2-Mavzu. Eng Qadimgi Xitoy. Reja
Sin podsholigining yemirilishi va tugatilishi
Download 41.77 Kb.
|
2-Mavzu. Eng Qadimgi Xitoy.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Miloddan avvalgi 210-yili
- «Ulug` Chu qayta tiklanmog`i kerak »
- Miloddan avvalgi 207-yilda
5. Sin podsholigining yemirilishi va tugatilishi. Sin podsholigi davridagi urushlar, «Buyuk Xitoy devori» qurilishiga, podsho saroyi va amaldorlarining maishatiga behisob boyliklar sarflangan. Bu xarajatlarning butun og`irligi dehqonlar va mehnatkashlar ommasi zimmasiga tushgan. Buning ustiga mehnatkashlardan har xil bahonalar bilan ko`plab soliq yig`ish va majburiyatlar bajarish talab etilgan.
Bu hol oddiy xalq orasida Sin Shi Xuandiga qarshi kuchli norozilik uyg`otgan. Eski zodagon, o`ziga to`q hunarmand, mayda savdogar va ziyolilar ham podsho siyosatidan norozi edilar. Podsho siyosatiga qarshi guruhlar Sin Shi Xuandiga bir necha bor suiqasd uyushtirganlar. Mamlakat miqyosida yashirin ravishda katta qo`zg`olonga tayyorgarlik boshlanadi. Miloddan avvalgi 210-yili Sin Shi Xuandi og`ir toliqishdan so`ng 48 yoshida vafot etadi. Podsho vafotidan biroz keyin miloddan avvalgi 209-yili podsholikning turli joylarida qo`zg`olonlar boshlanib ketadi. Xan podsholigi 1. Xan podsholigining tashkil topishi. Sin Shi Xuandi vafotidan keyin saltanatda norozilik harakatlari kuchaydi. Shunday harakatlardan eng kuchligi Chu podsholigida ham boshlangan. Ular «Ulug` Chu qayta tiklanmog`i kerak», – shiori ostida kurash boshlaganlar. Qo`zg`olonchilar birin-ketin Chu shaharlarini bosib olib, Sin amaldorlaridan qattiq o`ch ola boshlaydilar. Chen shahri bosib olingach, jamoa oqsoqollari qo`zg`olon rahbarlaridan biri Chen Shenni o`zlariga podsho qilib ko`taradilar. Janglarning birida Chen Shen halok bo`ladi. Eski aslzodalardan bo`lgan Syan Yuy Chu qo`zg`olonchilar qo`shinining qo`mondoni bo`lib oladi. Syan Yuy o`zini «Chu hokimi» – «Chu vani» deb e`lon qiladi. Bunday qo`zg`olon Sin podsholigida ham boshlangan. Bu yerdagi qo`zg`olonga qishloq oqsoqoli Lyu Ban boshchilik qiladi. Miloddan avvalgi 207-yilda Sanyan shahrini ishg`ol qilgan qo`zg`olonchilar, miloddan avvalgi 206-yili qo`zg`olon rahbari Lyu Banni «Xan hokimi» – «Xan vani» deb e`lon qiladilar. Qattiq janglar natijasida har ikki tomondan ham ko`p odam o`lib yarador bo`ladi. Sin Shi Xuandining o`g`li qo`zg`olonchilar qo`liga asir tushib, o`ldirilgan. Shu davr ichida Xan saltanatini egallash uchun Lyu Ban bilan Syan Yuy o`rtasida qonli janglar boshlanadi. Nihoyat, miloddan avvalgi 202-yil yanvarda Gaysya yonidagi jangda Lyu Ban qo`shinlari Syan Yuy qo`shinlari ustidan g`alaba qozonadi. Shu bilan Xitoyda Sin saltanati tugatilib, Xan saltanati o`rnatiladi. Download 41.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling