Shaxsni har tomonlama yetuk, barkamol avlod qilib tarbiyalashda psixologik hizmat va psixologik bilimlar nima uchun kerak degan savolga to’xtalib o’tamiz:
shaxslarda sog’lom turmush tarzini shakllantirishda;
ta’lim-tarbiya tizimiga, mehnat faoliyatiga ongli munosabatda bo’lishga o’rgatishda;
ustoz - shogird tizimiga bo’ysinishida;
atrof-muhitga e’tiborli bo’lishda va muloqot jarayonida;
psixologik bilimlarni muntazam o’zlashtirishda;
bilim olishga o’zida kuch topishida;
tafakkur jarayonining rivojlanishida;
irodaviy mustahkamlikda;
yoshlarning axborot olish ko’lamini kengaytirishda, turli axborot xurujlariga qarshi kurashishda;
yoshlarni har bir ishga ijodiy yondashuvini tashkillashtirishda;
iqtidorli mutaxassislarni aniqlashda;
nafaqat yosh , balki barcha yoshdagi insonlarning har xil oqimlarga, jinoiy guruxlarga kirib qolmasligi uchun, hayotda o’z o’rnini topishida;
o’ziga munosib kasb tanlashda;
oila qurishda, o’ziga munosib turmush o’rtog’i topishida;
ta’lim-tarbiya integratsiyasini amalga oshirishda;
hayotda uchrab turadigan har xil nizoli vaziyatlarni bartaraf etishda;
shaxsning individual xususiyatlariga e’tibor berishda;
milliy va umumbashariy qadriyatlarga e’tiqod hissini shakllantirishda psixologik xizmatning ahamiyati kattadir.
Huquqni muhofaza qilish organlarida psixologik xizmat
Huquqni muhofaza qilish organlarida psixologik xizmatning maqsadi - shaxsning har tomonlama shakllanishi, rivojlanishi, samarali ijtimoiylashuvi va moslashuvi, barcha yosh davrlarida psixologik salomatlikni muhofaza qilish uchun psixologik shart-sharoit yaratishdan iborat.
Huquqni muhofaza qilish organlarida psixologik xizmatning vazifalari:
har bir xodimning individual xususiyatlari, qiziqishlari, layoqat va qobiliyatlariga muvofiq rivojlanishida uning psixologik imkoniyatlaridan yuqori darajada foydalanish;
huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari psixologik salomatligini muhofaza qilish, jamoada sog’lom psixologik iqlimni saqlash, kelib chiqishi mumkin bo’lgan nizolarning eng maqbul yechimlarini topish;
huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining oilada va jamiyatda moslashuvi va ijtimoiylashuvi muammolari bo’yicha psixologlar va qonuniy vakillar samarali hamkorligini ta’minlash;
huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining intellektual, shaxsiy, ijtimoiy rivojlanishidagi og’ishlarni o’z vaqtida aniqlash, tuzatish va oldini olish;
huquqni muhofaza qilish organlarida xodimlarida hayotiy o’zlikni anglashida shaxsiy qiziqishlari, moyilliklari, qobiliyatlari, salomatligini inobatga olgan holda psixologik yordam ko’rsatish;
iqtidorli mutaxassislar ijodiy rivojlanishiga imkon berish maqsadida psixologik kuzatish va qo’llab-quvvatlash ishlarini amalga oshirishdan iboratdir.
Huquqni muhofaza qilish organlarida psixologik xizmatning asosiy yo’nalishlari:
shaxslararo munosabatlarga kirishish, o’zlarining shaxsiy sifatlari va xarakter xususiyatlari, qobiliyatlari, layoqatlariga baho bera olish bilan bog’liq bo’lgan bilishga oid qiziqishlarini rivojlantirish;
muloqotda ijobiy munosabatni shakllantirish;
psixologik ma’rifat – psixologik bilimlarni egallash maqsadida psixologik madaniyatini oshirish.
individual suhbatlar, ochiq darslar, seminarlar va maslahatlar, shuningdek, ommaviy axborot vositalari orqali psixologik bilimlarni targ’ib qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |