2-mavzu: Fan ijtimoiy-madaniy hodisa


Download 33.39 Kb.
bet1/3
Sana25.10.2023
Hajmi33.39 Kb.
#1720221
  1   2   3
Bog'liq
ma\'ruza 2


2-mavzu: Fan ijtimoiy-madaniy hodisa.
Reja:

  1. Fan tarixiga oid yondashuvlar;

  2. Fan tarixi taraqqiyotining funksiyalari;

  3. Fan bilishning maxsus shakli.



1. Fan tarixiga oid yondashuvlar
Fan tarixini o‘rganish XX asrda boshlangan bo‘lsada, unga azaldan falsafaning yoki umumiy madaniyat nazariyasining bir bo‘limi sifatida qaralgan. Uni alohida ilmiy tadqiqot obyekti sifatida o‘rganish 1892 yilda Fransiyada fan tarixi kafedrasi ochilishi bilan boshlangan, deb hisoblanadi.
Fan tarixini o‘rganish jarayonidagi birinchi tarixiy-ilmiy tadqiqotlarni quyidagicha xarakterlash mumkin:
- dastlab, u yoki bu fandagi yutuqlarni xronologik sistemalashtirish vazifasi hal qilingan;
- ilmiy g‘oya va muammolarni, progressiv taraqqiyot mexanizmlarini izohlashga harakat qilingan;
- olimlarning ilmiy faoliyati hamda ijodining ahamiyati aniqlangan.
Fan tarixini xarakterlovchi muhim muammolardan biri qanday qilib tashqi (iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy, siyosiy, dunyoqarashli, psixologik va boshqalar) olam, undagi voqea va hodisalarning ilmiy ijod natijalarida, ilmiy izlanish metodlarida, yaratilgan nazariyalarda aks etilishini tushunish hamda tushuntirishdan iboratdir.
Fan tarixining empirik bazasini o‘tmishdagi ilmiy matnlar, kitoblar, jurnal maqolalari, olimlarning o‘zaro yozgan xatlari, nashr qilinmagan qo‘lyozmalar va h.k. tashkil qiladi. Lekin, bu bilan fan tarixchisi o‘z tadqiqoti uchun etarli materialga ega bo‘la oladimi? Yo‘q, chunki olim biror narsani kashf qilganda, uni yolg‘on xulosalarga olib kelgan turli xato yo‘llarni unutishga harakat qiladi va bunda tarixni obyektiv o‘rganishga harakat qiladi.
Agar tarixiy ilmiy tadqiqot obyekti o‘tmish bo‘lsa unda bunday tadqiqot doimo obyektivlikka da`vo qilishga intiladi. Barcha tarixchilar kabi fan tarixchilariga ham tadqiqotlarda asos bo‘ladigan, bir-biridan farq qiladigan ikki yo‘nalish ma`lum: prezentizm (o‘tmishni hozirgi zamon tilida tushuntirilishi) va antikvarizm (o‘tmishning to‘liq manzarasini hozirgi zamonga bog‘lamasdan tiklash). Hozirgi kunda fanda umuman foydalanilmagan o‘zga tarix, madaniyat, tafakkur uslubi, o‘zga bilimni o‘rganar ekan, fan tarixchisi o‘z davrining in`ikosinigina tiklashga harakat qilmayotganmikan? Bu ma`noda prezentizm ham, antikvarizm ham fan tarixchilari e`tirof qilgan bartaraf qilib bo‘lmaydigan qiyinchiliklarga duch keladi.
Fan taraqqiyoti haqidagi tarixiy tadqiqotlarda o‘ziga xos iz qoldirgan yana ikki oqim XX asrning 30 yillarida paydo bo‘ldi. 1931 yildagi jahon faylasuflarining Londonda o‘tkazilgan kongressida B.M.Gassen Nьyuton mexanikasining ijtimoiy-iqtisodiy ildizlari haqida ma`ruza qiladi. Bu ma`ruza kongress ishtirokchilarida katta taassurot qoldiradi va u fan tarixi bilan shug‘ullanuvchi ingliz faylasuflarini ikki guruhga bo‘ladi. G‘arb fani tarixida paydo bo‘lgan bu yo‘nalishlar eksternalizm va internalizmdir.
İngliz fizik va fanshunos olimi J.Bernal (1901-1971) «Fanning ijtimoiy funkciyalari», «Fan va jamiyat», «Jamiyat tarixida fan» kabi maqolalarini nashr qiladi va eksternalizmga asos soladi. Bu yo‘nalish namoyondalari E.Cilьzelь, R.Merton, A.Krombi, S.Lippi va h.k. fan taraqqiyoti va ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar orasida o‘zaro bog‘liqlik borligini asoslashga harakat qilganlar.
Fan tarixi haqidagi eksternalizm koncepciyasi ba`zi fanshunos olimlar orasida norozilikni uyg‘otadi va unga qarama-qarshi internalizm, ya`ni immanent koncepciya shakllanadi. İnternalizm vakillari A.Koyre, Dj.Prayz, R.Xoll, Dj.Rendell, Dj.Agassi va boshqalar fikriga ko‘ra, fan ijtimoiy voqelikdagi tashqi ta`sir vositasida emas, balki o‘zining ichki evolyuciyasi, tafakkur uslubining ijodiy salohiyati natijasida rivojlanadi.
Ma`lumki, XV asr o‘rtalarigacha saqlanib qolgan dastlabki sxolastik universitetlar ruhi o‘rta asrchilik sarqitlariga asoslangan bo‘lib, o‘z navbatida tashqi olamdagi o‘zgarishlarni tushunishga qattiq qarshilik ko‘rsatgan.
Bundan farq qiladigan gumanistlar – ma`rifatparvarlik vakillari XIV asr o‘rtalarida İtaliya shaharlarida paydo bo‘ldi. Ular olim bo‘lmasalarda, municipalit, papalar va boshqa kiborlarning kotiblari bo‘lganlar. Ularning ko‘pchiligi adabiyotshunos bo‘lib, ba`zilari kiborlarning farzandlariga o‘qituvchilik qilganlar. Biroq, universitet olimlari ham, gumanistlar ham avtoritetlar tarafdori bo‘lganlar, deb hisoblaydi E.Cilьzelь.
Uyg‘onish davri oxirlarida hunarmandlar doimiy an`analar hukmronligidan chiqib, empirik kuzatuvlar va eksperimentlarda dastlabki qadamni qo‘ydilar. Ular orasida faoliyatiga ko‘ra keng qamrovli bilimlarga ega bo‘lganlar ham bo‘lib, Cilьzelь ularni rassom-muxandislar deb ataydi.
Fan tarixi bo‘yicha o‘z qarashlariga ega bo‘lgan yana bir mutaxassis, amerikalik olim Tomas Kun (1922-1999) "İlmiy revolyuciyalar strukturasi" asarida internalizm va eksternalizmdagi biryoqlamalikni bartaraf qilishga uringan. Uning fikricha, eksternalizmdagi tarixiylik jamiyatning ijtimoiy ehtiyojlari bilan asoslangan fanning u yoki bu sohasidagi dastlabki taraqqiyotini o‘rganishda asqotadi. İnternalizmdagi tarixiylik esa, taraqqiy etgan fanga xosdir. Kun fikricha, har ikki yo‘nalish bir-biridan mustaqil bo‘lsa-da, biri ikkinchisini to‘ldiradi.
Francuz fizik olimi, faylasufi P.Dyurkgeym (1861-1916) fan tarixida juda katta to‘ntarishlar va siljishlar bo‘lganligini alohida ta`kidlaydi. Uning fikricha, fan tarixidagi muayyan siljishlarni shunday tarixiy-ilmiy rekonstrukciyaga qo‘yish kerakki, ular ketma-ketlikka, uzluksizlikka olib kelsin va bu siljishlarni, o‘tmishdagi bilim taraqqiyotidagi to‘ntarilishlarni asoslab bera olsin. Aynan shu g‘oyaga tayangan holda olim o‘rta asrlardagi bilim rivojlanishining yangi davr fani shakllanishidagi ahamiyatini ko‘rsata oldi. Dyurkgeym: "İlmiy doktrinalar genezisida mutloq boshlang‘ich fikrlar yo‘q, biz bu doktrinalarni tayyorlagan, bashorat qilgan fikrlar zanjirini qanchalik uzoq o‘tmish bilan bog‘lamaylik, baribir ular pirovard natijada ilgari tayyorlangan, o‘zidan oldin aytilgan biron-bir xulosaga tayanadi. Modomiki, ketma-ket keluvchi g‘oyalarni kuzatish to‘xtatilsa, bu boshlang‘ich bo‘g‘inni topilganligi uchun emas, balki zanjiri yo‘qolib, tadqiqotni cheksiz o‘tmish girdobiga olib ketadi" ,-deb yozadi.
Boshqa mutafakkirlar, jumladan, postpozitivizm namoyondalari (XX asrning ikkinchi yarmi) ilmiy inqiloblar eski nazariyalar, paradigmalar, ilmiy tadqiqot dasturlarining fundamental yangilanishiga olib kelishini, ularning o‘tmishdagi nazariyalar, paradigmalar, ilmiy tadqiqot dasturlariga tamoman mos kelmasligini ta`kidlaydilar. Masalan, T.Kun ilmiy inqilob jarayonida tugallangan yangi nazariya paydo bo‘ladi, deb hisoblasa, İ.Lakatos ilmiy revolyuciya natijasida g‘olib chiqqan ilmiy tadqiqot dasturi "kulьminacion nuqtagacha" mukammalashishi (rivojlanishi) zarur, so‘ngra unda regress boshlanadi deb hisoblaydi. Uning fikricha, ilmiy inqiloblar natijasida, o‘z navbatida, muhokama qilinishi zarur bo‘lgan yangi muammolar aniqlanishiga imkoniyat yaratiladi.
XX asrning 60-70-yillarida ba`zi fanlar tarixini Kun sxemasi bo‘yicha qaytadan yozishga harakat qilindi. Bunda bilimlarni to‘plash boshlangan dastlabki davrlarda normal fan paradigmalarining tub burilishi – ilmiy inqiloblar bilan almashinishi, so‘ngra yangi paradigma doirasida bilimlarni to‘plash jarayoni davom etishi mumkin, deb hisoblanilsa-da, biroq bu jarayonda ko‘p hollarda olimlar o‘zlarining eski g‘oyalariga sodiq qoladilar: ya`ni fan ketma-ketlikda rivojlanadi, uzluksizlik faqat ilmiy revolyuciyalar jarayonida buziladi, xolos.
Fan tarixining davriyligi masalasi tarixiy manbalarda turlicha talqin qilinadi. Uning tan olingan tasnifi quyidagicha: ilm elementlari shakllangan dastlabki fan; so‘ngra mumtoz (klassik) fan; nomumtoz (noklassik) va postnomumtoz (postnoklassik) fan kabilarni o‘quvchilarga tavsiya qilinadi.



Download 33.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling