2-mavzu. Ilk o’rta asrlarda Angliya va Germaniya Reja


Germaniyada ijtimoiy-siyosiy tuzum


Download 33.93 Kb.
bet4/5
Sana03.02.2023
Hajmi33.93 Kb.
#1152598
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-mavzu. Ilk o’rta asrlarda Angliya va Germaniya (1)

4. Germaniyada ijtimoiy-siyosiy tuzum. X-XII asrlarda Germaniya iqtisodiy jihatdan Yevropa mamlakatlari ichida qoloq davlatlardan biri edi. Bu yerda feodal munosabatlar Fransiyaga nisbatan ancha kech - XI asrdan rivojlana boshladi. Feodalizmning rivojlanishi turli german gersogliklarida juda notekis suratda kechdi. Ayni paytda urug’‘doshlik tuzumining qoldiqlari mustahkam saqlanib qoldi. Masalan, Saksoniyada aholi eski qabilachilik odatlariga qattiq amal qilardi. Germaniyada jamoalarga-markalarga uyushgan erkin dehqonlar uzoq vaqtgacha o‘z mustaqilliklarini saqlab keldilar. Krepostnoylashtirish yo‘lidagi urinishlarga deh-qonlar katta qo‘zg‘olonlar ko‘tarish bilan javob berdilar. Shunday katta qo‘zg‘olonlardan biri, masalan, 841-842 yillardayoq Saksoniyada bo‘lib, u «Stelling» degan nom bilan mashhur bo‘lgan edi. Bu qo‘zg‘olon dehqon jamoalarining ittifoq bo‘lib, eski majusiylik bayrog‘i ostida ish ko‘rgan edi. Bu ittifoq ham kelgindi frank zodogonlariga, ham mahalliy saks zodogonlariga qarshi qaratilgan edi.
Rim ta’sirini o‘tkazishning, jumladan, xususiy mulkchilikning va yerga birkitib qo‘yib shaxsiy qaram qilishning yangi shakllarini kiritish Reynning narigi tomonida ancha sekin amalga oshirilmoqda edi. Biroq, XI asrlarga kelib bu yerda ham feodallashuv jatumani ancha muvaffaqiyat qozondi. Marka, ya’ni jamoa tushkunlikka yuz tutdi. Katta dunyoviy va cherkov yer egalari tobora ko‘p yerlarni o‘z qo‘liga ola bordi.
XI-XII asrlarda Germaniyada jamiyatning asosiy tabaqalari shakllangan. Jamiyat ikkita asosiy tabaqa: harbiy-ritsarlar hamda o‘lpon va soliqlar to‘laydigan dehqonlarga ajralgan.
Germaniyaning ko‘p sonli urushlar olib borishi harbiylar - ritsarlar tabaqasining jipslashuviga ko‘maklashgan. Ritsarlarning yuqori qismini turli xil nasliy va xizmatchi aristokratik elementlar tashkil etgan. Ulardan birinchisi gersoglar - qabilaviy knyazlar bo‘lib, yirik yer egalariga aylangan edilar. Ikkinchi turkumdagi yirik yer egalari asosan mansabdor aristokratlar - graflar darajasidagi shaxslar bo‘lib, ular ma’muriy okruglarda (grafliklarda) muhim dunyoviy va cherkov mansablarini o‘z qo‘lida to‘plagan edilar. Shuningdek, qirol amaldorlari - fogtlar ham yirik yer egalari bo‘lib, ular cherkov votchinalarida harbiy va sud funksiyalarini amalga oshirardilar.
O‘rta va mayda ritsarlar tabaqasi mayda yer egalari - dvoryanlardan va erkin dehqonlarning yuqori qismidan shakllandi. Germaniyada tabaqalarning tashkil topishida Genrix I Qushboz (919-936 yillar)ning islohotlari muhim o‘rin tutadi. Genrix I slavyanlarga va vengerlarga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib borish maqsadida erkin dehqonlarning yuqori tabaqalaridan, qisman ministrlardan olinadigan ritsarlar sonini ko‘paytirishga harakat qildi. Uning harbiy islohotiga ko‘ra, ot minib urusha oladigan har qanday erkin kishi harbiylar (ritsarlar - chavandozlar) tabaqasiga kiritildi, boshqa kishilar esa o‘lpon to‘laydiganlar tabaqasiga kiritilgan.
Qirol saroyida cherkov va dunyoviy feodallarning kattagina qismi doimiy xizmatda turardi. Ularning orasida ayniqsa saroy dasturxonchisi, kamerariy, marshal, kapellan, saroybon, kansler va boshqalar ajralib turardi. Kansler - asosiy mansabdor shaxs bo‘lib, u deyarli barcha bosh-qaruv ishlarini yuritgan. Saroybon (mayordam) ham muhim ahamiyatga ega bo‘lib, saroy ishlarini yuritardi.
Mamlakatning siyosiy hayotida feodallarning syezdlari juda katta rol o‘ynagan. Feodallarning s’yezdlarida eng muhim ichki va tashqi siyosiy masalalar hal qilinardi. Ular mustaqil organ sifatida ba’zan qirollarni hokimiyatdan chetlashtirardilar. Ularda qirolning vakolatlari belgilangan, qonunlar chiqarilgan, papa bilan muzokaralar olib borilgan, oliy davlat mansabdorlari tayinlangan, lenlar taqdim qilingan va hokazo. Aynan ana shunday feodallarning s’yezdlaridan oqibatda reyxstag kelib chiqqan edi. Bunday syezdlarda hal qiluvchi kuch eng yirik feodallar - knyazlar edi.
XI asrning boshida qirol huzurida yirik zadogonlar vakilidan iborat kengash - goftag (qirollik kengashi) tashkil etilgan. U imperator bilan birgalikda ancha muhim davlat ishlarini hal qilardi.
Germaniya mahalliy boshqaruvi tizimidagi o‘ziga xos xususiyatlardan biri shunday ediki, bu yerda uzoq vaqt davomida alohida qabilaviy gersoglar mavjud bo‘lib turadi. X-XI asrlarda feodal yer egaligining o‘sishi va mamlakat aholisining etnik jipslashuvi natijasida ilk feodal tashkilotlar tizimi yemirildi. Gersogliklar yopiq siyosiy tashkilotlar bo‘lmish hududiy knyazliklarga aylandi. Knyazlar deyarli to‘la suverenitetga ega edi va faqat nomigagina qirolga itoat etardilar. Feodallarning knyazlarga aylanishi ularning o‘z hududlari doirasida butun yerlarga nisbatan oliy huquqlarining o‘rnatilishi va immunitet va imtiyozlarni qo‘lga kiritishi yo‘li bilan amalga oshirildi.
XI asr oxiriga kelib monarxiyaning saylov tamoyillari tantana qildi. Qirollar knyazlar tomonidan saylab qo‘yiladigan bo‘ldi. Kimda-kim qirolni saylashda ishtirok etmasa, u o‘zini qirol hokimiyatidan mustaqil deb hisoblagan.
Imperiya qurolli kuchlari ikkiga: imperiya armiyasi va knyazliklar qo‘shinlari ajralgan. Qirollik (imperatorlik) qo‘shini uning vassallari tomonidan taqdim qilinadigan jangchilardan iborat edi. Dunyoviy va diniy knyazlar tomonidan taqdim qilinadigan jangchilar sonini imperator o‘rnatgan. Shu bilan birga harbiy yurishlarda ishtirok etish shartlari feodal odatlar va feodallar syezdlarining qarorlari bilan ham belgilangan.
Xulosa qiladigan bo’lsak, Angliya va Germaniyada feodal tuzum to’la qaror topdi. Faqat Angliyada kuchli qirol hokimiyati bo’lmagan. Germaniyada esa, imperiya shakllandi. Germaniyada armiyaning oliy bosh qo‘mondoni imperator bo‘lgan. Feodallar, shuningdek, imperiya shaharlari qirolga harbiy xizmat o‘tash majburiya-tiga ega edilar. Qo‘shinlar feodal egaliklar bo‘yicha joylashtirilgan va feodallar qo‘mondonligi ostida bo‘lgan. Bu asosan graflar va yuzboshilar orqali amalga oshirilardi. Og‘ir qurollangan kavaleriya (ritsarlar) armiyada hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan.



Download 33.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling