2-Mavzu: Gimnastikaning rivojlanish tarixi va gimnastika turlari Reja


Download 19.96 Kb.
bet1/4
Sana25.02.2023
Hajmi19.96 Kb.
#1229763
  1   2   3   4
Bog'liq
2-maruza (1)


2-Mavzu: Gimnastikaning rivojlanish tarixi va gimnastika turlari
Reja:

1. Kirish. Gimnastika sport turining tarixi va uning rivojlanishi.


2. Gimnastika turlari.
3. Sog’lomlashtirish turlari.


Kirish. Gimnastikaning vujudga kelishi.

Jismoniy tarbiya vositasi sifatida gimnastika uzoq vatq mobaynida rivojlanib kelgan. Uning qaror topishi ijtimoiy tizim o’zgarishi bilan odam xaqidagi fanning rivojlanishi bilan.


Shuningdek urish qilish usullarining o’zgarishi bilan boliq bo’lgan. Bular gimnastikaning mazmunan o’zgarishga uning o’qitish metodikasi xatto mashqlarni bajarish texnikasining o’zgarishiga xam muxim ta’sir ko’rsatdi. XVIII-XIX asrlardan gimnastika tizimiga kirgan ayrim mashqlar qadimgi Rimda xamda bir ancha g’arbiy evropa mamlakatlaridagi o’rta asrlar davridayoq xarbiy-ijtimoiy tayyorgarlik ko’rishda qo’llanilgan edi. Yog’och ot ( kon) da parvonda xiylariga xujum qilishni o’rgatishda qo’llaniladigan boshqa inshotlardagi mashqlar shular jumlasiga kiradi. Akrobatik mashqlar va arqon ustidagi mashqlarni darbadarlikda yurgan artistlar namoish qilardilar. O’rgatish davrdagi gimnastlar yoshlarni xar yoqlama tarbiyalashga katta axamiyat bera boshladilar. Gimnastika mashg’ulotlarini ular insonning sog’lig’ini mustaxkamlash va jismoniy kuchni rivojlantirishning eng yaxshi vositasi deb bilardilar.


Yangi davr gimnastikasi
Ya.A.Kamenskiyning asarlari va uning didaktik prinsiplari tizimi XVIII asr pedagogika klassiklari Jan-Jak Russo (1712-1778) va ayniqsa Pestalossi ( 1746-1827) dunyokarashlarining taraqqiyotiga yordam berdi. Bularning jismoniy tarbiya soxasidagi xizmatlari shundan iboratki, ular gimnastikaning chinakam tiklanishiga turtki berdilar. Russo jismoniy mashqlar inson tanasining mustahkamlaydi, kuch va xarakat imkoniyatlarining rivojlanishi uchun kerakli sharoit yaratib beradi, yashash uchun tayyorlaydi, aqliy komol topishga xamda salomatligini mustahkamlashga yordam beradi deb hisoblagan Russo, Pestalossi va boshqa o’ta zamon pedagogikasi arboblarining pedagogik g’oyalari g’arbiy evropa mamlakatlarining burjua ziyolilari tomonidan qo’lab-kuvvatlar edi. XVIII asrning 70 yillarida ayrim shaxarlarda yangi tipdagi maktablar - filantropinlar tuzila boshlandi, bu maktablarda nemis milliy gimnastikasi yuzaga kela boshladi.
Fit (1763-1836) va Guts-Mutslar (1759-1839 yillar) filantropinlardagi gimnastikaning eng mashxur raxbarlari edilar. Fit uch tomlik asarida gimnastika xaqidagi nazariy va amaliy ma’lumotlarni bayon qilib bergan. U mashg’ulotlardan maqsad salomatlikni mustaxkamlash kuch va xarakat tezligini rivojlantirish, komatining chiroyli bo’lishiga erishish, aqliy rivojlanish va psixik faoliyatiga ko’mak berishdir deb xisoblar edi. Fit o’z asarida bir ancha qimmatli metodik ko’rsatmalar berdiki, ular xanuzchaga axamiyatini yo’qotmagan. XVIII asr oxirlariga kelib yangi zamon gimnastikasining nazariy asoslari ko’zga tashlana boshladi.



Download 19.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling