2-mavzu. Ilk o’rta asrlarda Angliya va Germaniya Reja
Download 33.93 Kb.
|
2-mavzu. Ilk o’rta asrlarda Angliya va Germaniya (1)
2. Angliyada ijtimoiy tuzum. German qabilalarining Britaniyadagi feodal jamiyatlarining shakllanishi juda sekinlik bilan yuz bergan. Bu ma’lum darajada ingliz-sakslarning qabilaviy urf-odatlari orolda darhol buzilmaganligi va skandinav an’analarining turg‘unlik ta’siri bilan bog‘liq edi. VI-VIII asrlardagi ko‘pgina “haqiqat”larda, ya’ni turli ingliz-saks qirollarining qonunlar to‘plamlarida ingliz-sakslarning o‘sha davrga oid ijtimoiy tuzumi haqida anchagina ma’lumotlar beriladi. Ularning ijtimoiy tuzumi ko‘p jihatdan franklarning “Sali haqiqati”da tasvirlangan ijtimoiy tuzumiga o‘xshar edi. Inglizlar, sakslar va yutlardan iborat german qabilalari o‘zlari bosib olgan mamlakat xalqlariga nisbatan ijtimoiy va madaniy rivojlanishning ancha quyi darajasida turar edi. Ular bosib olgan mamalakatda nisbatan rivojlangan qishloq xo‘jaligiga duch kelganlar. Shu sababli istilodan keyin tez orada ularning asosiy mashg‘uloti dehqonchilik bo‘lib qolgan.
Ingliz-sakslar davlati aholisi, manbalarning darak berishicha, qadimgi davrlardayoq erkin, yarim erkin kishilarga va qullarga bo‘lingan edi. Franklardagi singari, ingliz-sakslarda ham aholining asosiy ommasi, ingliz-sakslar "haqiqatlari" da ishlatilgan ibora bilan aytganda, kyorllardan - erkin kishilardan iborat edi. Bular mustaqil xo‘jalik yurituvchi jamoachi dehqonlar bo‘lib, gayda deb atalgan katta-katta yer uchastkalariga ega edilar (ba’zi qirolliklarda har bir kyorl oilasiga tegishli chek yerning miqdori 120 akr, 50 gektarga to‘g‘ri kelardi). Kyorlning vergeldi 200 shilling edi. Urug’‘-qabila zodagonlari - erllar bo‘lib, ular jamiyatning hukmron tabaqasini tashkil etgan. Erlning vergeldi dastlab faqat 400 shilling bo‘lgan bo‘lsa, keyinchalik 600 shillingga, undan keyin yanada oshib 1200 shillingga yetgan. Erllar va kyorllar jamiyatda erkin kishilar edi. "Haqiqatlar"da yuqoridagilardan tashqari, yana letlar yoki uillar tilga olinadi. Bular o‘z ahvoli jihatidan frank litlariga o‘xshagan yarim erkin kishilar edi. Ularning o‘z yeri bo‘lmay, ma’lum majburiyat evaziga erllarning yerini ishlab berar edilar. Ularning vergeldi 80 shilling atrofida edi. Letlar Britaniyaning bo‘ysundirilgan mahalliy aholisidan (uil so‘zi Britaniyaning g‘arbiy qismi - Uelsdan) kelib chiqqan deb taxmin qilinadi. Zodagon ingliz-sakslarning, erllarning (va hatto ba’zi bir eng boy kyorllarning) qullari ham bo‘lib, ularning bir qismi hovlida xizmat qiladigan, bir qismi obrokchi qullar bo‘lib, dehqonchilik bilan shug‘ullanardi. Qullar jamiyatning eng quyi pog‘onasida turgan. Ingliz-sakslarda asirga olish, qullardan tug‘ilish va og‘ir jinoyatlar uchun qullikka sotish qullikning asosiy manbalari edi. Qulni o‘ldirish qul egasining mulkiga yetkazilgan zarar sifatida ko‘rilgan va aybdorga faqat yetkazilgan zararni to‘lash majburiyati yuklatilgan xolos. Shuni ta’kidlash joizki, cherkov qullarga nisbatan o‘zboshimchalikni va shafqatsizlikni qoralardi. Xo‘jayinning buyrug‘i bilan yakshanba kuni ishlagan qul erkinlikka chiqarilardi. VI-VII asrlarga oid anglosakson “haqiqatlari”ga ko’ra, Britaniyada anglosaksonlarning asosiy mashg’uloti dehqonchilk bo’lgan, lekin chorvachilik xo’jalikda muhim o’rin tutgan. Baliqchilik, ovchilik, tuz, temir, qo’rg’oshin qazib olish bilan ham shug’ullanganlar. Anglosakslar yerni 4-8 ta ho’kiz qo’shilgan og’ir plugda haydaganlar. Ba’zida yengil Plug ham ishlatilgan. Ikki dalali almashlab ekish tarqalgan. Bug’doy, arpa, roj, no’xat eqilgan. Yerlar hosil yig’ib olingandan keyin jamoa yayloviga aylangan. VII asr o’rtasigacha kichik, individual oila hukmron bo’lmay, dehqonchilik jamoasidan qo’shni jamoaga o’tish tugallanmagan edi. Jamoa ixtiyoridagi yerlar allodga aylanmagan edi. Erga egalik qilishni jamoa tartiblari belgilagan. Hujjatlarda jamoa huquqi bo’yicha egalik qilinadigan oila yeri “folklend” deyilgan. Uni meros qoldirish, ayol tomonidan bo’ladigan qarindoshlarga uzatish va begonaga berish man qilingan. Folklendga egalik qilishdagi to’siqlar Angliyada xususiy mulkchilik paydo bo’lishini va feodal yer egaliklari paydo bo’lishini sekinlashtirdi. Mustahkam jamoalarning saqlanib qolganligi ham feodallashuvni sekinlashtiradi. Sekinlik bilan anglosakslarda kerllar bilan bir qatorda erllar–boylar paydo bo’ladi. Ular yuqori vergeld bilan himoyalangan. Jamiyatning quyi tabaqasini asosan keltlardan bo’lgan qullar va yarim erkin aholi tashkil qilgan. Qullar zodagonlar yerlarida ishlagan. Yarim erkin lit va uellar (Uels nomidan kelib chiqqan bo’lishi mumkin) boylar yerida ishlab, natural obrok to’lashgan. Keltlarning bir qismi o’z yeri va erkinligini saqlab qolgan. VII asrda bo’sh va kerllar egallagan yerlarni qirol tomonidan vassallarga hadya etish odatga aylanadi. Bunday yerlar “boklend” deb atalgan. (“bok”– yorliq, “land”– yer) Bu yerlar xususiy milk maqomiga ega bo’lgan va to’lovlardan ozod etilgan. Bu yer o’z egasiga immunitet huquqini bergan. Boklend paydo bo’lishi bilan Angliyada yirik yer egaligining tarqalishi boshlanadi. Erkin jamoachilar orasida mulkiy toifalanish kuchayib yirik yer egalariga qaramlikka tortila boshlanadi. Shunga qaramasdan erkin jamoachilarning asosiy qismi IX asrgacha feodallashuv jatumaniga kam tortilgan edi. Cherkov ham Angliyaning feodallashuviga ta’sir ko’rsatadi. VI asr oxirlarida boshlangan xristianlashish VII asrning II yarmida tugaydi. Yangi din hukmron toifa manfaatlariga mos kelgan. Qirol va feodallarning yepiskop va monastirlarga hadyasi yirik cherkov yer egaligining o’sishini ta’minlagan. Cherkov hadya, meros orqali yer olishdan manfaatdorligi uchun yerga xususiy mulkchilikni va dehqonlarni qaramlikka o’tishini oqlaydi. Shunga ko’ra xristianlik anglasakson dehqonlarining qattiq qarshiligiga duch keladi. Anglosakson qirolliklarida davlat tepasida qirol turgan, lekin dastlabki davrlarda mahalliy boshqaruv erkin qishloq jamoalari tuzumiga ko’ra tashkil qilingan. Qishloqlarning erkin kishilari yig’inida xo’jalik va boshqa jamoa ishlari hal qilingan. O’z oqsoqollarini saylaganlar, sud ishlari hal qilingan. Feodal munosabatlari rivojlanishi bilan jamoa yig’ini glaford yoki uning boshqaruvchisiga bo’sungan. IX asrdan xalq yig’inlari yirik ma’muriy okruglar doirasida to’planadigan bo’lgan. Bu okruglar keyinchalik graflik deb ataladigan bo’ladi. Boshqaruvning jamoa tartiblarining uzoq vaqt saqlanib qolganligi anglosakson feodal davlatlari siyosiy tuzumining xarakterli tomoni hisoblanadi. Anglosakson qirolliklarida doimo o’zaro kurash davom etgan. IX asr boshlarida Uesseksning ahamiyati ortib, qirol Egbert 829 yilda anglosakson qirolliklarini yagona Angliya qirolligiga birlashtiradi. Bu birlashuv ichki va tashqi siyosiy vaziyat tufayli yuzaga kelgan edi. Anglosakson jamiyatining yuqori tabaqasi dehqonlarning krepostnoylikka qarshi kurashini bostirish uchun kuchli yagona davlatga birlashishni zarur topadi. VIII asr oxiridan boshlab normannlarning Angliyaga hujumi zo’rayadi. Angliyaning janubi-g’arbida joylashgan Uesseks joylashuviga ko’ra daniyaliklar hujumiga ko’proq duch keladi va qarshilik ko’rsatish markaziga aylanadi. Daniyaliklar butun shimoli-sharqni bosib olib, o’z huquq va tartiblarini o’rnatadilar2. Birlashgan Angliya qirolligida xalq yig’ini chaqirilmasdan, uning o’rnida qirol huzurida “uitenagemot” (“donolar kengashi”) faoliyat ko’rsatadi. Endi hamma masalalar qirol tomonidan hal qilingan. Anglosakson feodal davlati rivojlanishida qirol Alfred boshqaruvi alohida davrni tashkil etadi. (871-899) U erkin dehqonlardan xalq qo’shini, hamda feodallarning og’ir qurollandan suvoriylar qo’shinini tuzadi. Jangovor flot barpo etishda ham muvaffaqiyatga erishadi. Daniyaliklar hujumini to’xtatib, ular bilan shartnoma tuziladi. Shartnomaga ko’ra Angliya ikki qismga bo’linadi: janubi-g’arbda Angliya, shimoli-sharqda Daniya hukmronligi o’rnatiladi (“Denlo”) Qirol Edgar davrida (959-975) anglosakslar daniyaliklarni bo’ysundiradi va Angliya yerlari yana yaxlit davlatga bo’ysunadi. Natijada daniyaliklar va boshqa kelib qolgan skandinaviya xalqlari o’zlariga tili va ijtimoiy tuzumi yaqin bo’lgan anglosakslar bilan qo’shilib ketadi. Daniyaliklarda IX-X asrlarda jamoa tartiblari mustahkam bo’lib, erkin dehqonlar ko’pchilikni tashkil etgan. Shunga ko’ra Angliyaning shimoli-sharqida daniyaliklar o’rnashishi feodallashishni yanayam sekimlashtirgan. Anglosakson jamiyatining feodallashuvi daniyaliklar bilan kurash davrida ham davom etadi. Hujum sababli dehqonlarning xonavayron bo’lishi yerlarni feodallar qo’liga o’tib ketishiga olib keldi. Ingliz-sakslarda asosiy ma’muriy-hududiy birlik graflik (shire) bo‘lgan. Taxminan o‘sha vaqtda mamlakat hududi, asosan harbiy maqsadlarda 32 ta katta graflikka (okrugga) bo‘lingan edi. Graflikning markazi, odatda, mustahkamlangan shahar bo‘lgan. Ba’zi grafliklar ilgarigi kichik qirolliklarning hududini to‘liq qamrab olgan bo‘lsa, boshqalari ancha yirik qirolliklarning bir qancha grafliklarga bo‘linishi natijasida tashkil topgan edi. Grafliklar tepasida eldormenlar turgan. Eldormenlar qirol tomonidan vitanlar bilan kelishib, mahalliy feodallar orasidan tayinlanardi. Eldormen va uning uyi qirollik himoyasi ostida edi. Eldormen asosan graflik yig‘iniga va uning qurolli kuchlariga rah-barlik qilardi. Grafliklardagi sud jarimalarining bir qismi eldormenlarga xizmat vazifalarini ado etganligi uchun mukofot tariqasida kelib tushardi. Eldormenlar faqat qirol va grafliklar manfaatlarining rasman ifoda etuvchi vakillari bo‘lishgan. Amalda ular mahalliy yer egalarining manfaatlarini himoya qilardilar. Shu sababli ingliz-sakslar qirollari grafliklarga o‘zlarining shaxsiy vakillari - sheriflarini tayinlab qo‘ya boshladilar. Sheriflar dastlab faqat qirol xazinasi foydasiga pul yig‘ish bilan shug‘ullanardilar. X asrdan boshlab, qirol hokimiyatining kuchayishi bilan sheriflar eldormenlarning birinchi yordamchilariga aylantirilganlar va graflikni boshqarishning asosiy iplarini o‘z qo‘llariga olganlar. Shunday qilib, mahalliy boshqaruvda sheriflarning roli xuddi franklar davlatidagi graflarning roliga o‘xshash edi. Bir qancha grafliklar tepasida bitta eldormen turgan joylarda sheriflarning vakolatlari va boshqaruvdagi o‘rni katta ahamiyatga ega edi. Sherifning majburiyatiga graflikda qirol imtiyozlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish va qirol foydasiga o‘talishi lozim bo‘lgan majburiyatlarning bajarilishi ustidan kuzatib turish qabilar kirardi. Sherif barcha moliya masalalarida va sudda qirol hokimiyatining vakili sifatida chiqqan. Unga politsiyachilik funksiyalari ham yuklangan edi. Graflikdagi muhim organ graflik yig‘ini - folkmot bo‘lgan. U X asr oxiridan boshlab sherif tomonidan bir yilda ikki marta chaqirilib turgan. Folkmot tarkibiga eldormen, sherif, graflikning yepiskopi, barcha yer egalari va har bir qishloq jamoasidan oqsoqol, ruhoniy va to‘rttadan aholining hurmatga loyiq kishisi kirgan. Grafliklar yig‘inlarida asosan muhim mahalliy ishlar, jinoiy va fuqarolik sud ishlari ko‘rib hal qilingan. Bundan tashqari, ularda qirolga soliqlar to‘lash, grafliklardan drujinalar tuzish va graflikda xavfsizlikni ta’minlash bilan bog‘liq masalalar ham muhokama qilinardi3. Download 33.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling