-rasm), faqat nochiziqli qarshilikka ega bo‘lgan elektr zanjirlar nochiziqli elektr zanjirlar deyiladi. Tok va kuchlanishga nisbatan prametrlari o‘zgaradigan elementlar nochiziqli elementlar deyiladi. Quyidagi rasmlarda chiziqli qarshilik, chiziqli kondensator va chiziqli induktivlik xarakteristikalari keltirilgan (2.16-rasm). 2.16-rasm. VAXga misollar Elektr zanjirlarning topologik xarakteristikalari Elektr zanjirlari umumiy holda shoxobchalar, tugunlar va konturlardan iborat bo‘ladi. Elektr zanjiri sxemasining shoxobchasi deb zanjirning shunday qismiga aytiladiki, uning ixtiyoriy bo‘lagida tokning miqdori doimo bir xil bo‘ladi. Shoxobcha tarkibida ixtiyoriy miqdordagi ketma-ket ulangan qarshilik, kondensator, induktivlik elementlari, EYuK manbalari bo‘lishi mumkin. Bunga quyidagi rasmda keltirilgan elektr zanjirini misol tariqasida keltirishimiz mumkin. 2.17-rasm. Shoxobchalarga misol Unda sxemaning d nuqtasidan c nuqtasiga L1, r1 , e va r2 elementlari bo‘ylab yursak, shu elementlarning har biridan bir xil TOK oqishini ko‘ramiz. Demak, sxemaning d - L1 - r1 - e - r2 - c bo‘lagi shoxobcha hisoblanadi. Shu dc oraliqni c – C – r3 – d bo‘ylab yursak, yani bir shoxobchani ko‘ramiz. Ushbu sxemada yana c – r4 – f, f -r6 - h, q - L2 - r7 – h va d - r5 – h shoxobchalar ham mavjud. Demak, har bir shoxobchadagi elementlar o‘zaro ketma-ket ulangan ekan. Elektr zanjirining tugunlari deb shoxobchalarning kamida uchtasi ulangan nuqtalariga aytiladi. Tugun elektr sxemasida nuqta bilan belgilanadi. Misol sifatida yuqoridagi rasmda ko‘rishimiz mumkin. Undagi c, d, f, va h nuqtalar tugun deyiladi. 2.18-rasm. Tugunlarga misol Elektr zanjirining konturi deb, birnecha ketma-ket shoxobchalar orqali o‘tgan ixtiyoriy berk yo‘lga aytiladi. Bunga misol qilib yuqoridagi rasmdagi abdca, cdhfs va fqhf konturlarni olishimiz mumkin. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling