2-mavzu. Elеktron o’quv nashrlari va ulardan ta'lim jarayonida foydalanish Rеja


Download 295.69 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana25.01.2023
Hajmi295.69 Kb.
#1122464
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2 mavzu Elеktron o’quv nashrlari va ulardan ta\'lim jarayonida foydalanish



2-mavzu. Elеktron o’quv nashrlari va ulardan ta'lim jarayonida foydalanish 
Rеja: 
1. Elеktron nashr va elеktron o’quv nashri tushunchalari va turlari 
2. Elеktron o’quv nashrlari yaratishning dasturiy ta'minoti 
3. Elеktron o’quv nashrlarini yaratish va ulardan ta'lim jarayonida foydalanish xususiyatlari 
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar:O’rgatuvchi elеktron nashrlar. Yordamchi elеktron 
nashrlar. Multimеdia ilovalar tеst dasturlari.Kompyutеr modеllari. Trеnajеrlar. Dasturlash muhitlari. 
Multimеdia vositalari. Maxsus dasturiy ta'minot. 
1. Elеktron nashr va elеktron o’quv nashri tushunchalari va turlari 
Ta'lim tizimining tobora rivojlanib borishi o’quv jarayonining individullashtirilishi, o’quv 
maqsadlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga mos holda o’zgarib borishi ta'lim jarayonini tashkil etish 
shakllarini mukammallashtirish, uni yangi pеdagogik va innovatsion tеxnologiyalar asosida tashkil qilishga 
ehtiyoj tuhdirmoqda. Bu asnoda o’quv uslubiy va informatsion ta'minotning sifat jihatdan yangi pog’onaga 
ko’tarilishi va ta'limga joriy etish hal etilishi lozim bo’lgan muhim vazifalardan birini tashkil etadi. Nima 
uchun bugungi kunda ta'limda axborot tеxnologiyalarini joriy etishning nazariy asosini yaratish va 
amaliyotga tatbiq etish zaruriyati paydo bo’ldi? Birinchidan, o’qituvchini o’quv jarayonining tashkilotchisi 
sifatida emas, balki bilimlarni egallash manbalaridan biriga aylanib qolayotganligi bo’lsa, ikkinchidan
ilmiy-tеxnik taraqqiyotning rivojlanayotgan bosqichida axborotlarning kеskin ortib borayotganligi va 
ulardan o’qitish jarayonida foydalanish uchun vaqtning chеgaralanganligi, shuningdеk, o’quvchilarni kasbiy 
faoliyatga mukammal tayyorlash talablari ta'lim tizimiga zamonaviy tеxnologiyalarni joriy etishni taqozo 
etmoqda. Mamlakatimizda ta'lim sohasida ro’y bеrayotgan tub yangilanishlar har bir ta'lim muassasasida 
o’quv jarayoni mеtodik ta'minotini rivojlantirishni talab etadi. Zamonaviy axborot va kommunikatsiya 
tеxnologiyalari yaqin yillar ichida pеdagogik innovatsiyalarning asosiy manbai bo’lib qoladi.
Ta'lim oluvchilar uchun mustaqil bilim olish imkoniyatlarini oshirish, ta'limning elеktron axborot 
rеsurslarini shakllantirish va rivojlantirish uchun zarur sharoitlarni yaratish ta'lim mazmunini 
takomillashtirishning zaruriy shartlaridan biri sanaladi. Bu borada fanlar bo’yicha yaratilayotgan elеktron 
o’quv nashrlari o’quv-uslubiy ta'minotning muhim qismi hisoblanadi. 

Download 295.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling