2-Mavzu. Eng Qadimgi Xitoy. Reja


Download 41.77 Kb.
bet2/18
Sana04.02.2023
Hajmi41.77 Kb.
#1164974
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
2-Mavzu. Eng Qadimgi Xitoy.

3. Shan-In davlati. Shan-In Xitoydagi eng qadimgi davlatlardan biridir.
Miloddan avvalgi III mingyillikda Xitoydagi qabilalar tarqoq yashar edilar. Xo`jalikning asta-sekinlik bilan rivojlanishi natijasida qabilalar birlasha boshlaganlar. Miloddan avvalgi II mingyillik boshlariga kelib Sya honadoniga mansub kishilar qabilalarni birlashtirib, Sharqiy Xitoyda davlat barpo etganlar. Sya honadoniga mansub podsholar kuchayib, boshqa qo`shni qabilalarni o`zlariga itoat ettirganlar. Sya sulolasining so`nggi podshisi boshqa qabilalar ustidan zulmni kuchaytirgan. Shu davrda Xuanxe sohillariga ko`chib kelgan Shan qabilasi kuchayib, qattiq janglardan so`ng syalarni yengib ularni o`zlariga itoat ettiradilar. Ular Xuanxe daryosi havzasining katta qismini egallaydilar.
Miloddan avvalgi XVIII asrda Chen Tan degan kishi davlat tuzib, uni o`z qabilasi Shan nomi bilan ataydi. U yangi sulolaning asoschisi bo`lgan.
Miloddan avvalgi XVII asrdan boshlab sulola Shan-In deb atala boshlagan. Bu davlatning poytaxti Shan shahri bo`lgan. U-Din degan podsho davrida Shan-In davlati kuchayib, atrofdagi joylarni bosib oladi. Ammo XIII asr oxiri va XII asr boshlaridan boshlab Shan-In davlati kuchsizlanib qoladi. Bundan foydalangan qo`shni qabilalar birin-ketin Shan-Inga hujum boshlaydilar va uning yerlarini bosib oladilar.
4. Shan-In davlatining xo`jaligi. Shan-In podsholigi davrida xo`jalik ilgarigiga qaraganda ancha rivoj topgan edi. Shu bois mehnat unumdorligi oshgan. Mehnat qurollarining takomillashuvi tufayli dehqonchilik rivoj topgan. Odamlar daryolarga to`g`on, dambalar qurib, suv omborlari barpo etishgan. Kanallar qazib ekinlarni sug`orishgan. Dehqonlar tariq, sholi, arpa, bug`doy, choy va boshqa donli ekinlar ekkanlar. Ular sabzavotchilik va bog`dorchilik bilan ham shug`ullanganlar. Ular tut ekib, ipak qurti boqqanlar. Ipak qurti pillasidan ipak tolalar olganlar.
Xitoyda yaylovlar serob bo`lgani uchun u yerlarda qoramol, qo`y, echki va cho`chqa ham boqqanlar. Ho`kizlardan ish kuchi sifatida foydalanilgan.
Xitoyda miskarlik, kulolchilik, to`qimachilik ancha rivoj topgan. Kulolchilikda qo`1 charxi, to`qimachilikda esa to`qimachilik dastgohi ishlatilgan. Ular ipak, jun va zig`ir tolalaridan ip yigirib ajoyib gazlamalar to`qiganlar.
Xitoy ustalari tosh, yog`och, loy va xom g`ishtdan saroylar, ibodatxonalar, uylar va devorlar qurishgan. O`sha davrda xitoyliklar savdoga ham katta ahamiyat berganlar. Xitoydan tashqariga ipak, jun mahsulotlari, qurol-yarog` va boshqa buyumlar chiqarilgan. Tashqaridan esa jun, teri, qimmatbaho toshlar keltirilgan. Janubdan, ya`ni Yanszi havzasidan esa mis va qalay keltirilgan.
Xitoyda dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik va savdo-sotiqning rivojlanishi tabaqalanishni yanada kuchaytirgan. Odamlar asta-sekin boy-badavlat, o`rtahol va kambag`al kishilarga ajrala boshlaganlar. Urushda asir tushganlar va qarzdorlar qullarga aylantirilgan.
Shunday qilib, miloddan avvalgi XVIII–XIII asrlarda Xitoyda dastlabki quldorlik davlati tashkil topgan.

Download 41.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling