2-mavzu. Gidrodinamika Режа
Xom-ashyo, material va mahsulotlarning asosiy xossalari
Download 302.08 Kb.
|
!!2-мавзу. Гидродинамика
- Bu sahifa navigatsiya:
- Zichlik
Xom-ashyo, material va mahsulotlarning asosiy xossalari
Xom-ashyoni qayta ishlash natijasida hosil bo`lgan ko`pgina kimyo va oziq-ovqat mahsulotlari turli jinsli sistemalardan tashkil topgan bo`ladi. Ularning asosiy fizik-mexanik va diffuzion-issiqlik xossalari – zichlik, so-lishtirma og`irlik, qovushoqlik, sirtiy taranglik, issiqlik sig`im va o`tkazuvchanlik, temperatura o`tkazuvchanlik va boshqalar bilan xarakterlanadi. Zichlik. Hajm birligidagi V bir jinsli jismning massasi m zichlik deb yuritiladi: (1) bu erda - zichlik, kg/m3; m - massa, kg; V – hajm, m3. Zichlik kattaligiga teskari bo`lgan kattalik solishtirma hajm v deb yuritiladi: (2) bu erda v - solishtirma hajm, m3/kg. Nisbiy zichlik deb modda zichligining suv zichligi s nisbatiga aytiladi va u ushbu ko`rinishga ega: (3) Suyuq, toza moddalar eritmalarining zichligi erigan modda kontsentratsiyasi va eritma temperaturasiga bog`liq: (4) bu erda QM - quruq modda kontsentratsiyasi, %; T - eritma temperaturasi, K. Suyuqlik aralashmasining hajmini komponentlar hajmlarining yig`indisiga teng deb qabul qilib, uning zichligini ushbu formuladan aniqlash mumkin: (5) bu erda x1, x2,...- komponentlarning massaviy ulushlari; ar, 1, 2, ... - aralashma va komponentlarning zichliklari, kg/m3. Suspenziya zichligi sus quyidagi formula yordamida hisoblab topiladi: yoki (6) bu erda x - suspenziya tarkibidagi qattiq fazaning massaviy ulushi; k va s - qattiq va suyuq fazalarning zichliklari, kg/m3. Qand qiyomi, meva va meva-rezavorlarning sharbati yoki shakarli sut kabi suyuqliklarning 20°C temperaturadagi zichligi ushbu formuladan aniqlanadi: (7) bu erda x - quruq moddalar kontsentratsiyasi, %. Agarda, temperatura 20°C dan farqli bo`lsa, quyidagi formula qo`llaniladi: (8) bu erda t - mahsulot temperaturasi, oC. Tomat mahsulotlarining zichligi esa, ushbu formulada hisoblanadi: (9) Download 302.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling