2-Mavzu. Eng Qadimgi Xitoy. Reja


Qadimgi Xitoyda me`morchilik, rassomchilik va haykaltaroshlik


Download 41.77 Kb.
bet13/18
Sana04.02.2023
Hajmi41.77 Kb.
#1164974
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
2-Mavzu. Eng Qadimgi Xitoy.

3. Qadimgi Xitoyda me`morchilik, rassomchilik va haykaltaroshlik. Me`morchilik Qadimgi Xitoy san`atining bir turidir. Uning kelib chiqishi Xitoy tarixining uzoq o`tmishiga borib taqaladi. Me`morlar ajoyib saroylar ibodatxonalar, ma`muriy binolar va harbiy istehkomlar qurganlar. Xitoyning qadimgi Xao Sanyan, Dalyan, Tn, Shouchun, Chanan kabi yirik shaharlarida ko`pdan-ko`p saroylar, ibodatxonalar va ma`muriy binolar bo`lganki, uni xitoylik qo`li gul ustalar ishlaganlar.
Me`morchilik ishlarida loy, g`isht, paxsa va ko`proq yog`och ishlatilgan. Bu jihatdan miloddan avvalgi I–II asrlarda uch qavatli qilib, oynavand, peshayvonlari va to`rt chekkasida qorovulxonasi bo`lgan Chanandagi Xan podsholarining yozgi saroyi diqqatga sazovordir. Xitoyda rassomlik ham ancha riyoj topgan edi. Rassomlar shox saroylari, ibodatxona devorlari va amaldorlarning uy devorlarini o`simlik, daraxt, ot, otliq askar, jang aravalari, it, fil va qandaydir maxluqlarning tasvirlari bilan bezaganlar. Xitoyda haykaltaroshlik kamroq rivojlangan. Ustalar mis, jez, kumush, oltin va toshlardan xilma – xil idishlar yasab, ularning sirtini qush, ajdaho va turli afsonaviy maxluqlar bilan bezaganlar.
Haykaltarosh ustalar podshoh, sarkarda, boy va oddiy kishilarning haykallarini o`ta nozik did bilan ishlaganlar. Qadimgi Xitoyning qo`li gul ustalari ajoyib zargarlik, kulolchilik, miskarlik va boshqa badiiy buyumlar ishlashda shuhrat qozonganlar. Shunday qilib, qadimgi xitoyliklar adabiyot, me`morchilik va tasviriy san`at sohasida o`zlariga xos asarlar yaratib, shuhrat qozonganlar.
4. Qadimgi Xitoyda ilmiy bilimlarning rivojlanishi. Qadimgi Xitoyda xo`jalikning rivojlana borishi bilan ilmiy-amaliy bilimlar ham ravnaq topgan. Ular matematika, geometriya fanlari sohasida jiddiy yutuqlarga erishganlar. Bu jihatdan miloddan avvalgi II asrda tuzilgan «Matematikaning to`qqiz kitobi» degan asar diqqatga sazovordir. Kitobda matematikaning asoslari tushuntirib berilgan. Bu kitob dehqon, olim, hunarmand, tarixchi, astronom, chorvador va me`morlar uchun uzoq vaqtgacha qo`llanma bo`lib xizmat qilgan. Xitoy olimlari astronomiya sohasida ham jiddiy yutuqlarga erishganlar. Davlat, xo`jalik ishlarini yuritish, vaqtni hisoblash va taqvim tuzish zaruriyati astronomiya bilimlarini to`plashni taqozo etgan. Xitoy astronomlari miloddan avvalgi II mingyillikdayoq astronomik kuzatishlarni boshlaganlar.

Download 41.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling