2-mavzu. Ilk o’rta asrlarda Angliya va Germaniya Reja


Germaniya davlatining tashkil topishi


Download 33.93 Kb.
bet3/5
Sana03.02.2023
Hajmi33.93 Kb.
#1152598
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-mavzu. Ilk o’rta asrlarda Angliya va Germaniya (1)

3. Germaniya davlatining tashkil topishi. 843 yilda Verden shahrida bo‘lgan taqsimotga muvofiq «Sharqiy Frank yerlari» - bo‘lg‘usi Germaniya hududi Lyudovik Nemisga o‘tdi. Aslida bu yerlar bir necha qabilaviy knyazliklarning yerlari edi. Bu vaqtda mamlakatning milliy birligi to‘g‘risida so‘z ham bo‘lishi mumkin emas edi. Gersogliklar shimoldan janubga qarab quyidagicha tartibda joylashgan edi: Saksoniya, Frankoniya, Shvabiya (ilgarigi Allemaniya), Bovariya. Birmuncha keyinroq borib g‘arbda joylashgan beshinchi bir gersoglik – Lotaringiya Fransiyadan tortib olindi va Germaniya tarkibiga kiritildi. Shuningdek, qator fransuz, italyan va slavyan yerlari - Burgundiya, Shimoliy Italiya, Bogemiya, Avstriya va boshqalar ham tez orada Germaniyaga qo‘shib olindi. Shu tariqa vaqtincha nisbatan yagona Germaniya qirolligi tashkil topdi. Dastlab bu qirollik «Sharqiy franklar qirolligi», X asr o‘rtalarida esa Tevtonlar davlati deb atalgan. Bu davlat keyinroq - XI asrdan Germaniya deb yuritila boshlandi.
Germaniyada jamoa - marka slavyanlar va franklardagiga nisbatan ancha turg‘un bo‘lib, dehqonlarni qaramlikka tashlash jatumani ancha uzoq vaqtga cho‘zilgan.
Germaniyada tovar-pul munosabatlarining barvaqt rivojlanishi ishlab chiqarishning natural xarakterini birdaniga buzib tashlamadi. German knyazliklarining notekis iqtisodiy rivojlanishi sezilib turdi. Lekin bu yerda feodalizm sust rivojlangan bo‘lsa-da, XI-XII asrlarda jamiyatning feodallashish jatumani nihoyasiga yetib, asosiy sinflar - yer egalari va ularga qaram dehqonlar shakllangan edi.
Germaniya davlati XI-XII asrlarda nisbatan yagona davlat bo‘lib turgan. XII asrdan e’tiboran bu yerda ham siyosiy tarqoqlik jatumani boshlandi. Biroq bu jatuman boshqa mamlakatlardan, jumladan, Fransiyadan farqli o‘laroq, orqaga qaytmas xarakter kasb etgan. Buning esa qator tarixiy-siyosiy shart-sharoitlari mavjud edi. Ularning ichida tashqi siyosiy omillar muhim o‘rin tutgan. German feodallarining asosiy yo‘nalishda - sharqda slavyanlar va vengerlarga qarshi, janubda Italiyaga qarshi olib borgan bosqinchilik yurishlari german gersogliklarining sun’iy (nomiga) birlashishlariga olib kelgan.
Ma’lumki, Germaniyada X asrlarda xuddi Fransiyadagi singari bir necha musta-qil davlatlar (viloyatlar) tashkil topib, ular faqat rasmiy jihatdangina qirol hokimiyatini tan olar edi. Zero, qirollar bu vaqtda hali urug’‘doshlik tuzumi davridan beri odat huquqi asosida saylanib qo‘yilar edi. Faqat Otton I davri (936-973 yillar)dan boshlab bu tartib o‘zgargan. Otton I otasi Genrix I ning qirol hokimiyatini mustahkamlash siyosatini davom ettirdi. U, dastavval boshqa gersoglar ustidan nazoratni kuchaytirdi, buning uchun nikoh va boshqa qarindoshlik aloqalaridan foydalandi. Qirol ta’sirini butun mamlakatga yoyishning ikkinchi bir usuli yepiskoplik tizimi bo‘ldi. Otton cherkov bilan do‘stona aloqa bog‘ladi. U yepiskoplarga keng miqyosda immunitet huquqlar berdi va ularga juda ko‘plab yerlar ulashdi. Shu bilan birga, u yepiskoplarni ham o‘zi tayinlardi. Cherkov yerlaridan keladigan daromadlardan qirol xazinasiga ko‘pdan-ko‘p hissalar ajratildi. Shunday qilib, Germaniyada cherkov manfaatlari bilan davlat manfaatlari bir-biriga chatishib ketdi. Germaniyaning turli viloyatlaridagi yepiskoplar mahalliy knyazlarga-gersoglarga e’tibor bermay, bevosita qirolga bo‘ysun-dilar. Shu bilan bir vaqtda yepiskoplarning qirolga tobeligi ularning Rim papasiga deyarli bo‘ysunmay qo‘yishiga olib keldi.
Otton I ham otasi kabi agressiv tashqi siyosat yuritib, slavyanlar va vengerlarni o‘z ta’siriga oldi, ularni xristianlashtira boshladi. Lekin u asosiy e’tiborni Italiyaga qaratgan edi, chunki Italiya german imperatorlarining «dunyoga hokim bo‘lish» rejalarida asosiy o‘rin tutar edi. Otton I dastlab 951 yilda Italiyaning Paviya shahrini bosib oldi, shimoliy Italiya knyazlaridan bir nechtasini tor-mor qilib, Provans bilan Italiya qiroli Lotarning beva qolgan xotini qirolicha Adelgeydaga uylandi. Germaniyaning shimoliy Italiyaga ta’siri va german qirolining Italiya siyosati ham shundan boshlandi.
961 yilda Otton Italiyaga yana yurish qildi. Bu safar Ottonni papa Ioann XIIning o‘zi yordamga chaqirgan edi, chunki papaga uning vassallari - rim baronlari xavf solayotgan edi. Karl Buyuk o‘lgandan keyin kuchaygan va IX asrning o‘rtalarida diniy hokimiyatni dunyoviy hokimiyatdan ustun turadi degan nazariyani ko‘tarib chiqqan papalikning o‘zi endi Italiyada feodallashuv jatumanining yanada kuchayishi munosabati bilan qattiq inqirozga uchrab, qirol hokimiyatining yordamiga muhtoj bo‘lib qolgan edi. Otton I Rim feodallarini bostirib, papani taxtga o‘tkazdi. Bunga minnatdorchilik bildirib papa 962 yilning boshida Ottonga imperatorlik tojini kiygizdi. Shunday qilib, yangi «imperiya tiklandi». Shu narsa xarakterliki, ilgari Karl Buyuk bo‘lgani singari, bu safar Otton ham Rim imperatori deb e’lon qilindi. Yangi imperiyaga «Muqaddas Rim imperiyasi» deb nom berildi. Shundan keyin german imperatorlari o‘zlarini rim sezarlari (imperatorlari)ning vorislari deb hisoblay boshladilar. Faqat keyinroq borib, XII asrdagina bu iboraga ikki so‘z qo‘shilib, «German millatining muqaddas Rim imperiyasi» deb ataladigan bo‘ldi va bu nom 1806 yilgacha saqlanib qoldi. «Muqaddas» deb atalishining asosiy sababi shunda ediki, davlatning tepasida rasman imperator va papa turgan. Amalda esa butun hokimiyat imperator qo‘lida to‘plangan edi.
German imperatorlari aslida ana shu vaqtdan e’tiboran dunyoga hukmronlikni da’vo qila boshlaganlar. Hatto ayrim huquqshunoslar german imperatorlarini «jahon hukmronlari» deb atab, bunday da’voni nazariy jihatdan asoslashga harakat qilganlar. Masalan, Boloniya huquq maktabidan Fridrix Barbarossa Germaniyadan boshqa Yevropa mamlakatlarining qirollari saltanatning bo‘laklarigagina hukmronlik qilishlari mumkin deb da’vo qilgan. Bu tarixiy an’anadan keyinchalik, ikkinchi jahon urushi arafasida fashistlar o‘zlarining jahonga hukmron bo‘lish haqidagi rejalarida foydalandilar.

Download 33.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling