2-Mavzu Huquqni muhofaza qilish organlarida psixologik xizmat Reja


Shaxsni har tomonlama yetuk, barkamol avlod qilib tarbiyalashda psixologik hizmat va psixologik bilimlar nima uchun kerak degan savolga to’xtalib o’tamiz


Download 97.38 Kb.
bet2/8
Sana31.01.2024
Hajmi97.38 Kb.
#1829921
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2-Mavzu Huquqni muhofaza qilish organlarida psixologik xizmat

Shaxsni har tomonlama yetuk, barkamol avlod qilib tarbiyalashda psixologik hizmat va psixologik bilimlar nima uchun kerak degan savolga to’xtalib o’tamiz:

  • shaxslarda sog’lom turmush tarzini shakllantirishda;

  • ta’lim-tarbiya tizimiga, mehnat faoliyatiga ongli munosabatda bo’lishga o’rgatishda;

  • ustoz - shogird tizimiga bo’ysinishida;

  • atrof-muhitga e’tiborli bo’lishda va muloqot jarayonida;

  • psixologik bilimlarni muntazam o’zlashtirishda;

  • bilim olishga o’zida kuch topishida;

  • tafakkur jarayonining rivojlanishida;

  • irodaviy mustahkamlikda;

  • yoshlarning axborot olish ko’lamini kengaytirishda, turli axborot xurujlariga qarshi kurashishda;

  • yoshlarni har bir ishga ijodiy yondashuvini tashkillashtirishda;

  • iqtidorli mutaxassislarni aniqlashda;

  • nafaqat yosh , balki barcha yoshdagi insonlarning har xil oqimlarga, jinoiy guruxlarga kirib qolmasligi uchun, hayotda o’z o’rnini topishida;

  • o’ziga munosib kasb tanlashda;

  • oila qurishda, o’ziga munosib turmush o’rtog’i topishida;

  • ta’lim-tarbiya integratsiyasini amalga oshirishda;

  • hayotda uchrab turadigan har xil nizoli vaziyatlarni bartaraf etishda;

  • shaxsning individual xususiyatlariga e’tibor berishda;

  • milliy va umumbashariy qadriyatlarga e’tiqod hissini shakllantirishda psixologik xizmatning ahamiyati kattadir.

Huquqni muhofaza qilish organlarida psixologik xizmat
Huquqni muhofaza qilish organlarida psixologik xizmatning maqsadi - shaxsning har tomonlama shakllanishi, rivojlanishi, samarali ijtimoiylashuvi va moslashuvi, barcha yosh davrlarida psixologik salomatlikni muhofaza qilish uchun psixologik shart-sharoit yaratishdan iborat.
Huquqni muhofaza qilish organlarida psixologik xizmatning vazifalari:

  • har bir xodimning individual xususiyatlari, qiziqishlari, layoqat va qobiliyatlariga muvofiq rivojlanishida uning psixologik imkoniyatlaridan yuqori darajada foydalanish;

  • huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari psixologik salomatligini muhofaza qilish, jamoada sog’lom psixologik iqlimni saqlash, kelib chiqishi mumkin bo’lgan nizolarning eng maqbul yechimlarini topish;

  • huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining oilada va jamiyatda moslashuvi va ijtimoiylashuvi muammolari bo’yicha psixologlar va qonuniy vakillar samarali hamkorligini ta’minlash;

  • huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining intellektual, shaxsiy, ijtimoiy rivojlanishidagi og’ishlarni o’z vaqtida aniqlash, tuzatish va oldini olish;

  • huquqni muhofaza qilish organlarida xodimlarida hayotiy o’zlikni anglashida shaxsiy qiziqishlari, moyilliklari, qobiliyatlari, salomatligini inobatga olgan holda psixologik yordam ko’rsatish;

  • iqtidorli mutaxassislar ijodiy rivojlanishiga imkon berish maqsadida psixologik kuzatish va qo’llab-quvvatlash ishlarini amalga oshirishdan iboratdir.

Huquqni muhofaza qilish organlarida psixologik xizmatning asosiy yo’nalishlari:

  • shaxslararo munosabatlarga kirishish, o’zlarining shaxsiy sifatlari va xarakter xususiyatlari, qobiliyatlari, layoqatlariga baho bera olish bilan bog’liq bo’lgan bilishga oid qiziqishlarini rivojlantirish;

  • muloqotda ijobiy munosabatni shakllantirish;

  • psixologik ma’rifat – psixologik bilimlarni egallash maqsadida psixologik madaniyatini oshirish.

  • individual suhbatlar, ochiq darslar, seminarlar va maslahatlar, shuningdek, ommaviy axborot vositalari orqali psixologik bilimlarni targ’ib qilish.


Download 97.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling