2-mavzu. Hududiy moliya organlarining tarkibiy bo‘linmalarining funksiyalari, vazifalari va ish faoliyati bilan tanishish


Download 43.89 Kb.
bet1/7
Sana23.09.2023
Hajmi43.89 Kb.
#1686670
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-mavzu. Hududiy moliya organlarining tarkibiy bo‘linmalarining


2-mavzu. Hududiy moliya organlarining tarkibiy bo‘linmalarining funksiyalari, vazifalari va ish faoliyati bilan tanishish
1. Mahalliy byudjetni shakllantirish, byudjet tashkilotlarini moliyaviy ta’minlash bo‘limining funksiya va vazifalari.
Har bir moliya bo’limi o’z tarkibiga qamrab oluvchi bo’linmalaridan biri bu Mahalliy byudjetni shakllantirish, byudjet tashkilotlarini moliyaviy ta’minlash bo‘limidir. Amaliyot davomida mahalliy byudjetni shakllantirish, byudjet tashkilotlarini moliyaviy ta’minlash bo‘limi faoliyati, funksiyalari va vazifalarini o‘rgandim hamda keyingi qatorlarda ular haqida malumot berib o’taman. Shuningdek tumanda amalga oshirilgan va oshiriladigan ishlar statistik ma’lumotlari bilan ham tanishib chiqdim.
Mahalliy byudjetlar mablagʻlari hisobidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda fan, taʼlim, madaniyat, sogʻliqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport, ijtimoiy taʼminot, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini taʼminlash, byudjet tashkilotlarini saklash, iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning maqsadli dasturlari va tadbirlarini amalga oshirish va boshqa moliyalashtiriladi.
Mahalliy byudjetlarni tuzish, shakllantirish, harajatlarni moliyalashtirish masalalari Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14 dekabrda qabul qilingan "Byudjet tizimi toʻgʻrisida" qonuniga muvofiq amalga oshiriladi.
Ushbu qonun:
- O‘zbekiston Respublikasining budjet tizimi tuzilishi va uni boshqarish asoslarini;
- O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetini (bundan buyon matnda Davlat budjeti deb yuritiladi) tuzish prinsiplari va uning tuzilmasini;
- Davlat budjetini tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish va ijro etish tartibini;
- Davlat budjetining daromadlarini shakllantirish va uning xarajatlarini amalga oshirish prinsiplarini;
- Davlat budjeti tuzilmasiga kiruvchi budjetlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni;
- Davlat budjeti mablag‘lari bilan operatsiyalarni amalga oshirish jarayonida hisobga olish, hisobot va nazorat qilish tartibini belgilaydi.
Bugun mamlakatimizda davlat moliyasini boshqarish bo‘yicha olib borilayotgan keng islohotlar natijasida budjet jarayonining shaffofligini hamda budjet jarayonida fuqarolar ishtirokini ta'minlashga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Shu bois, mamlakatimizda budjet mablag‘larining sarflanishida jamoatchilik nazoratini o‘rnatish hamda fuqarolarni budjet jarayoniga keng jalb qilish maqsadida joriy yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta'minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Davlat budjeti ma'lumotlarining ochiqligini ta'minlash hamda byudjet jarayonlariga fuqarolarni keng jalb qilish Moliya vazirligining ustuvor maqsadlaridan biri bo‘lib, mazkur qaror ijrosini ta'minlash maqsadida vazirlik tomonidan – “Ochiq budjet” axborot portali yangi tahrirda ishga tushirildi.

Mahalliy byudjetni shakllantirish, byudjet tashkilotlarini moliyaviy ta’minlash bo‘limi xodimlarining funksional vazifalari va majburiyatlari bayoni



Shtat birligi nomi

Lavozim bo’yicha vazifasi

1

Maxalliy byudjetni shakllantirish, byudjetni jamlash hamda boshqa muassasalarni moliyaviy ta'minlash bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosrai

- Bo‘limda mehnat va ijro intizomiga qat'iy rioya qilinishini ta'minlash;
- Byudjet so‘rovini yuborish bo‘yicha qarori loyihasini tayyorlash;
- Kelgusi yil uchun byudjet loyihasini asoslangan hisob-kitoblar asosida har bir tarmoq moliyalashtirish xodimlaridan qabul qilish va umumlashtirish;
- byudjet tashkilotlarining vaqtinchalik va doimiy xarajatlar smetasini DMBAT dasturiga kiritilishini va vaqtinchalik byudjet yoyilmalarini shakllantirish;
- Mahalliy byudjet parametrlarining asosiy ko‘rsatkichlarini biriktirilgan byudjet tashkilotlariga yetkazilishini ta'minlash;
- Biriktirilgan byudjet tashkilotlarining xarajatlar smetasi va shtatlar jadvallarini moliya organlaridan belgilangan muddatlarda ro‘yxatdan o‘tkazilishi ta'minlash;
- Biriktirilgan soha byudjet tashkilotlarida mahalliy byudjet xarajatlarining belgilangan qonunchilik me'yorlariga muvofiq to‘g‘ri rejalashtirilishini ta'minlash;
- Mahalliy byudjet daromadlar tushumi prognozidan hamda xarajatlarni amalga oshirish muddatlaridan kelib chiqqan holda balanslashgan byudjet daromad va xarajatlari yoyilmalarini shakllantirish;
- Mahalliy byudjetlar ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni biriktirilgan soha tashkilotlaridan, har bir tarmoq moliyalashtirish bo‘limlaridan, tuman va tuman hokimliklari moliya bo‘limlaridan qabul qilish va umumlashtirish;
- Byudjet tashkilotlarining pul mablag‘lari va set bo‘yicha hisobot ko‘rsatkichlarini tahlil qilish hamda tahlil natijasida aniqlangan past samarali xarajatlar va shtat birliklarini maqbullashtirish chorasini ko‘rish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan ko‘rsatma xatlari yuborish;
- Mahalliy byudjetni daromadlar va xarajatlarini ijrosini tahlil qilish asosida birinchi darajali xarajatlarning to‘liq va muddatida moliyalashtirishini ta'minlash uchun takliflar tayyorlash;




Download 43.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling