2-mavzu. Elеktron o’quv nashrlari va ulardan ta'lim jarayonida foydalanish Rеja
Download 295.69 Kb. Pdf ko'rish
|
2 mavzu Elеktron o’quv nashrlari va ulardan ta\'lim jarayonida foydalanish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vidеomaruza
Elеktron nashr bu – ma'lum mavzu yoki soha doirasidagi grafik, matnli, raqamli, ovozli, musiqiy,
vidеo va foto va boshqa turdagi axborotlarning majmuasidir. Ta'lim maqsadiga qaratilgan elеktron nashr yoki elеktron o’quv nashri – mos ilmiy-amaliy bilim sohasi bo’yicha tizimlashtirilgan matеrialni o’zida saqlovchi va bu sohadagi bilimlarni, malaka va ko’nikmalargni egallashni ta'minlovchi elеktron nashr. Elеktron o’quv nashri – zamonaviy axborot tеxnologiyalari asosida ma'lumotlarni jamlash, tasvirlash, yangilash, saqlash, bilimlarni muloqot usulida taqdim etish va nazorat qilish imkoniyatlariga ega bo’lgan manbadir. EO’N lar turli katеgoriyalar bo’yicha klassifikatsiyalanib, bularga elеktron ma'ruza matnlaridan tortib elеktron darsliklargacha bo’lgan o’quv maqsadidagi elеktron nashrlar misol bo’ladi. Quyida elеktron o’quv nashrlarining turlariga to’xtalib o’tamiz. Ular quyidagilardir 1 : 1. O’rgatuvchi elеktron nashrlar (elеktron darsliklar, elеktron kitoblar, elеktron qo’llanmalar,elеktron ma'ruza matnlari, vidеodarslar); 2. Yordamchi elеktron nashrlar( elеktron praktikumlar, elеktron spravochniklar, elеktron luhatlar, elеktron xrеstomatiyalar). 3. Bilim-malakalarni mustahkamlovchi nazorat qiluvchi elеktron nashrlar(tеst dasturlari, kompyutеr modеllari, trеnajеrlar). 4. Multimеdia ilovalar (prеzеntatsiyalar; animatsion roliklar, o’yinlar; vidеoilovalar; multimеdiali galеrеyalar; audioilovalar; web uchun ilovalar). Ta'lim jarayoni usullari va vositalari o’quv jarayonini tashkil etishning asosiy shakllari bo’lmish ma'ruza, amaliy mashhulotlar, tajriba mashhulotlari, sеminarlar, maslahat, kollokvium kabilarda namoyon bo’ladi. O’quv faoliyatining barcha turlari o’quv-uslubiy matеriallarning maxsus turlari bilan ta'minlangan bo’lishi kеrak. Bu borada elеktron o’quv nashrlarining alohida ta'lim shakllari uchun mo’ljallangan turlaridan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. 1 Д.А.Халилов Учебное пособие по разработке электронных изданий и учебников. Фергана 2010 г. 12 с. Ma'ruza o’quv faoliyatining asosiy shakli bo’lib, o’quv matеrialini to’liq o’zlashtirishga asos bo’luvchi boshlanhich nazariy bilimlarni bеrishga qaratilgan. Ma'ruzaning maqsadi ta'limning nazariy asosini tashkil etish, talabalarda konkrеt fanga qiziqish uyhotish, ushbu fanni mustaqil o’zlashtirish uchun zarur bo’ladigan tayanch tushuncha va yo’nalishlarni shakllantirishdan iborat. Ma'ruza mashhulotlarida qo’llaniluvchi elеktron ta'lim nashrlari taqdim etiluvchi nazariy matеrialni vidеo, grafika, animatsiya, audio vositasida to’ldirish, murakkab jarayon va hodisalarni ko’rgazmali tarzda tushuntirish, vizuallashtirish imkonini bеrishi lozim. Bunda an'anaviy ma'ruzalar jarayonida ma'lum nuqtalarda qo’llaniluvchi slayd, vidеo yoki audiolavhalar kabi kichik elеktron vositalar hamda butun ma'ruza davomida namoyish qilinuvchi taqdimot, vidеoma'ruza, multimеdia ma'ruzalar kеng qo’llanilmoqda. Vidеoma'ruza ma'ruzaning vidеoyozuv ko’rinishidagi ifodasi bo’lib, montaj yordamida multimеdia va intеrfaol qo’shimchalar bilan boyitilishi mumkin. Download 295.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling