2-mavzu. Hayot faoliyati xavfsizligining huquqiy


Mehnat muhofazasining huquqiy asoslari


Download 337.11 Kb.
bet2/5
Sana23.01.2023
Hajmi337.11 Kb.
#1113897
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-MAVZU

Mehnat muhofazasining huquqiy asoslari
Mamlakatimizda mehnat muhofazasi qonun hujjatlari bilan belgilab qo'yilgan bo'lib, tartibga solinadi, boshqarib turiladi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida, Mehnatni puhofaza qilish to’g’risidagi Qonunda mehnat muhofazasiga oid asosiy nizomlar keltirilgan. O'zbekiston Respublikasida sog'lom va xavfsiz mehnat sharoitini yaratish davlat ahamiyatiga molik ishdir. Asosiy Qomusimizda har bir shaxs ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir deyilgan.
Konstitutsiyaga muvofiq davlatimiz fuqarolari millati, irqi va jinsidan qat’iy nazar, teng huquqlidirlar. Sharoiti og'ir va zararli ishlarda ayollar va yoshlar mehnatidan foydalanish taqiqlanadi. Homilador ayollarning tunda va ishdan tashqari , vaqtda ishlashlari cheklangan.
Qonunda sharoiti zararli bo‘lgan ishlarda, shuningdek, alohida harorat sharoitida bajariladigan yoki ifloslanish bilan bog‘liq ishlarda ishlaydigan ishchi-xizmatchilarga belgilangan me’yorlaiga muvofiq bepul jomakor, maxsus poyabzal va boshqa turdagi yakka tartibdagi himoya vositalari, sut yoki uning o'rnini bosa oladigan boshqa oziq-ovqat mahsulotlari berilishi ko‘zda tutilgan. Mehnat munosabatlarini tartibga solish uchun jamoa va mehnat shartnomalari tuziladi.
Jamoa shartnomasi ishchi va xizmatchilar nomidan fabrika, zavod kasaba qo‘mitalari, mahalliy mehnat muhofazasi inspeksiyasi bilan korxona, tashkilot ma’muriyati o'rtasida tuziladi. Unda mazkur tashkilot uchun belgilangan mehnat va mehnatning quyidagi asosiy nizomlari: ish vaqti, dam olish vaqti, mehnatga haq to'lash, moddiy rag‘batlantirish, mehnat muhofazasi haqidagi nizomlar qabul qilinadi.
Mehnat shartnomasi mehnatkashlar bilan korxona, muassasa, tashkilot o‘rtasidagi bitim bo‘lib, unga ko‘ra mehnatkashlar o‘zining ixtisosi, malakasi va mansabi doirasidagi ishni mehnat tartibiga muvofiq bajarish, korxona, muassasa, tashkilot esa mehnatkashga mehnatiga haq to‘lash, mehnat haqidagi qonunlarda jamoa shartnomasi va tomonlar bitimida ko'zda tutilgan mehnat sharoitini ta’minlash majburiyatini oladi. Ma’muriyatga quyidagi vazifalar yuklanadi:
1. Soglom va xavfsiz ish sharoitlarini ta’minlash.
2. Kasb kasalliklarini va jarohatlami ogohlantiruvchi zamonaviy xavfsizlik texnikasi vositalarini tatbiq qilish.
3. Ishchi-xizmatchilami bepul kojoma va himoya vositalari bilan ta’minlash.
4. Zararli ish sharoitlarida sut va maxsus ovqatlar bilan ta’minlash.
5. Tibbiyot ko‘riklarini o‘z vaqtida o ‘tkazib turish.
6. Yo‘riqnomalaming barcha turlarini o‘z vaqtida o‘tkazib turish.
Ayollarga tuqqunga qadar yetmish kalendar kun va tuqqanidan keyin ellik olti kalendar kun (tug‘ish qiyin kechgan yoki ikki va undan ortiq bola tug‘ilgan hollarda — yetmish kalendar kun) muddati bilan homiladorlik va tug‘ish ta’tillari berilib, davlat ijtimoiy sug’urtasi bo'yicha nafaqa to‘lanadi ≫ (MK. 233-modda).
Homilador ayollar yengil ishlarga yoki ish soati to‘liq bo‘lmagan ish joylariga o‘tkaziladilar. 16 yoshga to‘lmagan yoshlarni ishga qabul qilish taqiqlangan. Ayrim hollarda 15 yoshdan ham ishga olish mumkin (mehnat muhofazasi inspeksiyasining ruxsati bilan). Balog‘at yoshiga yetmagan (16 dan 18 gacha) yoshlar uchun qisqartirilgan olti soatli ish kuni joriy etilgan. Ulaming tungi va asosiy vaqtdan tashqari qo‘shimcha ishlarda ishlashi taqiqlangan.

Download 337.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling