2-mavzu. Hududiy moliya organlarining tarkibiy bo‘linmalarining funksiyalari, vazifalari va ish faoliyati bilan tanishish
Moliya bo‘limining oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish sho‘basining funksiya va vazifalari
Download 43.89 Kb.
|
2-mavzu. Hududiy moliya organlarining tarkibiy bolinmalarining
6. Moliya bo‘limining oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish sho‘basining funksiya va vazifalari
Har bir moliya bo’limi o’z tarkibiga qamrab oluvchi bo’linmalaridan biri bu Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish sho‘basidir. Amaliyot davomida Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish sho‘basi faoliyati, funksiyalari va vazifalarini o‘rgandim hamda keyingi qatorlarda ular haqida malumot berib o’taman. Shuningdek tumanda amalga oshirilgan va oshiriladigan ishlar statistik ma’lumotlari bilan ham tanishib chiqdim. Olmazor moliya bo'limida tadbirkorlik rivojlantirish uchun ko’plab imtiyozlar ajratilgan tushuntirish ishlari olib borilarkan , daromadi yo kamtaminlangan xonadonlarga oilaviy tadbirkorlik yo`nalishlari tushuntirilib tadbirkorlikka jalb etilarkan . Olmazortuman hokimyatida uyishmagan yoshlar uchun tadbirkorlar aktabi tashkil etilgan .Uyerda ko’pchilik yoshlar 3oy davomida o’qib chiqqan yoshlar tadbirkorlik bo’yicha nazariy bilimlar olib o’z ish faoliyatini boshlagan va ularga ish faoliyatini yaxshi yo’lga qo’yishi uchun masul xodimlar tomonidan yordam ko’rsatilar ekan . Ish jarayonida ishtirok etib nazariy bilimlarim mustahkamlab amaliy bilim oldim . Bu bo’lim quyidagi vazifalari va funksiyalari bajarishi qonunda belgilab qo’yilgan ekan : -Sektorda mehnat va ijro intizomiga qat’iy rioya qilinishini ta’minlash va nazorat qilish ; -Ushbu bo’lim faoliyatiga ta’luqli Prezident Farmonlari , qarorlari va farmoyishlari , Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari , Moliya vazirligining , Xalq deputatlari tuman Kengashi va tuman hokimligining topshiriqlarini o’z vaqtida va to’liq bajarilishini ta’minlash ; -Bo’limda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan normativ huquqiy hujjatlarni tegishliligi bo’yicha ijrosini ta’minlaydi va tuman maxalla fuqarolar yig’inlariga etkazadi va ularni ijrosini ta’minlashni nazorat qiladi ; -Tuman moliya bo’limi tomonidan markazlar , mahalliy davlat hokimiyati organlari , tegishli tashkilot va idoralar , ilmiy muassasalar bilan birgalikda “ Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish “ yo’nalishida hududning geografik joylashuvi, er, mehnat va boshqa resurslar taqsimlanganligidan kelib chiqqan holda imtiyozli kreditlar ajratilishi tartibi va shartlari , tomorqadan samarali foydalanishni tashkil etish , chorvachilik va parrandachilikni va boshqa faoliyat turlarini amalga oshirish bo’yicha ‘ uslubiy qo’llanmalar , ko’rsatma va prezentastion materiallar , buklet va brashyuralar tayyorlanishini nazorat qiladi . -Olmazor tuman hududiy markazlar bilan birgalikda aholi o’rtasida uslubiy qo’llanmalar , ko’rsatma va prezentastion materiallar , buklet va brashyuralarni tarqatish orqali keng targ’ibot ishlarini amalga oshirish va seminarlar utkazilishini tashkillashtiradi . -Respublika va viloyat ommaviy axborot vositalarida “ Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish “ yo’nalishida ko’rsatuv va tadbirlar tayyorlashdaishtirok moliya bo’limlari tomonidan fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari bilan birgalikda kam ta'minlangan va ehtiyojmand oilalami tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish yuzasidan , chorva , parranda va boshqa uy hayvonlarini boqishni tashkil qilish, sug'orish ta'minoti muammoli bo'lgan hududlarda artezian quduqlar qazish takliflar qabul qiladi va ma'lumotlarini rahbariyatga kiritib ma'lumotlar tayyorlaydi . -Dasturlar doirasida boshqa tadbirlarini amalga oshirish maqsadida mahalliy byudjetning qo'shimcha manbalari hisobidan mablag ' ajratish yuzasidan hokimliklarga takliflar kiriti lishi hamda ajratilgan mablagTardan samarali foydalanishni ta'minlashini hisob kitoblarini olib boradi , hududiy markazlar tarkibida moliya tizimi xodimlarining ishtirok etishini tashkil etish , hududiy markazlar tarkibida hududiy moliya boTimlari tomonidan aholi honadonlarini xatlovdan o'tkazish orqali tadbirkorlik qilish istagini bildirgan xonadon sohiblarining ( birinchi navbatda kam ta'minlangan va ehtiyojmand oilalar ) ro'yxatini shakllantirish hamda ularning shug'ullanish istagi bo'lgan tadbirkorlik faoliyati turlarini o'rganishni tashkil etishda ishtirok etadi , monitoring va tahliliy o'rganish natijalariga ko'ra , aniqlangan muammo va kamchiliklami bartaraf etish , oilaviy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish borasidan xulosa va takliflar tayyorlaydi; -Dastur doirasida ajratilgan imtiyozli kreditlar bo'yicha har kunlik maTumotlarni umumlashtirib rahbariyatga kiritadi hamda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadi ; -Bosh boshqarmaning veb - saytida oilaviy tadbirkorlik rivojlantirish borasidagi amalga oshirilayotgan chora - tadbirlar to'g'risidagi maTumotlarni joylab boradi ; -Olmazor tumanda oilaviy tadbirkorlik sub'ektlarining murojaatlarini ko'rib chiqish va amaldagi qonunchilikka muvofiq ijrosini ta'minlaydi , oilaviy tadbirkorlik sub'ektlariga bank va moliya xizmati ko'rsatishda yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etishga ko'maklashadi
Download 43.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling