2-mavzu. Fonetika. Talaffuz va urg‘u reja: Fonetika. Urg‘u. So‘z urg‘usi va uning turlari


Download 76.5 Kb.
bet4/5
Sana07.02.2023
Hajmi76.5 Kb.
#1173299
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-mavzu. Talaffuz va urg\'u

1. Nutq melodikasi. Bunda nutqda ishtirok etgan gaplardagi ovozning ko‘tarilishi va pasayishi nazarda tutiladi. Bu jarayon gap tarkibidagi so‘zlarning bo‘g‘inlarida qo‘llangan unli tovushlarning baland yoki past talaffuz etilishiga asoslanadi. Tabiiyki, gapdagi barcha so‘zlarning bo‘g‘inlari bir xil balandlikda talaffuz etilmaydi, ular gapning mazmun planiga (fikr, his-tuyg‘u va hokazolarga) qarab o‘zgarib boradi. Shuning uchun ham darak, so‘roq va buyruq gaplarning yohud emotsional va emotsional bo‘lmagan gaplarning intonatsiyalari bir xil emas.
2. Nutq ritmi - urg‘uli va urg‘usiz, cho‘ziq va qisqa bo‘g‘inlarning qo‘llanishida vazndoshlik, ohangdoshlikning mavjud bo‘lishi. Nutq ritmining badiiy yoki ifodali o‘qishda, shuningdek, she‘riy misralardagi qofiyadoshlik, ohangdoshlikni ta‘minlashda ahamiyati katta: band ritmi, alliteratsiya ritmi, anafora, emfaza kabilar nutq ritmini ta‘minlovchi muhim vositalar sanaladi.
3. Temp - sur‘at, daraja, tezlik. Bunday tezlik gap tarkibidagi tovushlar talaffuziga sarflangan vaqt bilan belgilanadi. Bunday vaqt gap bo‘laklari, ularning o‘rni, gapning turi, situatsiya kabi omillar ta‘sirida har xil bo‘ladi. Masalan, darak gaplarda gap boshida kelgan ega talaffuzida temp sekinroq bo‘ladi, bu temp kesim sostavida tezlashadi. Agarda ega logik urg‘u olsa, uning talaffuzidagi temp kuchayadi. So‘roq gapda eganing talaffuzidagi tezlik darak gapdagi eganikidan bir oz ortiq bo‘ladi, kesim talaffuzidagi tezlik esa nisbatan kamayadi. Buyruq gaplarda temp gap oxiriga tomon tezlashib boradi, ammo oxirgi so‘z talaffuzidagi tezlik keskin pasayadi.
4. Nutq, intensivligi - talaffuzning kuchli va kuchsiz bo‘lishi. Nutq intensivligi, odatda, nafas chiqarishning kuchayishi yoki kuchsizlanishiga asoslanadi. Masalan, xonadagi nutq ochiq maydondagi nutq intensivligidan kuchsizroq bo‘ladi.
5. Nutq tembri — tovushning bo‘yoqdorligi. Bunday bo‘yoqdorlik asosiy ton va qo‘shimcha tonlar nisbatidan kelib chiqib, nutqning ta‘sirli, kuvnoq, o‘ynoqi yoki, aksincha, ma‘yus, g‘amgin bo‘lishini ta‘minlaydi.
6. Pauza - nutq oqimidagi ayrim to‘xtalishlar. Pauzaning sintaktik va nosintaktik turlari bor: sintaktik pauza gap bo‘laklarini belgilash funksiyasini bajaradi; nosintaktik pauza esa so‘zlovchining nafas oli-shini rostlash ehtiyoji bilan yuzaga keladi. Shuni ta‘kidlash kerakki, logik urg‘u va emfatik urg‘ular ham, aslida, intonatsiya bilan bog‘liq hodisalardir, ammo ular urg‘ular tizimiga ham dahldor, shu bois ularni qo‘llanmaning aksentuatsiyaga oid bo‘limida ko‘rish ma‘qul topildi. II. Intonatsiya turlari - intonatsiyaning yuqorida sanab ko‘rsatilgan prosodik elementlar ishtirokida shakllangan maxsus ko‘rinishlari. Ularga quyidagilar kiradi:

Download 76.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling