2-mavzu. Fonetika. Talaffuz va urg‘u reja: Fonetika. Urg‘u. So‘z urg‘usi va uning turlari


O‘rniga ko‘ra so‘z urg‘usi ikki xil bo‘ladi


Download 76.5 Kb.
bet2/5
Sana07.02.2023
Hajmi76.5 Kb.
#1173299
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-mavzu. Talaffuz va urg\'u

2. O‘rniga ko‘ra so‘z urg‘usi ikki xil bo‘ladi: bog‘langan urg‘u va erkin urg‘u:
a) bog‘langan urg‘uli tillarda urg‘u so‘zdagi biror bo‘g‘inga doimiy bog‘langan bo‘ladi. Masalan, turkiy tillarda urg‘u so‘zning oxirgi bo‘g‘iniga tushadi. Bu xususiyat o‘zbek tiliga ham xos: kitob, daraxt, bola, oma, shahar kabi. Venger va chex tillarida so‘z urg‘usi birinchi bo‘g‘inga, polyak tilida esa so‘zning oxiridan bitta oldingi bo‘g‘inga tushadi. Bunday xususiyat yuqorida keltirilgan tillarning urg‘u tizimiga xos doimiy va asosiy belgilardir;
b) erkin urg‘uli tillarda urg‘u so‘zning turli bo‘g‘inlariga tushadi. Rus tili ana shunday erkin urg‘uli tillar tipiga kiradi. Unda urg‘u so‘zning birinchi bo‘g‘iniga (ma΄gniy, za΄vuch), ikkinchi, uchinchi bo‘g‘inlariga (ora΄tor, bakte΄riya, oduva΄nchik, baraxo΄lka) va oxirgi bo‘g‘iniga (bandero΄l, peyza΄j) tushishi mumkin. Erkin urg‘uli tillarda urg‘uning o‘rni so‘z ma‘nolarini farqlash funksiyasini (fonologik vazifani) ham bajaradi, ana shu funksiyasida u aksentema hisoblanadi: zamo‘k (kulf) va za‘mok (qal‘a, qasr, saroy, qo‘rg‘on), pa‘rit (bug‘lamoq) - pari‘t (parvoz qilmoq) kabi. Bog‘langan urg‘uli tillarda bu holat juda kam uchraydi: rus tilidan o‘zlashgan so‘z bilan o‘zbek tili so‘zlari o‘rtasida shunday munosabat paydo bo‘lganda (atla‘s va a‘tlas kabi), sifatlar ravishga ko‘chganda (yangi‘ va ya‘ngi kabi) urg‘uning o‘rni ma‘no farqlash xususiyatiga ega bo‘lishi mumkin, ammo bu xususiyat bog‘langan urg‘uli tillar uchun yetakchi va doimiy belgi hisoblanmaydi.
3. Harakat qilish belgisiga ko‘ra so‘z urg‘usi ko‘chadigan va ko‘chmaydigan turlarga bo‘linadi:
a) ko‘chadigan urg‘u muayyan tildagi so‘zlarda, ayniqsa, ularning turli grammatik shakllarida bir bo‘g‘indan boshqa bo‘g‘inga o‘tib turadi, demak, harakatda bo‘ladi. Bu xususiyat rus tilida ko‘proq uchraydi. Masalan: zagna‘t‘- za‘gnan-zagonya‘t; zada‘t-za‘dal-zadala‘, ra‘na-rane‘nie kabi. Rus tilidagi urg‘uning turli o‘rinlarga ko‘chishi hatto bir so‘zning o‘zida ham uchraydi: dokrasna‘-do‘krasna, zali‘tыy-za‘litыy, kazaki‘—kaza‘ki, ina‘che- i‘nache, zagi‘b- za‘gib kabi. Bu xususiyat rus tilidagi erkin urg‘uning harakatchanlik belgisidir. Bunday belgi (harakat qilish, ko‘chish) o‘zbek tilidagi bog‘langan urg‘uda ham uchraydi, Masalan: temi‘r-temirchi‘-temirchili‘k kabi. Demak, so‘z urg‘usining harakat qilish, ko‘chish belgisi erkin urg‘uli tillarda ham, bog‘langan urg‘uli tillarda ham bor, ammo ulardan birida (masalan, rus tilida) ko‘chish turli yo‘nalishda – oldingi bo‘g‘indan keyingi bo‘g‘inga yoki, aksincha, keyingi bo‘g‘indan oldingi bo‘g‘inlarga qarab bo‘ladi. Masalan: trava‘ (urg‘u so‘zning oxirgi bo‘g‘inida) – tra‘vы (urg‘u oxirgi bo‘g‘indan oldingi bo‘g‘inga ko‘chgan), vi‘dno (urg‘u birinchi bo‘g‘inda) - vida‘t (urg‘u oxirgi bo‘g‘inga ko‘chgan) kabi.
O‘zbek tilidagi ko‘chish esa asosan bir yo‘nalishda sodir bo‘ladi: urg‘u o‘zak oxiridan qo‘shimchalarga tomon harakat qiladi. Masalan, shaha‘r - shaharli‘k - shaharlikla‘r kabi. Demak, o‘zbek tilidagi so‘z urg‘usining harakat qilishi bu tildagi urg‘uning oxirgi bo‘g‘inga bog‘langanlik belgisiga xilof emas, aksincha, u ayni shu me‘yor talabi asosida oxirgi bo‘g‘inga ko‘chmoqda. O‘zbek tilida so‘z urg‘usining oldingi bo‘g‘inga qarab ko‘chishi juda kam uchraydi: yangi‘ (yangi uy) va ya‘ngi (yangi kelib-ketdi) kabi. Bulardan tashqari, so‘z ma‘nolari kuchaytirilganda, bu ma‘nolarga uslubiy bo‘yoq qo‘shish zarurati bo‘lganda yuzaga keltiriladigan geminatsiya (bir xil undoshlarning qavatlanishi) hodisasida ham urg‘uning oldingi bo‘g‘inlarga ko‘chirilishi kuzatiladi: maza qilmoq - mazza qilmoq, yashamagu‘r - ya‘shshamagur kabi. Bunday paytlarda urg‘u fonostilistik vositaga aylanadi;
6) ko‘chmaydigan urg‘u so‘z tarkibidagi bitta bo‘g‘inga bog‘langan bo‘lib, u boshqa bo‘g‘inlarga o‘tmaydi: rus tilidagi zavo‘d, naro‘d, rabo‘tat so‘zlari-ning turlanishi va tuslanishida bu hodisa kuzatiladi: naro‘d - naro‘dы -naro‘dov - naro‘dami - dlya naro‘da; rabo‘tat - rabo‘tayu - rabo‘taesh -rabo‘taet - rabo‘tayut - prorabo‘tay - prorabo‘tali kabi. O‘zbek tilida bu xususiyat ayrim olmoshlarning turlanishida kuzatiladi: ha‘mma - ha‘mmani -ha‘mmaning - ha‘mmaga - ha‘mmada - ha‘mmadan; ba‘rcha - ba‘rchani - ba‘rchaning - ba‘rchaga - ba‘rchada - ba‘rchadan kabi.
O‘zbek tilidagi qo‘shma va juft so‘zlarda urg‘u ikki va undan ortiq bo‘lishi ham mumkin. Bunday paytlarda oxirgi bo‘g‘indagi zarb kuchliroq bo‘ladi va asosiy urg‘u sanaladi, qolgan urg‘ular ikkinchi darajali xisoblanadi: kaltäkesa‘k, temürbeto‘n, gultojüxo‘ro‘z, akä-uka‘, qzön-tovo‘q kabi. Bunday ikkinchi darajali urg‘ular, rus tilida ham uchraydi: jelezöbeto‘n, samöproizv‘lnost, temnö - si‘niy kabi. So‘z urg‘usining til va nutqdagi roli:
a) so‘zning fonetik qobig‘ini bir butun (kompleks) xolatda ushlab turuvchi markaz bo‘ladi;
b) nutq oqimida so‘zni boshqa so‘zdan ajratib olishga yordam beradi;
v) so‘z urg‘usining harakatchan turi so‘zlarning leksik va grammatik ma‘nolarini farqlashi ham mumkin;
g) nutqda fonostilistik vosita bo‘la oladi. Keyingi ikki holat urg‘uning fonologik va aksentologik xususiyatlari sanaladi.
11. Sintagma urg‘usi - nutq oqimining ma‘no jihatdan muhim bo‘lgan qismini (sintagmani) alohida ta‘kidlash, ajratish uchun qo‘llangan urg‘u. Sintagmani aniqlash mezoni ikkitadir: a) semantik mezon; b) sintaktik mezon.
Bu mezonlar sintagmaning grammatik - semantik jihatdan yaxlit bir butun konstruksiya ekanligidan kelib chiqadi. Sintagma urg‘usi fraza (gap) ichidagi mazmunan yaxlit, grammatik jihatdan bir butun bo‘lgan qismni maxsus ta‘kidlash, uni shu fraza (gap) ichidagi boshqa sintagmalardan ajratish uchun xizmat qiladigan fonetik vositadir. Buni quyidagi nutqiy parcha taxlilida ko‘rib chiqaylik: "Iktisodiy va siyosiy sohalardagi barcha islohotlarimizning pirovard maqsadi yurtimizda yashayotgan barcha fuqarolar uchun munosib hayot sharoitlarini tashkil qilib berishdan iboratdir. Aynan shuning uchun ham ma‘naviy jihatdan mukammal rivojlangan insonni tarbiyalash, ta‘lim va maorifni yuksaltirish, milliy uyg‘onish g‘oyasini ro‘yobga chiqaradigan yangi avlodni voyaga yetkazish davlatimizning eng muhim vazifalaridan biri bo‘lib qoladi". (Prezident I. Karimovning 1995-yil fevral oyidagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasidagi ma‘ruzasidan). Yuqoridagi nutqiy parchada ikkita sodda yoyiq gap bor: 1." Iktisodiy va siyosiy sohalardagi barcha islohotlarimizning pirovard maqsadi yurtimizda yashayotgan barcha fukarolar uchun munosib hayot sharoitlarini tashkil qilib berishdan iboratdir". 2."Aynan shuning uchun ham ma‘naviy jihatdan mukammal rivojlangan insonni tarbiyalash, ta‘lim va maorifni yuksaptirish, milliy uyg‘onish g‘oyasini ro‘yobga chiqaradigan yangi avlodni voyaga yetkazish davlatimizning eng muhim vazifalaridan biri bo‘lib qoladi". Har bir gap nutqning fonetik bo‘linishida bir frazaga teng bo‘lishini hisobga olsak, keltirilgan nutqiy parchada ikkita fraza borligi ma‘lum bo‘ladi. Frazalar, ma‘lumki, katta pauzalar bilan birbiridan ajratiladi (pauza ham fonetik vosita – intonatsiyaning tarkibiy uzvlaridan biri). Har bir fraza taktlarga (sintagmalarga) bo‘linadi. Demak, sintagmalar frazaning kichikroq (kisqaroq) pauzalar bilan ajratiladigan parchalaridir. Yuqoridagi ikki frazadan birinchisida quyidagi parchalar – sintagmalar bor:
a) "Iqtisodiy va siyosiy sohalardagi barcha islohotlarimizning pirovard maqsadi";
b) "yurtimizda yashayotgan barcha fuqarolar uchun munosib hayot sharoitlarini tashkil qilib berishdan iboratdir". Bu sintagmalardan birinchisi alohida urg‘u (sintagma urg‘usi) bilan yakunlangan bo‘lib, uning fonetik tabiati quyidagi belgilarga ega: sintagma oxiridagi "maqsadi" so‘zining so‘nggi bo‘g‘ini ochiq bo‘lib, bu bo‘g‘indagi "i" unlisi cho‘ziq talaffuz etilmoqda (kvantitativ urg‘u), tovush toni ko‘tarilgan (ton belgisi), kuchi esa intensivlashgan (zarb belgisi), bu hol shu sintagmaning ma‘nosini alohida ta‘kidlash imkonini bergan. Sintagma urg‘usidan so‘ng kelgan qisqa pauza birinchi va ikkinchi sintagmalarni bir-biridan ajratish vazifasini bajargan. Sintagma urg‘usining o‘rni kuzatilgan maqsad va nutq situatsiyasiga qarab o‘zgartirilishi ham mumkin. Bunday paytda u gapning grammatik jihatlariga ham ta‘sir qiladi. Qiyos qiling: Bu shifokor - Dilbarning onasi. (Bu shifokor - ega sostavi; Dilbarning onasi - kesim sostavi). Bu - shifokor Dilbarning onasi, (Bu-ega, shifokor Dilbarning onasi - kesim sostavi).
III. Ayiruv urg‘usi - gap bo‘laklaridan birini alohida ta‘kiddash uchun yoki so‘zlovchining his-hayajoni, voqelikka munosabatini maxsus ifodalash maqsadida qo‘llanadigan urg‘u. U ikki turga bo‘linadi: logik urg‘u (mantiq urg‘usi) va emfatik urg‘u.

Download 76.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling