2-Mavzu. Eng Qadimgi Xitoy. Reja
Download 41.77 Kb.
|
2-Mavzu. Eng Qadimgi Xitoy.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Chjou podsholigining tashkil topishi. Miloddan avvalgi XII asr boshlarida
Chjou podsholigi
1. Chjou va ularning mashg`ulotlari. Podsho U-Din vafotidan keyin Shan-In davlati kuchsizlana boshlaydi. Shan-Inga qaram bo`lgan qabilalar mustaqil bo`lib oladilar. Shunday qabilalardan biri Xuanxe daryosining irmog`i Vey daryosi bo`ylarida yashagan jangovar Chjou qabilalari edilar. Ular asosan chorvachilik, qisman dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq bilan shug`ullanib hayot kechirganlar. Shan-In davlati kuchaygan vaqtlarida chjoular unga tobe bo`lib, boj-xiroj to`lar edilar. Shan-In davlatini kuchsizlanganligidan foydalangan chjou qabila sardorlari Shan-Inga tez-tez hujumlar uyushtirib, uning shahar va qishloqlarini talab qaytganlar. Chjou qabilalari xo`jalik va madaniyat jihatidan Shan-Inlardan ancha orqada edilar. 2. Chjou podsholigining tashkil topishi. Miloddan avvalgi XII asr boshlarida chjou qabilalari hukmdor Chan – «Ma`rifatparvar hukmdor» qo`1 ostida birlashib kuchayganlar. Miloddan avvalgi 1027-yili Channing o`g`li U-Van – «Jangovar hukmdor» boshchiligidagi katta qo`shin Shan-Inga bostirib kirgan. Shiddatli janglardan so`ng U-Van qo`shinlari podsho Shou Sin boshliq Shan-In qo`shinlarini tor-mor keltirganlar. Bu mag`lubiyatdan so`ng podsho Shou Sin o`zini o`zi o`ldirgan. Shundan keyin Shan-In davlati qulagan va Xitoyda Chjou podsholigi tashkil topgan. Xitoy tarixida bu podsholik G`arbiy va Sharqiy Chjou podsholiklari davriga bo`linadi. G`arbiy Chjou podsholigi davri miloddan avvalgi XII–VIII asrlarni o`z ichiga oladi. G`arbiy Chjou davlatining chegarasi g`arbiy Vey daryosidan sharqda Sariq dengiz sohiligacha bo`lgan yerlarni egallagan edi. Uning poytaxti Vey daryosi bo`yidagi Xao shahri edi. G`arbiy Chjou podsholari qo`shni qabilalar, xususan junlar bilan janglar olib borganlar. Chjou podsholari mamlakatni viloyatlarga bo`lib, ularni qarindoshlari, lashkarboshilari va amaldorlariga bo`lib berganlar. Viloyat hokimlari boyib ketgach, podshoga itoat etmay qo`yganlar. Bu hol podsho hokimiyatini kuchsizlanishga olib kelgan. Download 41.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling