2-mavzu: Fan ijtimoiy-madaniy hodisa
Fan bilishning maxsus shakli
Download 33.39 Kb.
|
ma\'ruza 2
3. Fan bilishning maxsus shakli
Fan va ilmiy bilish tushunchalarining turli ta`riflari mavjud. Falsafa enciklopedik lug‘ati»da (M.1983) «fan» tushunchasiga quyidagicha ta`rif berilgan: «Fan reallik haqidagi obyektiv bilimlarni tayyorlash va nazariy tizimlashtirish funkciyasi xos bo‘lgan inson faoliyati sohasidir. Tarixiy taraqqiyotda fan jamiyatda ishlab chiqarish kuchiga va muhim ijtimoiy institutga aylanadi. Fan tushunchasi o‘zida yangi bilimni egallashdagi faoliyat va shu faoliyat natijasida dunyoning ilmiy manzarasi haqidagi shu davrgacha bo‘lgan ilmiy bilimlarni mujassamlashtiradi». «Fan» atamasi ilmiy bilimning alohida sohalarini belgilashda ham ishlatiladi . 1994 yilda nashr qilingan «Qisqacha falsafa enciklopediyasi»da (M. 1994) shunga o‘xshash ta`rif beriladi: «Fan (yunoncha episteme, lotincha scientia)-reallik haqidagi obyektiv bilimlarni yaratish va nazariy sxemalashtirish funkciyasiga ega bo‘lgan inson faoliyatining sohasidir» . Barcha davr va xalqlarda mavjud bo‘lgan madaniyat tarmog‘i sifatida fan yaratuvchilari mustaqil funkciyani bajaruvchi yunonlar bo‘lib, keyinchalik, buni madaniy hayotning alohida ideali sifatida Evropa xalqlariga etkazdilar (aniqrog‘i, Evropa xalqlari bu idealni qabul qilganlar). Fan inson bilimining mohiyatini tashkil qiladi . Endi «fan» va «ilmiy bilish» tushunchalariga ba`zi faylasuflar bergan ta`riflar bilan tanishamiz. İmmanuel Kant «Fan va ilmiy bilimning asosiy belgilari tizimlilikdir», deb hisoblagan. Kant fikricha, ilmiy bilim «sof aql arxitektonikasiga binoan majburiy tizimni tashkil qiluvchi bilimdir». Bu fikr, ayniqsa, «Sof aqlning tanqidi» asaridagi «Metod haqidagi transcendental ta`limot» bo‘limida yanada aniqroq bayon etilgan: «Men arxitektonikada tizimni qurish san`atini tushunaman. Chunki kundalik bilim aynan tizimlilik birligiga asoslanib fan bo‘ladi. Ya`ni, oddiy bilim agregatidan tizimga aylanadi. Arxitektonika esa umuman bizning bilimlarimizning ilmiy tomoni haqidagi ta`limotdir. Demak, u metod haqidagi ta`limotga zaruriy tarzda kiritiladi» . İ.Kantning fanga bergan barcha ta`riflarining muhim tomoni uning tizimli ekanligini e`tirof qilishidir. U shunday yozadi: «İlmiy metod tarafdorlariga kelsak, ular yoki dogmatik yoxud skeptik bo‘lib harakat qilishni tanlashlari kerak. Lekin ular barcha holatlarda ham tizimlilikka rioya qilishlari kerak» . İlmiy bilimlarning ideallari va normalari esa Kant uchun matematika bo‘lgan: «Tabiat haqidagi har qanday xususiy bilimda tom ma`nodagi fanni matematikada qancha bo‘lsa shuncha topish mumkin» . İ.Kant so‘zlari bilan aytganda, ilmiy bilim va ilmiy metod xususiyati bu o‘ziga xos arxitektonikadir. Nihoyat qator olimlar ijodining tahlili natijasida bilim ilmiyligining asosiy mezonlari sifatida: 1. umumiylik va tizimlilik; 2. umumahamiyatlilik (intersubyektivlik); 3. obyektivlik (bilish subyektiga bog‘liq emaslik); 4. maxsus bilish metodlarining mavjudligi (nazariy va eksperimental); 5. asoslanganlik (verifikaciya); 6. tanqidiylik (falьsifikaciya); 7. to‘ldiruvchanlik (korpuskulyar-to‘lqinli dua-lizmdan P.Feyerabendning metodologik anarxizmigacha); 8. vorisiylik (mos kelish tamoyilida namoyon bo‘ladi) kabilarni sanash mumkin. Avvalo, tanlangan bilim ilmiyligi mezonlaridan mutlaqo invariantlarini ajratishga harakat qilamiz. Bir qaraganda «eng ilmiy» mezonlarga obyektivlik va asoslanganlik kirmaydi. Darhaqiqat, agar bilim obyektivligini obyekt haqidagi bilim elementlarining soni sifatida ular qanday bo‘lsa shundayligicha «o‘z-o‘zini» bilish tizimlarining ta`sirisiz tushunilsa, u holda bu ideal fan taraqqiyoti jarayonida yo‘qoladi. Masalan, bilim ilmiyligi normalarining atamalarda o‘zgarishining davriyligiga diqqatni jalb qilish mumkin: mumtoz fan, nomumtoz fan, postnomumtoz (o‘z navbatida, mumtoz, nomumtoz, postnomumtoz ilmiy bilim). Fan taraqqiyotining klassik davrdan (klassik mexanika, elektrodinamika) noklassik davriga (obyekt–inson va uning instrumentini tadqiq qiluvchi, yagona tizim sifatidagi kvant mexanikasi), undan keyin esa postoklassik davrga (inson o‘z-o‘zidan rivojlanuvchi ochiq tizimlar bilan aloqadorlikda, bilim ilmiyligining qadriyatli mezonlari rolining ortishi) o‘tishi kuzatilar ekan, bunda obyektiv bilimning klassik ideali yo‘qolganligini ko‘rish mumkin. Fizikada mikrozararlarni, kvant mexanikasida kuzatiluvchi tizim (obyekt va uning atrofidagilar) kuzatuvchi tizim (subyekt va uning instrumenti)ni na eksperimental vaziyatda va na nazariy izohlashda ajratish mumkin emas. Bu yerda bilim obyektivligi Kantning bu tushunchaga tajriba chegaralaridagina asosga ega bo‘lgan umumahamiyatli bilim ma`nosini berganligi sifatidagina saqlab qoladi (ya`ni, XX asrda ilmiy bilim Kantning ilmiylik mezonlariga tobora yaqinlashgan). Obyektivlik tushunchasi Kantda quyidagicha izohlanadi: «Demak, obyektiv ahamiyat va zaruriy eng umumiylik ayniy tushunchalar, zero biz obyektni o‘z-o‘zidan bilmasak-da, biroq biz mulohazaga eng umumiylik nuqtai nazaridan qaraganimizda, zaruriyat orqali unga obyektiv mazmun beramiz» . Asoslanganlikka kelsak, fan tarixida ilmiy bilimlarning keyinchalik inkor qilinganligi yoki jiddiy qayta ko‘rib chiqilganligi haqida juda ko‘p misollar bor (bundan ular noilmiy bo‘lib qolgani yo‘q, zero fan tarixining juda katta bo‘limini uning tarixi bo‘lmaganligi uchun o‘chirib tashlash kerak bo‘lar edi: geocentrizm, antik davrdagi efir va stixiyalar haqidagi ta`limot, flogiston va teplorod haqidagi ta`limot). Shuni ta`kidlash kerakki, ilmiy bilim Haqiqatni egallashga intilmaydi, chunki fanda bilimning mutloq emas, balki asoslangan (verifikaciya) mezonlari qabul qilinadi: amaliyot (eksperimental fanlarga xos), pragmatiklik (texnik fanlarga xos), terminologik izchillik, mantiqan ketma-ketlik (nazariy fanlarga xos, ayniqsa, matematika nazariy fizika, mantiq) soddalik (variantlardan biri – E.Maxning tafakkurni iqtisod qilish tamoyili), sof mohiyatga mos kelishi. Bu mezonlar turli davrlarda turli olimlar tomonidan qabul qilingan. Har qanday bilim ham vorisiylikka asoslanmaydi, aynan bir obyektga berilgan izohni qo‘shimcha deb bo‘lmaydi (Agar bittasi xato bo‘lsa yoki muqobil koncepciya vakillari tomonidan qabul qilinmasa yoki obyektning qo‘shimcha izohi bo‘lmasa). Har qanday bilim umumahamiyatli bo‘la olmaydi (ayniqsa, bu uzoq davr mobaynida yakka kishilargagina yoki faqat muallifga ahamiyatli bo‘lgan yangi g‘oyalarga tegishli). Verifikaciya va falьsifikaciya tamoyillariga kelsak, ularni bilimlarni tekshirish tamoyili bilan qo‘shish mumkin: har qanday bilim uni potencial tasdiqlash yoki inkor qilish mumkin bo‘lgandagina ilmiy bo‘la oladi. Afsuski, an`anaviy bilimlarga tegishli bo‘lgan barcha bilimlarni tekshirishning iloji yo‘q: kosmologik nazariyalar, kuzatib bo‘lmaydigan elementar zarralar, tarixiy rekonstrukciyalar shular jumlasidandir. Natijada, bilim ilmiyligining invariant mezonlari – uning umumiyligi mezoni (tizimlilik, tizim) va anglangan metodning mavjudligi (nazariy yoki eksperimental bilim instrumentlari bilish metodlarining tizimi) hisoblanadi. Bilim ilmiyligining uchinchi mezoni ulardagi tarixiy vorisiylik va falьsifikaciyalashdir. Bu «mos kelish» tamoyili va «falьsifikaciya» tamoyilining umumilmiy ahamiyatga ega ekanligini ifodalaydi. Nazorat uchun savollar 1. Ilmiy bilimni o‘rganish imkonini beradigan qanday ikki xil nuqtai nazar mavjud? 2. Ilmiy tadqiqotlar metodologiyasining mohiyati nimada? 3. Mavjud bilimni tahlil qilish bilan qaysi fan shug‘ullanadi? Download 33.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling