2-mavzu: Fan ijtimoiy-madaniy hodisa


Fan tarixi taraqqiyotining funksiyalari


Download 33.39 Kb.
bet2/3
Sana25.10.2023
Hajmi33.39 Kb.
#1720221
1   2   3
Bog'liq
ma\'ruza 2

2. Fan tarixi taraqqiyotining funksiyalari
Fan tarixi taraqqiyotining funkciyalari ham mavjud.
Fan tarixi taraqqiyoti funkciyalarini evolyucion ketma-ketlikda quyidagicha ifodalash mumkin:
1. Psixologik funkciyasi-ilmiy bilish, eng avvalo, insoniyat uchun zaruriyatdir.
2. Ma`naviy-intellektual funkciyasi-ilmiy bilim va ilmiy faoliyat insonning tug‘ma ehtiyojlarini qondiradi.
3. Utilitar pragmatik funkciyasi-ilmiy bilim inson uchun zarur bo‘lgan moddiy ne`matlarni yaratishda qo‘llaniladigan texnologiyalarni ishlab chiqarishda foydalaniladi (issiqlik, yorug‘lik, transport, aloqa vositalari).
Shuningdek, fan biografiyasi uning tasnifi, fan hayotidir. Fan hayoti – inson hayotining bir qismi sifatida namoyon bo‘ladi. Biz ilgari ta`kidlaganimizdek, inson qalbi intellektdan olam haqidagi tugallangan bilimni talab qiladi. İntellekt, tabiiy qiziquvchanlik, bilimga tashnalik asosida insonga yangi va yangi bilimlarni etkazadi. Zero, insondagi ruhiy holat intellektual holatdan kuchli bo‘lganligi uchun intellekt doimo murakkab vaziyatda qoladi. O‘zini qanoatlantirish doimiy bilish va olam haqidagi bilimlarni yangilash jarayonida bo‘lishdir; ruhiyatni qanoatlantirish mavjud bilimlarni qanday bo‘lmasin asoslashdir.
Bilish faqat fan bilan chegaralanmaydi, balki ma`lum darajada fandan tashqarida ham mavjud bo‘ladi. İlmiy bilishning paydo bo‘lishi bilimning boshqa shakllarining yo‘qolib ketishiga olib kelmaydi. Zero, fanni noilmiy bilim shakllaridan to‘liq ajratish yo‘lidagi turli harakatlar hozircha hech qanday natijaga olib kelmadi.
İjtimoiy ongning har qanday shakliga: falsafa, mifologiya, siyosat, din va h.k.ga bilimning qandaydir shakli mos keladi. Ayni paytda bilimning simvolik, tushunchali, badiiy obrazli asosga ega bo‘lgan shakllari ham mavjud. Eng umumiy ma`noda ilmiy bilish obyektiv haqiqiy bilimni egallash jarayonidir. İlmiy bilish narsa va hodisalarni izohlash, tushuntirish va bashorat qilish kabi vazifalarni bajaradi. İlmiy bilish taraqqiyoti nazariya va tamoyillar almashinuviga olib keluvchi ilmiy inqilob deb atalmish inqilobiy davrlari, bilimlarni chuqurlashtiruvchi hamda mukammallashtiruvchi normal fan taraqqiyoti davrlari bilan almashinadi. İlmiy bilimlar obyektivligi, asoslanganligi bilan xarakterlanib, universallikka da`vo qiladi.
Racionallikka asoslangan ilmiy bilimni noilmiy bilimdan farqlaganda, eng avvalo, noilmiy bilim kimningdir uydirmasi yoki yolg‘on emasligini anglash zarur. Chunki u (racionallikdan farq qiluvchi) o‘zining normalari, etalonlari, bilish vositalari va manbalariga ega bo‘lgan aniq intellektual asoslarda shakllanadi.
Albatta, hozirgi kunda ilmiy bilishning boshlangan nuqtasi hisoblangan noilmiy bilimning ba`zi shakllari ilmiy bilimdan ham ilgariroq paydo bo‘lgan. Masalan, astrologiya astronomiyadan, alkimyo kimyodan qadimiyroqdir. Madaniyat tarixidagi bilimning xilma-xil shakllari klassik bilim standartlaridan farq qilib, noilmiy bilimlar guruhi sifatida ezoterizm umumiy tushunchasida mujassamlashtirilgan.
İnsoniyat tarixining dastlabki davrlaridayoq tabiat va olam haqidagi eng oddiy ma`lumotlar beruvchi kundalik amaliy bilimlarning asosi kundalik turmush tajribalari bo‘lib, unga oddiy ma`lumotlar yig‘indisi sifatidagi tarqoqlik va notizimlilik xarakterlidir.
Odatda, kishilar oddiy ijtimoiy munosabatlar jarayonida shakllanadigan juda katta kundalik bilimga ega bo‘ladilar, bu esa, o‘z navbatida, har qanday bilishga asos bo‘ladi. Ba`zida sof aql aksiomalari ilmiy mulohazalarga zid ravishda, fan taraqqiyotiga to‘sqinlik qilib, inson ongiga shu darajada singgadiki, natijada progressni to‘xtatuvchi to‘siqqa aylanadi. Ba`zida esa, aksincha, kundalik bilimda allaqachon tan olingan holatlarni fan isbotlash va rad qilishning uzoq hamda murakkab yo‘llari bilan izohlashga harakat qilinadi.
Bu, albatta, sof aql, shaxsiy tajriba, an`ana, receptlar va belgilarni o‘ziga qamrab oladi. Kundalik bilim haqiqatni qayd qilsa-da, uni nomuntazam va isbotsiz amalga oshiradi. Bunday bilimning xususiyati shundaki, odatda, u inson tomonidan ongsiz qo‘llaniladi va bu jarayonda qandaydir dalillar tizimini talab qilmaydi. Ba`zida kundalik tajribaviy bilim artikulyaciya (oddiy instinkt) darajasidan sakrab, shunchaki subyekt harakatlarini boshqaradi. Uning yana bir xususiyati mutlaqo yozish mumkin emasligidadir. Masalan, har bir etnik birlik, folьklorda shakllangan maqollarni u faqat dalil (fakt) sifatida e`tirof etadi, xolos. Lekin ular hech qachon kundalik bilim nazariyasi sifatida yozib qoldirilmaydi. Shuni ham aytish kerakki, olim xususiy ilmiy tushunchalar va nazariyalar zahiralarini voqelikning aniq sohasida qo‘llar ekan, doimo kundalik tajribaning umuminsoniy xarakterga ega bo‘lgan noxususiy sohasida ham ishtirok qiladi. Chunki, olim olim bo‘lsa-da, doim shunchaki inson sifatida qolaveradi.
Fandagi egallangan bilimning namoyon bo‘lishi bilan fanning o‘zi shug‘ullanadi. Aynan fan sohasida ilmiy bilimlarni umumlashtirish, tanlash, tizimlashtirish va ulardan kelgusida foydalanish haqida chuqur tasavvurlar hosil bo‘ladi.
Birinchi vaziyatdan bilim jamiyatning moddiy amaliy hayotida yoki uning ma`naviy boyishida, ikkinchisidan esa yangi ilmiy tadqiqotlarni, yangi tadqiqot dasturlarini yaratishda foydalaniladi. İlmiy bilimlardan tashqi va ichki jarayonda qo‘llashning oraliq vositasi, ta`lim tizimi hisoblanadi. Olamni anglashga yunaltirilgan inson faoliyatining alohida xususiyati sifatidagi fan bilan falsafa, metodologiya va fan mantig‘i, shuningdek falsafiy bilish nazariyasi shug‘ullanadi. İjtimoiy hodisa yoki ijtimoiy institut sifatidagi fan bilan fanshunoslik shug‘ullanadi.
Fan tarixi uning barcha sohalariga aloqador alohida predmet bo‘lib, odatda tarixiy ilmiy tadqiqotlarda «nima, qaerda va qachon» kabi daliliy izohlash bilan chegaralaniladi.
Tadqiqot predmetining barcha qismlarga (analitik sxema) bo‘linishini taxminiy ekanligini ham ta`kidlash kerak. Masalan, fanning predmetga oid tashkil qilinishi muammosi, bilim turlarining shakllanishi va rivojlanishi, ilmiy bilimlarning integraciyasi, sintezi, differenciyasi, o‘zaro aloqasi va o‘zaro ta`siri faoliyat sifatida, bilim tizimi sifatida, fan muammolarini tahlili va yo‘nalishlari bilim tizimi sifatida xizmat qiladi.
Fanni o‘ziga xos ijtimoiy hodisa va institut sifatida tushunishga nisbatan asosiy yondashuvlarni ko‘rib chiqamiz. Fanni formal ijtimoiy institut sifatida sodda va aniq tushunish uchun 1)institut sifatidagi fanga va 2)jamoa sifatidagi fanga «davlat ijtimoiy guruhining barcha xarakterli xususiyatlari» xosligini inobatga olish kerak.
Birinchi vaziyatda biz tashkilotlar tizimi va tashkil qilish shakllarini boshqarish tizimi (rahbar va uning qo‘l ostidagilarining lavozimlari), ierarxiya tizimi (unvon va darajalar), tashkilotlar tizimi (kafedralar, ilmiy, institutlar, jamiyat, akademiyalar, semenarlar tizimi, konferenciyalar, kongresslar, kengashlar), xuquqiy nazorat qilish tizimi (mualliflik xuquqi haqidagi qonun, olim va ilmiy jamoalarning maqomi), ishlab chiqarish vositalari tizimi (instrumental-eksperimental asboblar, laboratoriya xonalari, axborot tizimi) kabilarni nazarda tutganmiz.
İkkinchi vaziyatda biz olimlar jamoasida har qanday insoniyat jamoasining tipik xususiyatlarini ko‘rishimiz mumkin. İlmiy jamoada insonlar yashaydilar va ishlaydilar. (Seneka aytganidek, insonga xos barcha narsalar ular uchun begona emas). Xaqiqat peshvolari bo‘lmish bu jamoada g‘oyalar etakchilari va oddiy bajaruvchilar, qullar va hukmdorlar (olimlarning bir-birlariga nisbatan moddiy–ma`muriy qaramligiga u yoki bu darajada asoslangan munosabatlar), an`analar va xulq-atvor normalari, umume`tirof etilgan etika va rasmiy munosabatlar bayoni, ilmiy bilishning norma va ideallari, mafkurasi (masalan, tabiatshunoslikdagi matematik mafkura, kimyodagi fizik mafkura), o‘g‘ri va munofiqlar (g‘oya o‘g‘rilari, ko‘chiruvchilar, makkorlar, ongli ravishda eksperimentlar natijalari va nazariy fikrlarni bo‘rttiruvchilar), modaga amal qiluvchilar fandagi ilmiy yo‘nalishni ilmiy vijdonga, ichki ehtiyojga emas, balki tashqi foyda va manfaatda ommaviy ekologizaciya va fanning kompьyuterlashuviga qarab tanlovchilar bor. Va nihoyat, ilmiy jamoada, nafaqat aqllilar, balki axmoqlar ham bor.
Olimlar jamoasi, fan institutlariga xos munosabat shakllari va xususiyatlaridan maxsus tahlilni talab qiluvchi turli muammolarning mavjudligini ko‘rish mumkin. Fanshunoslik muammolari ushbu ishning predmeti bo‘lmaganligi uchun, biz yuqoridagi izohlar bilan chegaralanamiz va quyida ilmiy bilish shakllanishining tarixiy-mantiqiy tamoyillariga tayanib, aksariyat holda falsafa va fan metodologiyasi muammolarini tahlil qilamiz.
Fan va ilmiy bilish bir butun tizim sifatida turli sohalarning qismlaridan (elementlaridan) tashkil topgan. Bilish predmetini dastlabki tahlilida ilmiy bilim va fanni ikki asosiy bo‘limga: tabiatshunoslik va ruh haqidagi fanlarga bo‘lish mumkin.
Tabiiy fanlar – tabiat haqidagi fandir (yunoncha, tabiat-physis, lotincha, natura). Tabiiy fan obyektlari aksariyat hollarda moddiydir (makon va zamon bundan mustasno, biroq ba`zi koncepciyalarga ko‘ra, makon va zamon moddiy obyektlarning xossalari bilan bog‘liq ravishda o‘rganiladi). Moddiy obyektlar narsa va maydondan iborat. Maydon (gravitacion, elektromagnit) – hajmga ega bo‘lmasa-da, lekin makon va zamon o‘lchoviga ega. Predmetli sohasiga ko‘ra, tabiiy fanlar fizika, kimyo, biologiya, geologiya va, albatta, qator xususiy sohalar (fanlar)ga bo‘linadi. Mexanika, elektrodinamika, molekulyar fizika, organik kimyo, analitik kimyo, ornitologiya, fiziologiya, biogeoximiya, ekologiya kabilar shular jumlasidandir. Tabiiy fanlar tabiatni o‘rganadi, deyish ham mumkin.
XX asr o‘rtalaridan insonning ma`naviy-ijodiy faoliyati va tabiatning ideal obyektlari: (intellekt, ong, xudo, Platon g‘oyalari) din, san`at, jamiyat, davlat, xuquq, iqtisod kabilarni o‘rganuvchi barcha fan sohalari ham teologiya, dinshunoslik, estetika, sociologiya, etika-estetika, iqtisod, xuquqshunoslik kabilar ham ruh haqidagi fan, deb ataldi.
Ruh haqidagi fan ideal obyektlar haqidagi fandir. Qanday bo‘lishidan qat`i nazar, ideal obyektlar mavjud va realdir. Biroq ular hajm va makon o‘lchoviga ega emas.
Shuni ham aytish kerakki, barcha fanlarni tabiiy deb atash mumkin, zero insonning o‘zi tabiatning bir bo‘lagidir, demak uning ma`naviy va moddiy faoliyati, barcha tirik mavjudotlar faoliyati tabiiy bo‘lgani kabi tabiiydir. Biroq bunday umumlashtirish formal bo‘lar edi. Chunki insonga iroda erkinligi xos va u tabiat kabi erkin yaratuvchanlik xususiyatiga ega.
Tabiiy va ruh haqidagi fanlardan tashqari yana shunday fanlar tizimi borki, ularni ham tabiiy, ham ruh haqidagi fanlar qatoriga qo‘yish mumkin: psixologiya, antropologiya, sociologiya, socibiologiya, ekologiya va esxotologiya kabilar shular jumlasidan. Ular qatoriga matematikani ham kiritishimiz mumkin, chunki undagi qator muammolar, masalan, Leybnic va Nьyuton asoslagan differencial va integral tenglamalar tabiatshunoslik fani bilan bog‘liq bo‘lsa, boshqa qator muammolar: sof aql, sof aqlning erkin faoliyati ijodiy jarayondir.
Shuni ham ta`kidlash joizki, agar fanlarning ma`lum sohaga, predmetli yo‘nalishlariga qarab dastlabki bo‘linishi amalga oshirilsa, unda xususiy sohalar boshqa klassifikacion invariantlarga ega bo‘ladi.
Mantiqiy-predmetli darajada yangi ilmiy sohalarning paydo bo‘lishini uchta asosiy tarkibiy qismlarga: predmet, metod, maqsadli bilishga ajratish mumkin. Bunday tarkibiy qismga bo‘linish, albatta, muammoni soddalashtiradi va sxemalashtiradi, bir qaraganda bunday yondashuv etarli darajada to‘g‘ri va hatto keng tarqalgandek tuyuladi (fan institutlarida yangi bilim sohalarining kelgusida rasmiylashtirish muammosi). «Fan va ilmiy bilish» tushunchasida berilgan predmet sohalaridagi tadqiqotlarning boshqa tomoni, uning fundamental va amaliy sohalarni metodologik tahlil qilganda namoyon bo‘ladi. Bunday bo‘linish muammolariga alohida to‘xtalmok kerak.



Download 33.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling