2-mavzu. Ilk o’rta asrlarda Angliya va Germaniya Reja


Download 33.93 Kb.
bet1/5
Sana03.02.2023
Hajmi33.93 Kb.
#1152598
  1   2   3   4   5
Bog'liq
2-mavzu. Ilk o’rta asrlarda Angliya va Germaniya (1)


2-mavzu. Ilk o’rta asrlarda Angliya va Germaniya
Reja:
1. Angliya davlatining tashkil topishi va rivojlanish bosqichlari.
2. Angliyada ijtimoiy-siyosiy tuzum.
3. Germaniya davlatining tashkil topishi.
4. Germaniyada ijtimoiy-siyosiy tuzum.


Tayanch so’zlar: angllar, sakslar, keltlar, erllar, kerllar, graflik, gersoglik, sherif.


Adabiyotlar
1. Salimov T. O'rta asrlar tarixi. –Toshkent, 2006.
2. Semenov V.P. O’rta asrlar tarixi. –T., “O’qituvchi”. 1973.
3. Kurbangaliyeva R.R. O'rta asrlar tarixi. O'quv metodik qo'llanma. T., Uchpedgiz. 1991.
4. Tilеukulov S.T., Abdazimov A. O`rta asrlar tarixi. O`quv qo`llanma. T., 2007.
5. Агибалова Е.В., Донской Г.М. История средних веков. М., 1997.
6. Балакин В. Д. Творцы Священной Римской империи. — М.: Молодая гвардия, 2004.
7. Англосаксонская хроника / Пер. с древнеангл. З. Ю. Метлицкой. — СПб.: Евразия, 2010.
8. Глебов А. Г. Англия в раннее Средневековье. СПб, 2007.
9. Штокмар В. В. История Англии в Средние века. – СПб. Алетейя, 2005.

1.Angliya davlatining tashkil topishi. Angliya feodal davlatining tashkil topishi Britaniya orollariga german va skandinav qabilalarning ko‘p sonli bosqinchilik yurishlari bilan bog‘liq bo‘lgan. Ma’lumki, Rim legionlari Britaniyadan V asrning boshlaridayoq chiqib ketgan edi. Biroq oradan ko‘p vaqt o‘tmay, bir qancha mayda qirolliklarga bo‘lingan "Britaniya mustaqilligi" barham topdi. V asrning o‘rtalaridan boshlab (449 yil atrofida) bu orolga turli xil shimoli-g‘arbiy german qabilalari - inglizlar, sakslar, yutlar bostirib kira boshlaydi. Bu istilo qariyb bir asrga - VI asrning ikkinchi yarmigacha cho‘zilib, orol oz-ozdan istilo qilinib bordi. Ingliz-sakslar istilosi natijasida ilgarigi Britaniya hududida o‘ndan ortiq mayda varvar qirolliklari vujudga keldi. Bu varvar qirolliklari chekka Uels, Kornuel va Shotlandiyadan tashqari, orolning butun hududini egallab oldi. VII asrga kelib ingliz-sakslar xristianlikni qabul qilib, o‘zlarining bir qadar yirikroq yettita (geptarxiya deb ataladigan) qirolliklarini barpo etdilar. Bular: janubda sakslarning uchta qirolligi – Uesseks, Sesseks, Esseks (g‘arbiy, janubiy va sharqiy saks) qirolliklari, markazda va shimoli-sharqda asosan angllarning uchta - Mersiya, Nortumbriya va Sharqiy Angliya qirolliklari hamda chekka janubi-g‘arbda yutlarning Kent qirolligi edi. 827 yilda Uesseks qiroli Ekbert (802-839 yillar) bu qirolliklarni o‘z hukmronligi ostida birlashtirib, yagona ingliz-sakslar qirolligiga asos soladi. X asrdan boshlab bu yagona davlat Angliya deb atala boshlaydi1.



Download 33.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling