2-mavzu. Hayot faoliyati xavfsizligining huquqiy
Mehnat muhofazasi qonunlarining buzilganligi uchun javobgarlik turlari
Download 337.11 Kb.
|
2-MAVZU
- Bu sahifa navigatsiya:
- Moddiy javobgarlik
Mehnat muhofazasi qonunlarining buzilganligi uchun javobgarlik turlari
Davlat qonunchiligi mehnat muhofazasi qoida va me’yorlarining buzilishi uchun qat’iy javobgarlik belgilaydi. Javobgarlik turlari uch turlidir: 1. Ma’muriy javobgarlik (hayfsan e’lon qilish, vaqtincha yoki butunlay kam maoshli ishga o'tkazish, imtiyozlarni cheklash). 2. Jinoiy javobgarlik O'zbekiston Respublikasi jinoyat protsessual kodeksiga binoan olib boriladi. Masalan: — qoidaning buzilishi baxtsiz hodisaga olib kelsa, bir yilgacha axloq tuzatish yoki ozodlikdan mahrum qilish yoki besh eng kam ish haqigacha jarima yoki ishdan bo'shatish choralari qo'llanadi; — qoidaning buzilishi tan jarohatiga yoki mehnat qobiliyatini yo'qotishga olib kelsa, 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki bir yilgacha axloq tuzatish choralari qo'llanadi; — qoidaning buzilishi kishining o'limiga yoki bir necha kishining og'ir tan jarohatiga sabab bo'lsa, 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish chorasi qo'llanishi mumkin; — korxonadan chiqayotgan chiqindilar tufayli havo va suv havzalarining ifloslanganligi uchun 1 yilgacha axloq tuzatish choralari qo'llanishi yoki besh eng kam ish haqigacha jarima undirilishi ko'zda tutilgan. 3. Moddiy javobgarlik Qonunga zid ravishda ishdan bo'shatilgan, majburiy ish qoldirgan, kasb kasalligi tufayli jabrlangan kishiga to'lanmagan haqni korxona rahbaridan qisman yoki to'liq undirib olinadi. Jarohat va kasb kasalliklari Jarohat — tana a’zolarining va to‘qimalaming kutilmagan holatda tashqi ta’sir ostida shikastlanishidir. Jarohatlar ikki turli bo‘ladi: ishlab chiqarish jarohatlari va maishiy jarohatlar. Ishlab chiqarish jarohatlari o‘z navbatida: — mexanik (urib olish, kesilish, ezilish va h.k.); — kimyoviy (kimyoviy kuyishlar); — issiqlik (kuyish va sovuq oldirish); — elektr (elektr zarbalar); — aralash jarohatlar turlariga bo‘linadi. Korxonalarda ko’pincha aralash jarohat turlari ro‘y beradi. Kasb kasalliklari ishlovchi uchun zararli ish sharoitlarining ta’siri natijasida hosil boiadi. Silikoz, pnevmokonioz, teri kasalliklari, dermatit, gidroadenit kabi kasb kasalliklari to‘qimachilik, yengil sanoat va tolali materiallami dastlabki ishlash (paxta tozalash zavodlari, lubzavodlar) korxonalarida ro‘y berishi mumkin. Tana ayrim a’zolarining yoki birguruh mushaklaming uzoq vaqt majburan zo‘riqishi, sex havosiga tarqalib ketgan zararli moddalarning ta’siri, yoqimsiz mikroiqlim sharoitlar, shovqinning me’yordan yuqori bo‘lishi, titrash, yoritilganlik, atmosfera bosimidagi katta tafovutlar zararli ish sharoitlari hisoblanadi. Download 337.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling