2-Mavzu: Gimnastikaning rivojlanish tarixi va gimnastika turlari Reja


Sokol ( lochinlar) gimnastika tizimi


Download 19.96 Kb.
bet3/4
Sana25.02.2023
Hajmi19.96 Kb.
#1229763
1   2   3   4
Bog'liq
2-maruza (1)

Sokol ( lochinlar) gimnastika tizimi
Mazkur tizim Avstriya, Vengriya sostavida bo’lgan slavyan xalqlarining milliy ozodlik kurashiga aloqador tarzda XIX asr o’rtalarida yuzaga keldi. Chexiyada lochinlar xarakati paydo bo’lib.
Lochinlar gimnastika sistemasi tuzila boshlandi. O’z vatanini Avstriya zulmidan ozod qilishiga qaratilgan. Vatanparvarlik kayfiyatidagi liberal burjuaziya vakili Praga universitetining estetika va sa’nat tarixi professori M. Tirsh (1832-1884 yillar) bu tizimni asoschisi bo’lib.
Lochinlar gimnastika tizimi mazmun jixatidan nemis gimnastika tizimiga yaqin edi, ammo uning o’ziga xos xususiyatlari bor edi.
Tirsh barcha xolat va xarakatlar ijrochilarning xam tomoshabinlarning xam ruxini ko’tarish, quvonch va estetik zavq uyg’otadigan shaklda bo’lishiga intilgan edi. Lochinlar bir xildagi mashqlarni bexisob takrorlash o’rniga to’rt xarakat kombinastiyalarini kiritdilar. 1862 yildan boshlab esa gimnastika musobaqalari maxsus ishlab chiqilgan qoidalarga binoan o’tkaziladigan bo’ldi.
Gimnastikaning taraqqiyoti
Zikir etilgan tizimlarda sinfiy xarakter va milliy an’analar aks etilgan. XIX asr oxirlarida ilmiy asoslangan quyidagi dastlabki tizimlar rossiyada P.F. Lesgaft (1837-1909 yillar) tizimi Franstiyada J.Demsni (1850-1917 yy.) fiziolog va pedagog tizimi paydo bo’la boshladi. J.Demsni jismoniy tarbiyaga oid asar e’lon qildi. U mashqlar statik emas balki dinamik bo’lishi, to’la amplituda bajarilishi, shaklan nafis bo’lishi kerak deb xisoblar edi. Demsni salomatlikni mustaxkamlash gavda tuzilishi va xarakatlarning nafisligiga erishishni, kishining chaqonligi va irodaviy xislatlarini rivojlantirishni. Jismoniy tarbiyaning vazifasidir deb xisoblangan. XIX asr oxirlarida va XX asr boshlarida gimnastikaning yangi turlari paydo bo’ldi, jumladan badiiy va ritmik gimnastikaning yangi turlari tashkil topdi, tibbiyotning soxalaridan biri bo’lib qolgan davolash gimnastikasi, ko’proq gigienik yo’nalishida bo’lgan individual gimnastika tizimi (Myullerning Mening tizimim, Saidovning Gantelli gimnastikasi, Porshekning, Anoxining Individual gimnastika tizimi va xokazo) keng qo’lanildi.



Download 19.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling